{"id":6245,"date":"2021-10-28T14:01:30","date_gmt":"2021-10-28T11:01:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6245"},"modified":"2021-10-28T14:01:31","modified_gmt":"2021-10-28T11:01:31","slug":"akkumulyator","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akkumulyator\/","title":{"rendered":"AKKUMULYATOR"},"content":{"rendered":"\n<p>AKKUMULYATOR (lotincha accumulator \u2014 to&#8217;plovchi) \u2014 keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani to&#8217;playdigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr Akkumlyator elektr toki ta&#8217;sirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr Akkumlyator musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida potentsiallar farqi hosil bo&#8217;ladi. Bu farq EYUK (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yig&#8217;ilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani to&#8217;plash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, Akkumlyatorlar kislotali va ishqorli xillarga bo&#8217;linadi. Kislotali Akkumlyatorlarda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elektrod sifatida qo&#8217;rg&#8217;oshin oksidi, manfiy elektrod sifatida qo&#8217;rg&#8217;oshin ishlatiladi. Bunday Akkumlyatorlardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli Akkumlyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiy-nikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiyli bo&#8217;ladi. Kadmiy-nikelli Akkumlyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kadmiy aralashtirilgan temirdan tayyorlanadi. Elektrolit sifatida o&#8217;yuvchi kaliy eritmasi yoki o&#8217;yuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qo&#8217;shilgan aralashma ishlatiladi. Akkumlyator zaryadlanish va zaryadsizlanish vaqtidagi o&#8217;rtacha kuchlanish (har bir elementga 1-2 V) va sig&#8217;im (amper-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun Akkumlyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiy-nikelli va temir-nikelli Akkumlyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli Akkumlyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va boshqalarda ishlatiladi. Issiqlik Akkumlyator tarmoqdagi bug&#8217; bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik Akkumlyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100-300 ATM bosim ostida suyuqlikni yig&#8217;ib, gidravlik presslarga va boshqa mashinaqurollarga bir me&#8217;yorda berib turadi. Inertsion Akkumlyator maxovikdan iborat bo&#8217;lib, undan turli mashinalar, transport vositalari va boshqalarda foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya Akkumlyatori hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKKUMULYATOR (lotincha accumulator \u2014 to&#8217;plovchi) \u2014 keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani to&#8217;playdigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr Akkumlyator elektr toki ta&#8217;sirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akkumulyator\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6245","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6245","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6245"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6245\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6246,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6245\/revisions\/6246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6245"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6245"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6245"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}