{"id":6522,"date":"2021-10-29T18:31:56","date_gmt":"2021-10-29T15:31:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6522"},"modified":"2021-10-29T18:31:59","modified_gmt":"2021-10-29T15:31:59","slug":"al-asmo-al-husno","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/al-asmo-al-husno\/","title":{"rendered":"AL-ASMO al-HUSNO"},"content":{"rendered":"\n<p>AL-ASMO al-HUSNO (Arabcha &#8211; go&#8217;zal ismlar) \u2014 Allohning ismlari bo&#8217;lib, mazmunan uning sifatlari, fazilatlarini ifodalaydi. Qur&#8217;onda Allohni shu ismlar bilan yodga olish buyuriladi: &#8220;Allohning go&#8217;zal ismlari bordir. Bas, Uni o&#8217;sha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar), uning ismlarida Haqdan og&#8217;ib (noo&#8217;rin joylarda ularni qo&#8217;llaydigan mushrik) kimsalarni tark qilinglar&#8221; (&#8220;A&#8217;rof&#8221; surasi, 180-oyat); &#8220;Alloh, deb chorlangiz, yoki Rahmon \u2014 mehribon, deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlarda (joizdir). Zero, u zotning go&#8217;zal ismlari bordir&#8221; (&#8220;Al-Isro&#8221; surasi, 110-oyat). Bu ismlar \u2014 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim o&#8217;rin tutadi. Alloh ismlari ko&#8217;p duolarda qo&#8217;shib aytiladi. So&#8217;fiylar o&#8217;z zikrlarida ham bu ismlarni kamolatga erishishning timsoli sifatida ishlatadilar. Allohni va uning ismlarini iloji boricha ko&#8217;proq eslab turish taqvodorlik namunasi hisoblanadi. Odatda tasbih donalari soni Alloh ismlari soni bilan tengdir. Al-Asmo al-Husnodan duoxonlar tumorlar sifatida foydalanishadi. Musulmon ilohiy adabiyotida Alloh ismlarini talqin qiluvchi risolalar ko&#8217;p, ismlar ro&#8217;yxati duo to&#8217;plamlaridan joy olgan. Nomlarning aksariyati Abdurahmon, Abdusamad (&#8220;Allohning quli&#8221;) kabi eng keng tarqalgan ismlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qur&#8217;oni Karimning &#8220;Hashr&#8221; surasida (22-24-oyatlar) &#8220;Alloh go&#8217;zal ismlari&#8221;ning qisqa ro&#8217;yxati bor: ar-Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Mu&#8217;min, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori&#8217;, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur&#8217;onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chikadi va ular bilan bog&#8217;langan fe&#8217;llaridan hosil bo&#8217;lgan. 99 ta ism ro&#8217;yxati Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor, ana shu hadisga ko&#8217;ra, Muhammad (sav) 99 raqamini keltirganlar va har kim Alloh taoloning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta jannatdan joy ato qilinadi, deganlar. Boshqa hadis to&#8217;plamlarida ham Al-Asmo al-Husno ro&#8217;yxati keltiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8220;GO&#8217;ZAL ISMLAR&#8221;<\/p>\n\n\n\n<p>1. Alloh \u2014 Tangri, ma&#8217;budi bar haq.<\/p>\n\n\n\n<p>2. ar-Rahmon \u2014 o&#8217;ta mehribon.<\/p>\n\n\n\n<p>3. ar-Rahim \u2014 juda rahmli.<\/p>\n\n\n\n<p>4. al-Malik \u2014 podshoh.<\/p>\n\n\n\n<p>5. al-Quddus \u2014 nuqsonlardan xoli.<\/p>\n\n\n\n<p>6. as-Salom \u2014 ofat va balolardan salomat.<\/p>\n\n\n\n<p>7. al-Mu&#8217;min \u2014 amonli va omon beruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>8. al-Muhaymin \u2014 egallab, qoplab oluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>9. al-Aziz \u2014 izzat va qudrat sohibi.<\/p>\n\n\n\n<p>10. al-Jabbor \u2014 bandalari ishini isloh etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>11. al-mutakabbir \u2014 kattalik yarashuvchi zot.<\/p>\n\n\n\n<p>12. al-Xoliq \u2014 yaratuvchi, vujudga keltiruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>13. al-Bori&#8217; \u2014 yaratuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>14. al-musavvir \u2014 maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>15. al-G&#8217;affor \u2014 bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu ma&#8217;siyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi, kechiruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>16. al-Qahhor \u2014 barchani bo&#8217;ysundiruvchi, g&#8217;olib.