{"id":67773,"date":"2023-04-19T09:58:38","date_gmt":"2023-04-19T06:58:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=67773"},"modified":"2023-04-19T09:58:39","modified_gmt":"2023-04-19T06:58:39","slug":"geografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/geografiya\/","title":{"rendered":"Geografiya"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Geografiya <\/strong>(yunoncha ge-yer, grafo-tasvirlayman) &#8211; Yer yuzining tabiati va xo`jaligini o`rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo olimlari yer yuzasining manzarasini geografiya so`zi bilan ifodalaganlar. Geografiya atamasini dastlab Eratosfen (miloddan avval 276-194-yillarda) ishlatgan. O`rta Osiyoda IX-X asrlardan boshlab geografiya so`zi ma\u2019nosida \u00absurati arz\u00bb, \u00abyetti iqlim\u00bb, \u00abKitobi mamolik va masolik\u00bb (\u00abMamlakatlar va masofalar kitobi\u00bb) iboralari qo`llanilgan. XIX asrda va XX boshlarida o`zbek tilida geografiya \u00abJug`rofiya\u00bb shaklida yozilgan. 1940-yillardan geografiya shakli tarqaldi. Hozirgi davrda \u00abGeografiya\u00bb, o`rniga \u00abGeografiya fanlari sistemasi\u00bb iborasini qo`llash ilmiy jihatdan to`g`riroqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>So`nggi yillarda geografiya geografik komplekslar haqidagi fandir degan tasavvur olg`a surilmoqda. Tabiiy hududiy komplekslar va hududiy ishlab chiqarish komplekslari geografiyaning eng muhim fundamental tushunchalaridir. Ularni har tomonlama tadqiq qilish geografiyaning mohiyatini tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi zamon geografiyasi geografik fanlarini butun bir sistemasidan iborat. Geografiya: 1) tabiiy yoki tabiiy geografik fanlar 2) ijtimoiy geografik fanlar &#8211; geografiya tarixi va geografiyaning tarmoqlari tarixi, iqtisodiy geografik fanlardan hamda 3) kartografiyadan tashkil topgan. Harbiy geografiya, tibbiyot geografiyasi, o`lkashunoslik, turizm, geografiya o`qitish metodikasi ham geografiya fanlari sistemasiga kiradi. Keyingi yillarda koinotni o`rganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy geografiyasi), kosmos yershunosligi kabi sohalar vujudga keldi. Yer sun\u2019iy yuldoshlaridan turib yer yuzasining suratini olish va xaritasini chizish usullari ham yaratildi. Fan-texnika yuksak darajada taraqqiy etgan hozirgi davrda geografiyaning ijtimoiy roli yanada ortib, u konstruktiv geografiyaga aylandi. Konstruktiv geografiyaning eng asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: rivojlangan jamiyatning atrof muhitga bo`lgan ta\u2019sirini o`rganish va tahlil qilish; tabiiy resurslarni, ayniqsa ularning yangi turlarini tobora tez sur\u2019atlar bilan aniqlash, ularni baholash, ulardan foydalanish yo`llarini tadqiq qilish; ishlab chiqarish va aholi punktlarini oqilona rivojlantirish, joylashtirish hamda hududiy tashkil qilish masalalarini tadqiq etish; hozirgi zamon va kelajak texnika vositalari yordamida tabiiy hududiy komplekslarni tubdan oqilona rivojlanish, joylashtirish hamda hududiy tashkil qilish masalasini tadqiq etish; hozirgi zamon va kelajak texnika vositalari yordamida tabiiy hududiy komplekslarni tubdan oqilona o`zgartirish va sermahsul madaniy landshaftlar yaratish; yangidan-yangi hududiy ishlab chiqarish komplekslarini barpo qilish va ularni kompleks rivojlantirish muammolarini tadqiq etish.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Geografiya (yunoncha ge-yer, grafo-tasvirlayman) &#8211; Yer yuzining tabiati va xo`jaligini o`rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo olimlari yer yuzasining manzarasini geografiya so`zi bilan ifodalaganlar. Geografiya atamasini dastlab Eratosfen (miloddan avval 276-194-yillarda) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/geografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[320],"tags":[],"class_list":["post-67773","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfiga-oid-geografiyaga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67773","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=67773"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67773\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":67774,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67773\/revisions\/67774"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=67773"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=67773"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=67773"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}