{"id":70811,"date":"2023-04-22T16:16:49","date_gmt":"2023-04-22T13:16:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70811"},"modified":"2023-04-22T16:16:50","modified_gmt":"2023-04-22T13:16:50","slug":"anana-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anana-2\/","title":{"rendered":"AN\u2019ANA"},"content":{"rendered":"\n<p>AN\u2019ANA (arb.) \u2014 tarixan vujudga kelgan, barcha uchun umumiy, odatdagi hayot uslubi va harakatga aylangan, muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruhda hukumronlik qiluvchi va alohida shaxslar ham, butun jamiyat ham amal qilishini talab etuvchi va amal qilinuvchi ijtimoiy hayot tartibi. Ajdodlarning tarixan to\u2019plagan ma\u2018naviy qadriyatlarini avlodlarga uzatish (berish) vositasi. An\u2019ana o\u2019z holicha mavhum tushuncha bo\u2019lib, aslida An\u2019anaga aylangan rasm-rusumlar, urf-odatlar, marosimlar, udumlar, ko\u2017nikmalar, malakalar, turmush tarzi va boshqalar haqida fikr yuritilganda, u aniq ma\u2018no kasb etadi. Millatlar, xalqlar, elatlarning tarixiy xotirasiga zo\u2019r hurmat bilan qarash avvalo An\u2019anaga aylangan marosimlarda o\u2019z ifodasini topadi. An\u2019analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli An\u2019analarning shakllanishiga ta\u2018sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me\u2018yorlari, urf-odat, marosim va boshqalar. An\u2019ana sifatida namoyon bo\u2019ladi. An\u2019analarni jamiyat va odamlarni boshqarishning ma\u2018naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. An\u2019analar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalariga o\u2019rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o\u2019z An\u2019analari bo\u2019lib, vaqt o\u2019tishi bilan o\u2019zgarib, mazmunan boyib boradi, ba\u2018zilari yo\u2019qoladi, yangilari vujudga keladi. Shundan, bir zamonning an\u2018analari ikkinchisiga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydigan An\u2019analar unutiladi, o\u2019tmishga aylanadi. An\u2019ana inson faoliyatining hamma sohalarida, namoyon bo\u2017ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AN\u2019ANA (arb.) \u2014 tarixan vujudga kelgan, barcha uchun umumiy, odatdagi hayot uslubi va harakatga aylangan, muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruhda hukumronlik qiluvchi va alohida shaxslar ham, butun jamiyat ham amal &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anana-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70811","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70811","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70811"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70812,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70811\/revisions\/70812"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}