<\/p>\n\n\n\n<p>17. al-Vahhob \u2014 o&#8217;z ne&#8217;matlarini tekin ato etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>18. ar-Razzoq \u2014 barcha tirik mavjudot rizqini etkazib beruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>19. al-Fattoh \u2014 hukm etuvchi, rahmat; xazinalarini ochuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>20. al-Aliym \u2014 biluvchi, dono, ilm sohibi.<\/p>\n\n\n\n<p>21. al-Qobiz \u2014 kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruxlarni qabz etuvchi (oluvchi).<\/p>\n\n\n\n<p>22. al-Bosit \u2014 kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>23. al-Xofiz \u2014 kofirlar martabasini tushiruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>24. ar-Rofi&#8217; \u2014 mo&#8217;minlar martabasini ko&#8217;taruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>25. al-Muizz \u2014 kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>26. al-Muzill \u2014 kimlarnidir xoru zalil qiluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>27. as-Sami&#8217; \u2014 maxfiy va oshkora ran va sharpalarni, hatto dildan o&#8217;tganini ham eshituvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>28. al-Basir \u2014 hamma maxfiy va oshkora narsalarni ko&#8217;ruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>29. al-Hakam \u2014 qat&#8217;iy hukm etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>30. al-Adl \u2014 o&#8217;ta adolatli.<\/p>\n\n\n\n<p>31. al-Latif \u2014 bandalariga sezdirmay o&#8217;z lutfu ehsonini etkazib beruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>32. al-Xabir \u2014 hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.<\/p>\n\n\n\n<p>33. al-Halim \u2014 jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>34. al-Azim \u2014 ulug&#8217;, buyuk, katta.<\/p>\n\n\n\n<p>35. al-G&#8217;afur \u2014 gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>36. ash-Shakur \u2014 oz ishga ko&#8217;p mukofot beruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>37. al-Aliy \u2014 ulug&#8217; martabali, buyuk.<\/p>\n\n\n\n<p>38. al-Kabir \u2014 katta, hamma sohada yuqori.<\/p>\n\n\n\n<p>39. al-Hafiz \u2014 saqlaguvchi (o&#8217;z panohida).<\/p>\n\n\n\n<p>40. al-Muqit \u2014 moddiy va ma&#8217;naviy oziq beruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>41. al-Hasib \u2014 har bir ishga o&#8217;zi kifoya qiluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>42. al-Jalil \u2014 barcha sifatlari mukammal, ulug&#8217; zot.<\/p>\n\n\n\n<p>43. al-Karim \u2014 karamli, saxovatli, kechirimli.<\/p>\n\n\n\n<p>44. ar-raqib \u2014 hamma narsani kuzatib, nazorat ostiga olib turuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>45. al-Mujib \u2014 duolarni qabul etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>46. al-Vosi&#8217; \u2014 mulki, rahmati va qudrati keng zot.<\/p>\n\n\n\n<p>47. al-Hakim \u2014 hikmat sohibi. Daqiq va noziq ilmlarni biluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>48. al-Vadud \u2014 do&#8217;st, xayrixoh, mahbub.<\/p>\n\n\n\n<p>49. al-Majid \u2014 ne&#8217;mati va ehsoni bepoyon.<\/p>\n\n\n\n<p>50. al-bois \u2014 payg&#8217;ambarlar yuboruvchi, o&#8217;lgandan keyin qayta tiriltiruvchi<\/p>\n\n\n\n<p>51. ash-shahid \u2014 hamma narsani bilib, ko&#8217;rib turuvchi, guvoh.<\/p>\n\n\n\n<p>52. al-Haq \u2014 haqiqatan mavjud zot.<\/p>\n\n\n\n<p>53. al-Vakil \u2014 hamma ishlarni o&#8217;z zimmasiga, kafolatiga oluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>54. al-Qaviy \u2014 haqiqiy quvvat va qudrat egasi.<\/p>\n\n\n\n<p>55. al-Matin \u2014 quvvatli, matonatli.<\/p>\n\n\n\n<p>56. al-Valiy \u2014 do&#8217;stlariga do&#8217;st, madadkor.<\/p>\n\n\n\n<p>57. al-Hamid \u2014 hamdu sanoga, maqtovga loyiq zot.<\/p>\n\n\n\n<p>58. al-Muhsiy \u2014 barcha maxluqot va mavjudotlarning hisob-kitobini yaxshi biluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>59. al-Mubdi&#8217; \u2014 yo&#8217;qdan bor qiluvchi, yaratuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>60. al-Muid \u2014 hayotdan o&#8217;limga, o&#8217;limdan yana hayotga qaytaruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>61. al-Muhyiy \u2014 tiriltiruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>62. al-Mumit \u2014 o&#8217;ldiruvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>63. al-Hay \u2014 tirik.