{"id":6841,"date":"2021-10-30T14:22:29","date_gmt":"2021-10-30T11:22:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6841"},"modified":"2021-10-30T14:22:29","modified_gmt":"2021-10-30T11:22:29","slug":"alkogolizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alkogolizm\/","title":{"rendered":"ALKOGOLIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>ALKOGOLIZM \u2014 tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida ro&#8217;y beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilikbozlik. Keng ma&#8217;noda \u2014 spirtli ichimliklarni me&#8217;yoridan ortiq ichishning kishilar sog&#8217;lig&#8217;i va mehnat qobiliyatiga, ma&#8217;naviy va maishiy hayotiga, shuningdek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. Alkogolizm individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Ichkilik ta&#8217;sirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas&#8217;uliyat sezish hissini yo&#8217;qotib qo&#8217;yadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti harakatlarni qilishi mumkin. Alkogolizm ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok bo&#8217;lishiga olib keladi. Mastliqda odamning muvozanatni yaxshi saqlay olmasligi, diqqati chalg&#8217;ib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab bo&#8217;ladi. Alkogolizm rivojlanishida boshlang&#8217;ich, o&#8217;rta va so&#8217;nggi bosqich alomatlari kuzatiladi. Boshlang&#8217;ich bosqich \u2014 asosan alkogolga nisbatan haddan ortiqroq maylning paydo bo&#8217;lishi va unga bo&#8217;lgan chidamlilik (tolerantlik)ning oshishi, qusish himoya refleksining yo&#8217;qolishi, yashirin yoki yolg&#8217;iz ichib mast bo&#8217;lish, ichayotgan alkogol miqdorini nazorat qila olmay qolishi, perforasion amneziya, faqat ichaverish to&#8217;g&#8217;risidagi istakning miyaga o&#8217;rnashib qolishi, alkogoldan o&#8217;zni tiyganda holsizlanish (asteniya) holatining yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi. O&#8217;rta bosqichda \u2014 alkogolga bo&#8217;lgan chidamlilik juda oshadi, &#8220;alkogol ochligi&#8221; \u2014 Humor (abstinent) holatining yuzaga kelishi, alkogolga bog&#8217;lanib qolish, soxta mayzadalik (psevdozapoy), alkogol psixozlari va shaxsning ruhiy jihatdan tubanlashuvi kuzatiladi. So&#8217;nggi bosqich esa alkogolga chidamsizlik (intolerantlik), muttasil ichishning davriy tus olishi, chin mayzadalik, ruhiy va jismoniy zaiflashish, nerv va ichki a&#8217;zolar faoliyatining izdan chiqishi, dispeptik holat, o&#8217;tkir va surunkali alkogol psixozlari, xotira va es-hushning aynishi bilan ifodalanadi. Alkogolizm odam organizmidagi hamma sistemalar va a&#8217;zolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz odam o&#8217;zi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qo&#8217;yadi, Markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati buzilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqalar paydo bo&#8217;ladi), ichki a&#8217;zolar funktsiyasi izdan chiqadi. Ichkilikning zaharli ta&#8217;siri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichkilikboz odam qo&#8217;l barmoqlari, ko&#8217;z qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni bajarib yurgan odatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin. Ko&#8217;p ichadigan odamda ko&#8217;z xiralashib, ba&#8217;zan quloq ham og&#8217;ir tortib qoladi. Ichkilikning me&#8217;daga ta&#8217;siri natijasida shu a&#8217;zoning barcha funktsiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, jigar tsirrozi yuzaga keladi. Alkogolizm pankreatit, kand kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti kasalliklariga ham sabab bo&#8217;ladi. Ichkilik ichki sekretsiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaifli paydo bo&#8217;ladi. Ayollar ichkilik ta&#8217;sirida tez so&#8217;lib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar ko&#8217;proq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron bo&#8217;lib qolishiga olib keladi. Alkogolizm ning oldini olish. Alkogolizm belgilari paydo bo&#8217;lganda, ichkilikbozni narkologiya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach kuzatuvida muntazam davolanishni tashkil qilish kerak. Mirqobil Xalilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALKOGOLIZM \u2014 tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida ro&#8217;y beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilikbozlik. Keng ma&#8217;noda \u2014 spirtli ichimliklarni me&#8217;yoridan ortiq ichishning kishilar sog&#8217;lig&#8217;i va mehnat qobiliyatiga, ma&#8217;naviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alkogolizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6841","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6841","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6841"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6841\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6842,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6841\/revisions\/6842"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6841"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6841"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6841"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}