{"id":6835,"date":"2021-10-30T14:07:31","date_gmt":"2021-10-30T11:07:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6835"},"modified":"2021-10-30T14:07:33","modified_gmt":"2021-10-30T11:07:33","slug":"alkimyo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alkimyo\/","title":{"rendered":"ALKIMYO"},"content":{"rendered":"\n<p>ALKIMYO \u2014 1) kimyo fanining Arabcha nomi; 2) hozirgi kimyoning ibtidosi. Alkimyoning rivojlanishida uch davr farq qilinadi: 1-davr \u2014 2-6-asrlar, ikkinchi davr\u2014 12\u2014 14-asrlar va uchinchi davr\u2014 15\u2014 17-asrlar. Bu davrlarda Misr, Xitoy, As-Suriya, Movarounnahr va Hindistonda hamda Yevropada Alkimyoning asosiy masalasi &#8220;past va noraso&#8221; metallarni oltin va kumushga aylantirishdan iborat bo\u2019lgan. Olimlar metallarni bir-biriga qorishtirib oltin va kumush qotishmalarini tayyorlashgan. 8-asr oxiri va 9-asr boshlariga kelib qishloq xo\u2019jaligi, konchilik va hunarmandchilik ishlari bir muncha rivoj topdi. Bu esa o\u2019z navbatida tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon berdi. Konchilik, kunchilik, shisha va qog&#8217;oz tayyorlash ishlari kimyo ilmining rivojiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Sohaning yetuk olimlari yetishib chiqdi. Shulardan biri o&#8217;rta asr kimyogarlarining ustozi Jobir ibn Xayyom (721-813) metallarning vujudga kelishi nazariyasini ishlab chiqdi. Olimning fikricha, yer ostida ikki xil bug\u2019lanish amalga oshib, birinchisi nam, ikkinchisi yer moddasidan ko&#8217;tariladigan quruq bug&#8217; bo&#8217;lib, tutundan iborat. Nam bug&#8217;dan simob, quruq tutundan oltingugurt hosil bo&#8217;ladi. O&#8217;sha paytda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, qalay va rux &#8220;noraso&#8221; metallar qatoriga kiritilgan. Oltin bilan kumush tarkibi toza bo&#8217;lib, qolganlari aralashmalardan tashkil topgan degan fikrlar bildirilgan. &#8220;Noraso&#8221; metallarni &#8220;takomillashtirish&#8221; va &#8220;tuzatish&#8221; orqali oltin va kumushga aylantirish mumkin degan g&#8217;oya ilgari surilgan. Bu murakkab vazifani amalga oshirish uchun ana shu metallarga iksirdan ozgina qo&#8217;shish kifoya qiladi deb o&#8217;ylaganlar. Jobir ibn Xayyom har qanday taxmin aniq ma&#8217;lumotlar bilan tasdiqlangandagina qabul qilinishi mumkin deb yozgan. Kimyoda faqat tajribalarga suyanib ish ko&#8217;rish kerakligini ham ta&#8217;kidlaganligi ma&#8217;lum. O&#8217;rta asrlarda Sharqning ikkinchi bir kimyogari Ar-Roziy Aristotel fikrlariga to&#8217;zatish kiritdi. Uning fikricha, metallar murakkab moddalar bo&#8217;lib, o&#8217;ziga xos xossa va xususiyatlarga ega. U ko&#8217;plab tajribalar utkazdi. Ar-Roziy o&#8217;zining 200 dan ortiq ilmiy ishlarida, shu jumladan kimyoga oid mashhur &#8220;Sirlar kitobi&#8221; asarida o&#8217;sha davr kimyosida qo&#8217;llanilgan barcha moddalar, asbob-anjomlar va tadbirlarni mufassal bayon etdi. Roziy ham, Jobir singari, iksir yordamida bir metallni ikkinchi metallga aylantirish mumkin deb o&#8217;ylardi; bundan tashqari, metallarni turli nisbatda bir-biriga qo&#8217;shish orqali ham oltinga o&#8217;xshash metall hosil qilish ustida ko&#8217;p tajribalar o&#8217;tkazdi. Biroq Roziy shu usulda tayyorlangan metallar ko&#8217;rinish jihatidan oltinga o&#8217;xshasada, hali ular yuqori sifatli oltin emas deb ta&#8217;kidladi. Buning