{"id":67646,"date":"2023-04-18T17:04:52","date_gmt":"2023-04-18T14:04:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=67646"},"modified":"2023-04-18T17:04:53","modified_gmt":"2023-04-18T14:04:53","slug":"agrar-islohotlar-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agrar-islohotlar-3\/","title":{"rendered":"AGRAR ISLOHOTLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>AGRAR ISLOHOTLAR, qishloq xo\u2019jaligidagi islohotlar \u2014 davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xo\u2019jalik yuritish usullarini o\u2019zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yo\u2019nalishi, uni o\u2019tkazish bosqichlari aniqlab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni o\u2019tkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi. Tarixda Agrar islohotlarning uch turini ko\u2019rish mumkin. Birinchisi \u2013 an\u2018anaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o\u2019tishni ko\u2019zlovchi Agrar islohotlar. Ular jumlasiga XIX-XX asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi \u2013 bozor xo\u2019jaligidan totalitar-rejali tuzumga o\u2019tishni ko\u2019zlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar. Uchinchisi \u2013 XX-asrning 90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga o\u2019tishga qaratilgan Agrar islohotlar. Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xo\u2019jaligida tovar ishlab chiqarishni o\u2019stirib, uni bozor iziga solishni mo\u2019ljallaydi. Zamindorlar mulki bo\u2019lgan yer uni ekadiganlarga \u2013 dehqonlarga haq to\u2019lash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki o\u2019rnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xo\u2019jaligida mexanizatsiyani qo\u2019llab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer to\u2019la-to\u2019kis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xo\u2019jaligi o\u2019rniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xo\u2019jaligi va jamoa xo\u2019jaliklari barpo etiladi, ularni hukumat to\u2019la nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yo\u2019qotadi, qishloq xo\u2019jaligida stimullar so\u2019na borganidan u inqirozga yuz o\u2019giradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xo\u2019jaligi egaligi qisman yoki to\u2019la-to\u2019kis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xo\u2019jaligining mulki dehqonlar o\u2019rtasida bepul, qisman bepul, yoxud haqini to\u2019lash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xo\u2019jaligi asosiy xo\u2019jalik turiga aylantiriladi, bu xo\u2019jalik bozor talabiga qarab va o\u2019z manfaatini ko\u2019zlab ish yuritadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AGRAR ISLOHOTLAR, qishloq xo\u2019jaligidagi islohotlar \u2014 davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xo\u2019jalik yuritish usullarini o\u2019zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yo\u2019nalishi, uni o\u2019tkazish bosqichlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agrar-islohotlar-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-67646","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67646","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=67646"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67646\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":67647,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67646\/revisions\/67647"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=67646"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=67646"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=67646"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}