<\/p>\n\n\n\n<p>64. al-Qayyum \u2014 o&#8217;z-o&#8217;zidan turuvchi, boshqalarni turgizuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>65. al-Vojid \u2014 xohlagan narsasini topuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>66. al-Mojid \u2014 karamli va sharafli zot.<\/p>\n\n\n\n<p>67. al-Vohid \u2014 yagona, bir (Xudo \u2014 bir).<\/p>\n\n\n\n<p>68. as-Samad \u2014 behojat, hojatbaror.<\/p>\n\n\n\n<p>69. al &#8211; Qodir \u2014 qudratli.<\/p>\n\n\n\n<p>70. al-Muktadir \u2014 qudratli, qodir.<\/p>\n\n\n\n<p>71. al-Muqaddim \u2014 o&#8217;ziga yaqin qiluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>72. al-Muaxxir \u2014 o&#8217;zidan uzoq etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>73. al-Avval \u2014 hamma narsadan avval, boshlanishi chegarasiz.<\/p>\n\n\n\n<p>74. al-Oxir \u2014 hamma narsadan boqiy, oxiri cheksiz.<\/p>\n\n\n\n<p>75. az-Zohir \u2014 borligi hamma tomonlama ayon bo&#8217;lmish zot.<\/p>\n\n\n\n<p>76. al-Botin \u2014 o&#8217;zi mavjud, lekin sezgi vositalarimizdan maxfiy zot.<\/p>\n\n\n\n<p>77. al-Voliy \u2014 barcha ishlarni tasarruf etuvchi hokim.<\/p>\n\n\n\n<p>78. al-Mutaoliy \u2014 ulug&#8217;, oliy martabali.<\/p>\n\n\n\n<p>79. al-Barr \u2014 yaxshilik va ehson sohibi.<\/p>\n\n\n\n<p>80. at-Tavvob \u2014 tavbalarni qabul etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>81. al-Muntaqim \u2014 gunohkor bandalaridan o&#8217;ch oluvchi, jazolovchi.<\/p>\n\n\n\n<p>82. al-Afuv \u2014 gunoxlarni afv etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>83. ar-Rauf \u2014 o&#8217;ta mehribon; rahmati keng.<\/p>\n\n\n\n<p>84. Molikul-mulk \u2014 mulk, saltanat, hukm sohibi.<\/p>\n\n\n\n<p>85. Zul-jaloli val-Ikrom \u2014 sharafli va karamli.<\/p>\n\n\n\n<p>86. al-Muqsit \u2014 adolatli, Odil.<\/p>\n\n\n\n<p>87. al-Jomi&#8217; \u2014 to&#8217;plovchi, qiyomat kuni haloyiqni mahshargohga jam etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>88. al-G&#8217;aniy \u2014 boy, ehtiyojsiz.<\/p>\n\n\n\n<p>89. al-Mug&#8217;niy \u2014 boy etuvchi, kifoya qiluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>90. al-Moni&#8217; \u2014 do&#8217;stlarini ximoya etuvchi, noloyiqlarga o&#8217;z ne&#8217;matlarini man etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>91. az-Zorr \u2014 xohlagan bandalariga ofat, zarar va musibat etkazuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>92. an-Nofi&#8217; \u2014 xohlagan bandalariga manfaat va foyda etkazuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>93. an-Nur \u2014 o&#8217;z-o&#8217;zidan borligi ayon va borliqni ham ayon etuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>94. al-Hodiy \u2014 yo&#8217;l ko&#8217;rsatuvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>95. al-Badi&#8217; \u2014 yaratuvchi (ixtiro ila).<\/p>\n\n\n\n<p>96. al-Boqiy \u2014 doimiy, abadiy mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p>97. al-Voris \u2014 borliqni meros qilib oluvchi.<\/p>\n\n\n\n<p>98. ar-Rashid \u2014 barcha ish va tadbirlari to&#8217;g&#8217;ri chiquvchi. <\/p>\n\n\n\n<p>99. as-Sabur \u2014 gunohkor isyonkorlarga jazo berishga shoshilmaydigan zot.<\/p>\n\n\n\n<p>(Mazkur ismlar bir muncha erkin tarjima qilingan, ularning mazmunlarini ulamolar bir oz boshqacha ham talqin etadilar). Abdulaziz Mansur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AL-ASMO al-HUSNO (Arabcha &#8211; go&#8217;zal ismlar) \u2014 Allohning ismlari bo&#8217;lib, mazmunan uning sifatlari, fazilatlarini ifodalaydi. Qur&#8217;onda Allohni shu ismlar bilan yodga olish buyuriladi: &#8220;Allohning go&#8217;zal ismlari bordir. Bas, Uni o&#8217;sha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/al-asmo-al-husno\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6522","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6522","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6522"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6522\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6523,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6522\/revisions\/6523"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6522"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6522"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6522"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}