{"id":70892,"date":"2023-04-22T17:57:06","date_gmt":"2023-04-22T14:57:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70892"},"modified":"2023-04-22T17:57:07","modified_gmt":"2023-04-22T14:57:07","slug":"aparteid-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aparteid-2\/","title":{"rendered":"APARTEID"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>APARTEID<\/strong>, apartxeyd (afrikaans tilida <em>apartheid <\/em>\u2013 alohida-alohida yashash) \u2014 irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko\u2019rinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy jihatdan yakkalatib qo\u2019yishgacha borishni anglatadi. Aparteidning ayrim choralari genotsid tusini olishi mumkin. Hozirgi xalqaro huquq Aparteidni insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973-yilda Aparteid jinoyatlarining oldini olish va jazolash to\u2017g\u2017risida xalqaro konvensiya qabul qilingan. Yaqingacha Aparteid JARda hukmronlik qilib kelgan, asosan oq tanli fuqarolardan iborat Milliy partiyaning siyosati edi. U mamlakat aholisini irqiy alomatlarga qarab, uch qism: 1) oq tanlilar; 2) qora tanlilar, ya\u2018ni tub afrikaliklar; 3) indeyslar va duragaylarga bo\u2019lib boshqarish siyosatini qo\u2019llab keldi. \u00abIrqiy guruhlarni ajratib joylashtirish to\u2019g\u2019risida\u00bbgi qonunga muvofiq, aholi 74% ini tashkil etuvchi qora tanlilar uchun soxta \u00abdavlatlar\u00bb \u2013 bantustanlar tuzildi, afrikaliklarning oq tanlilar yashovchi shaharlarda istiqomat qilishi man etildi, Aparteid qoidalarini buzganlarga nisbatan qattiq jazo choralari qo\u2019llanildi. Afrikaliklar, ularga ergashgan indeyslar hamda oq tanlilar bir qismining Afrika milliy kongressi va boshqa vatanparvarlik tashkilotlari rahbarligida Aparteid siyosatiga, irqchilar zulmi va kamsitishlarga qarshi uzoq davom etgan, jahon hamjamiyati tomonidan faol qo\u2019llab-quvvatlangan murosasiz ommaviy chiqishlari, shu jumladan, qurolli kurashi irqchilarni chekinishga majbur etdi. Mamlakat va xalqaro maydonda yakkalanib qolgan irqchilar siyosiy islohotlar o\u2019tkazishga majbur bo\u2019ldi. Tinch yo\u2019l bilan 1994-yil aprelda o\u2019tkazilgan demokratik saylovlar natijasida hokimiyat mamlakat tub aholisi vakillari qo\u2019liga o\u2019tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>APARTEID, apartxeyd (afrikaans tilida apartheid \u2013 alohida-alohida yashash) \u2014 irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko\u2019rinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aparteid-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70892","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70892","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70892"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70892\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70900,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70892\/revisions\/70900"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70892"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70892"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70892"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}