{"id":6701,"date":"2021-10-30T09:17:45","date_gmt":"2021-10-30T06:17:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6701"},"modified":"2021-10-30T09:17:47","modified_gmt":"2021-10-30T06:17:47","slug":"ali-qushchi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ali-qushchi\/","title":{"rendered":"ALI QUSHCHI"},"content":{"rendered":"\n<p>ALI QUSHCHI (taxallusi; asl ismi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand \u2014 1474, Istanbul) \u2014 falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, mutafakkir, Ulug&#8217;bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Amir Temur qarorgohi boshlig&#8217;ining o&#8217;g&#8217;li. Ulug&#8217;bek saroyida qarchig&#8217;aylar boqqani uchun uni &#8220;Qushchi&#8221; deyishgan. Ali Qushchi boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiyda tahsil ko&#8217;radi), o&#8217;z ma&#8217;lumotini oshirish uchun 1414 yilda Eronning Kirmon shahriga boradi va u yerdagi madrasada 3 yil ta&#8217;lim oladi, ayniqsa tabiiy fanlarni, xususan falakiyot, riyoziyotni puxta o&#8217;rganadi, 1417 yil Samarqandga kaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulug&#8217;bek madrasasi qurilayotgan edi. Ali Qushchi shu madrasada ham ta&#8217;lim olishni davom ettiradi, Qozizoda Rumiy va G&#8217;iyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini o&#8217;rganadi. Madrasani bitirgach, shu yerda falakiyot va riyoziyotdan mashg&#8217;ulotlar olib boradi, ilmiy ishlar bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;ladi. Ulug&#8217;bek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda &#8220;Hisob risolasi&#8221; va &#8220;Astronomiya risolasi&#8221; asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obro&#8217; qozonadi. 1428 yil Ulug&#8217;bek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu yerda Ulug&#8217;bek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishda davom etadi. Ulug&#8217;bekning &#8220;Ziji jadidi Ko&#8217;ragoniy&#8221; asari yozilishida Ali Qushchining ham hissasi katta. 1438 yil Ulug&#8217;bek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xitoydan qaytib kelgach, &#8220;Matematika va astronomik jug&#8217;rofiya&#8221; asarini yozadi. Ulug&#8217;bek vafotidan (1449) so&#8217;ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan degan taxminlar bor; rivoyatlarga qaraganda kutubxonadagi kitoblarning ko&#8217;p qismini Ali Qushchi Samarqand yaqinidagi Xazrat Bashir qishlog&#8217;iga ko&#8217;chirgan. Ko&#8217;p o&#8217;tmay, ta&#8217;qiblardan qochib, Ali Qushchi Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo&#8217;ladi. U avval Karmana va boshqa shaharlarda yashab, 1465 yil Turkiyaning Istanbul shahriga boradi. Turk sultoni Muhammad II (1451-81) taraqqiyparvar shaxs bo&#8217;lib, o&#8217;z atrofiga olim va shoirlarni to&#8217;plar edi. Ali Qushchining dong&#8217;ini eshitgan Sulton uni saroyga xizmatga taklif qiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. Ali Qushchi Turkiyada olimlar, faylasuflar, shoirlarni o&#8217;z atrofiga to&#8217;plab, ilmiy ishlarni taraqqiy ettirishga intiladi, o&#8217;zi esa riyoziyot, falakiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. Ali Qushchidan 20 dan ortiq ilmiy asar meros bo&#8217;lib qolgan. U ko&#8217;p olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa Ali Qushchining &#8220;Ulug&#8217;bek zijiga sharh&#8221; asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U &#8220;Zij&#8221;ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. Ali Qushchi asarlarining ko&#8217;pchiligi Turkiyadagi Ayo-So&#8217;fiyo madrasasi kutubxonasida saqlanib qolgan. Ulug&#8217;bek maktabi namoyandalari va xususan Ali Qushchining asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o&#8217;ziga xos o&#8217;rin tutadi. Ali Qushchi dunyo moddiy narsalardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda bo&#8217;lib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga yerning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytgan. Ali Qushchi 16\u2014 17-asrlarda O&#8217;rta va yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. &#8220;Hisob risolasi&#8221; asaridan O&#8217;rta Osiyo madrasalarida o&#8217;quv qo&#8217;llanmasi sifatida foydalanilgan. Bu asarda hindlar arifmetikasi (o&#8217;nlik sanoq tizimi), falakiyotshunoslar arifmetikasi (oltmishlik sanoqtizimi) va geometriya (handasa) haqida yangi fikrlar aytilgan. &#8220;Kitob ul-Muhamadiya&#8221; asarida Ali Qushchi sonlardan ixtiyoriy natural darajali ildiz chiqarish usullarini va Nyuton binomi formulasini