{"id":70781,"date":"2023-04-22T15:50:35","date_gmt":"2023-04-22T12:50:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70781"},"modified":"2023-04-22T15:50:36","modified_gmt":"2023-04-22T12:50:36","slug":"agressiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agressiya-2\/","title":{"rendered":"AGRESSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AGRESSIYA (lot. agressio \u2013 hujum qilish), tajovuz \u2014 1) bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan g\u2019ayriqonuniy bo\u2019lgan har qanday kuch ishlatish. Agressiya harbiy, iqtisodiy, psihologik, g\u2019oyaviy va h.k. bo\u2019lishi mumkin. Agressiyani aniqlash BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 14 dekabrdagi rezolyusiyasida qabul qilingan. Agressiyaga uchragan davlat individual yoki jamoa tarzda o\u2019z-o\u2019zini himoya qilish huquqiga ega (BMT Nizomining 51-moddasi). Bunday holda davlatning harakatlari, agar u Agressiyani boshlovchi bo\u2019lsa ham, oqlanadi. Hududni bosib olish yoki Agressiya tufayli erishilgan boshqa ijobiy harakatlar ham qonunga zid hisoblanadi. Agressiya ishlatilgan hollarda BMTning Xavfsizlik Kengashi ba\u2019zi harbiy operatsiyalarni o\u2019tkazish orqali harbiy choralarni ham qo\u2019llashi mumkin (BMT qurolli kuchlari shun.,, BMTga a\u2018zo davlatlarning qurolli kuchlarini ishlatish). Agressiyaning eng xavfli ko\u2017rinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi og\u2019ir xalqaro jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 29-sessiyasida (1974) \u00abAgressiyani belgilash to\u2019g\u2019risida\u00bbgi rezolyusiya yakdillik bilan ma\u2018qullagan. Unga ko\u2019ra \u00abBiror davlatning boshqa davlatning suvereniteti. Hududining daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qurolli kuch ishlatishi agressiyadir\u00bb deyilgan. BMT Nizomining 5-moddasiga muvofiq, agressiv urush eng og\u2019ir xalqaro jinoyat hisoblanib, reparatsiyalar va restitutsiyalar shaklidagi xalqaro huquqiy va moddiy javobgarlikka olib keladi. Amalga oshirilish uslubiga ko\u2019ra Agressiya bevosita va bilvosita bo\u2019lishi mumkin. 2) kishilarning jamiyatda bahamjihat yashash me\u2018yorlari va qoidalariga zid bo\u2017lgan maqsadli destruktiv hatti-harakat, hujum qiluvchi (jonli va jonsiz) obyektlarga zarar yetkazuvchi, odamlarga jismoniy zarar keltiruvchi yoki ularda salbiy holatlarni uyg\u2019otuvchi taranglik, qo\u2019rquv, ezilganlik yoki xo\u2019rlanganlik holati va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AGRESSIYA (lot. agressio \u2013 hujum qilish), tajovuz \u2014 1) bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agressiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70781","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70782,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70781\/revisions\/70782"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}