isboti uchun u o&#8217;sha qotishmalarni o&#8217;z tarkibiy qismlariga ajratdi. Xorazmlik ikki olim \u2014 Abu Abdullo Muhammad ibn Yusuf Kotibiy Xorazmiy va Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy ham kimyo tarixiga katta hissa qo&#8217;shdilar. O&#8217;rta Osiyoda, umuman, Sharqda kimyo fanining taraqqiyotida buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning roli ham nihoyatda katta. Ibn Sino kimyogarlarning oddiy metallarni oltinga aylantirish to&#8217;g&#8217;risidagi fikrlariga keskin qarshi chiqdi. Metallarning paydo bo&#8217;lishi masalasida u ham Jobir nazariyasiga o&#8217;xshash nazariyani ilgari surdi; ammo Ibn Sinoning fikricha, o&#8217;sha davrda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan har qaysi metall o&#8217;zicha alohida bir moddadir (biror yagona metallning turi emas). Bir metallni ikkinchisiga aylantirish uchun uning tarkibiy qismlari (oltingugurt, simob va boshqa aralashmalar) orasidagi nisbatni o&#8217;zgartirish kerak. Vaholanki biz bu nisbatning qanday ekanligini bilmaymiz, demak, uni o&#8217;zgartirishga qodir emasmiz, deydi Ibn Sino. Ibn Sinoning metallar murakkab tarkibli moddalar ekanligi haqidagi fikri fandan uzoq bo&#8217;lsa ham, uning oddiy metallarni iksir yordamida oltinga aylantirish mumkin degan nazariyaga qarshi chiqib yozgan mulohazalari o&#8217;rta asr Alkimyosining ilmiy kimyoga o&#8217;sib o&#8217;tishida katta rol o&#8217;ynadi. O&#8217;rta asr kimyogarlari oddiy metallarni oltinga aylantirish haqidagi o&#8217;z nazariyalarini amalga oshirish yo&#8217;lida ko&#8217;p kuch va vaqt sarfladilar. Natijada ular turli moddalar va asboblarni kashf etdilarki, bularning ko&#8217;p qismi hozirgi kimyo ilmida keng qo&#8217;llaniladi. Alkimyo sohasida o&#8217;tkazilgan tadqiqotlar tufayli metallurgiyani rivojlantirishga, keramika, shisha, millionlab tonna nitrat kislota ishlab chiqarishga, gazmollarni bo&#8217;yash ishlarini maromiga yetkazishga, novshadil, kinovardan simobni ajratib olish va boshqa ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo&#8217;lindi. Amalgama (oltin suvini yuritish) kabi muhim ishlar ham alkimyogarlar xizmatining samarasidir. Ad.: Karimov U. I., Neizvestnoe sochinenie Abu Bakra ar-Razi &#8220;Kniga tayni tayn&#8221;, T., 1957; Kazakov B., Prevrahenie elementov, M., 1977; Rabinovich V. L., Alximiya kak fenomen srednevekovoy kulturi, M., 1979. Qudrat Axmerov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALKIMYO \u2014 1) kimyo fanining Arabcha nomi; 2) hozirgi kimyoning ibtidosi. Alkimyoning rivojlanishida uch davr farq qilinadi: 1-davr \u2014 2-6-asrlar, ikkinchi davr\u2014 12\u2014 14-asrlar va uchinchi davr\u2014 15\u2014 17-asrlar. Bu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alkimyo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6835","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6835","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6835"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6835\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6836,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6835\/revisions\/6836"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6835"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6835"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6835"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}