ko&#8217;rsatadi, uning bu usullari hoz. vaqtda Ruffini \u2014 Gorner sxemasi deb nom olgan usulga o&#8217;xshashdir. Bu asarida Ali Qushchi kvadrat ildizini, umuman I darajali iddizni taqribiy hisoblash formulalarini beradi. Shuni ta&#8217;kidlash lozimki, hoz. ildiz ishorasi Turkiston olimlari asarlarida qo&#8217;llanilmagan: ildiz so&#8217;zlar bilan yozilgan. Ali Qushchi bu asarida birinchi bo&#8217;lib asoslagan &#8220;musbat&#8221; va &#8220;manfiy&#8221; atamalari, ularning tatbiqi mat. tarixida katta ahamiyatga ega. G&#8217;arbiy Yevropaga &#8220;musbat&#8221; va &#8220;manfiy&#8221; sonlar 15-asr oxirlarida Pizalik Leonardo asarlari orqali tarqalgan. Kitobda uzunlik (masofa), kesmalar va yuzlarni o&#8217;lchash va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari bayon qilingan. Bu asarda trigonometriyadagi tekis uchburchaklar trigonometriyasi, sinus va kosinus teoremalari bayon etiladi, ba&#8217;zi shakllarning sirtlarini hisoblash uchun taqribiy formulalar beriladi, bu formulalar Ali Qushchidan oldin o&#8217;tgan olimlar asarlarida uchramaydi. Kitobda keltirilgan sinuslar jadvalidagi sinus funktsiyasining qiymatlari hoz. zamon qiymatlaridan deyarli farq qilmaydi. Ali Qushchi uchburchakning yuzini topish usulini ham bergan. Hozirgi ilmy tadqiqot ishlari ko&#8217;rsatishicha, Ali Qushchi asarlaridagi to&#8217;g&#8217;ri chiziqli trigonometriyaga doir ko&#8217;p masalalar birinchi marta berilgan ekan. Uchburchaklarni echish masalasida konuslar teoremasini Koshiy va Ali Qushchi birinchi marta ishlatganlar (Yevropada 1593 yil birinchi marta Viet tatbiq etgan). Ali Qushchi &#8220;Astronomiyaga oid risola&#8221; asarida Ulug&#8217;bek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlarning natijasi o&#8217;laroq, yulduzlar va sayyoralarning harakati, past (perigey), yuqori (apogey) masofalari haqidagi, fazoda har bir sayyoraning o&#8217;rni, Quyosh uzoqligi haqidagi hisoblashlar va jadvallarni keltirgan, oy va Quyosh tutilishi masalalarini ham juda aniq, to&#8217;g&#8217;ri va ilmiy tarzda tushuntirib bergan. Yuqorida aytilgan &#8220;Astronomiya risolasi&#8221;da Ali Qushchi tuzgan dunyo xaritasi berilgan. Xaritada asosan shimoliy yarim shar chegaralari ko&#8217;rsatilgan; xaritadagi ko&#8217;ndalang chiziqlar iqlimlar chegarasini ifodalaydi. Ekvatorning Sharqiy yarim sharidagi uzunligi &#8220;3332 farsang&#8221;\u2014 taxminan 20 ming kilometrga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Xarita bir qadar sxematik tarzda tuzilganligiga, uning haqiqatga mos kelmaydigan joylari borligiga qaramay, u O&#8217;rta Osiyo xaritashunosligining bir namunasi sifatida ahamiyatga ega. Ali Qushchi mat. fanidan o&#8217;qish kitoblari va qo&#8217;llanmalar ham yozgan. Ali Qushchi Samarqand ilmiy maktabi an&#8217;analarini davom ettirib, bu ilmiy maktabning fan sohasidagi katta yutuqlarini O&#8217;rta, yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga tarqatishda faol ishtirok etadi. Ali Qushchi vafotidan so&#8217;ng uning shogirdlari \u2014 Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqa uning ilmiy ishlarini davom ettirdilar. Ali Qushchi asarlari qo&#8217;lyozmalari Toshkent Sharqshunoslik institutida, Dushanba, Sankt-Peterburg, Mashhad, Istanbul, Oksford, Leyden (Niderlandiya) va Ayaso&#8217;fiyo (Turkiya) kutubxonalari va boshqa joylarda saqlanmoqda. As: astronomiyaga oid risola, T., 1968; Ad.:Ahmedov B. Ulug&#8217;bek, T., 1965;Nosirov A., Ali Qushchi, T., 1964; Ahadova M., O&#8217;rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari, T., 1983; Abdurahmonov A., Ulug&#8217;bek akademiyasi, T., 1993. Abdumannon Abdurahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALI QUSHCHI (taxallusi; asl ismi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand \u2014 1474, Istanbul) \u2014 falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, mutafakkir, Ulug&#8217;bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ali-qushchi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6701","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6701","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6701"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6701\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6702,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6701\/revisions\/6702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6701"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6701"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6701"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}