{"id":70913,"date":"2023-04-22T18:06:15","date_gmt":"2023-04-22T15:06:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70913"},"modified":"2023-04-22T18:06:16","modified_gmt":"2023-04-22T15:06:16","slug":"aqidaparastlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aqidaparastlik\/","title":{"rendered":"AQIDAPARASTLIK"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>AQIDAPARASTLIK <\/strong>\u2014 kishilar ongi va qalbiga ma\u2018lum mafkuraviy tazyiqlar asosida singdirilib, e\u2018tiqod darajasiga ko\u2019tarilgan dunyoqarash shakllaridan biri. Aqidaparastlik o\u2019z xususiyatini ikkita shaklda namoyon qiladi: Aqidaning dunyoviy shakli (ateizm, kommunizm); aqidaning diniy shakli, (vahho biylik, Hizb ut-tahrir, Hizbulloh, \u2015Alqoida va boshqa aqidalarni zamon va makondan ajratgan holda anglab, ularni (o\u2019zgartirib bo\u2019lmas) tushunchalar deb biluvchilar aqidaparastlar deb yuritiladi. Aqidaparastlikning shakllanishi va qaror topishi barcha diniy tashkilotlar va ularning ruhoniylari faoliyati bilan tarixan chambarchas bog\u2019lanib ketgani sababli, u faqat diniy ta\u2018limotlarga xos hodisa sifatida talqin etib kelinadi. Islomning sunniylik oqimi ilohiyotchilari Qur\u2019oni Karim va hadisi sharifga asoslanib ishlab chiqqan yettita imon talabini aqida deb hisoblaydilar. Shialik oqimida beshta aqida imon talabi hisoblanadi. Bular Allohning yagonaligiga, payg\u2019ambarlarga, imomat (oliy hokimiyat imom \u2013 payg\u2019ambar avlodi qo\u2019lida bo\u2019lishiga), adl (ilohiy taqdirning adolatliligi)ga, oxiratning ro\u2019y berishiga ishonchdan iborat. Biroq, barcha dinlarda, jumladan, islomda imon talablaridan boshqa qator tushunchalar ham aqida hisoblanadi. Har bir diniy tashkilot (diniy konfessiya) va muayyan diniy jamoa o\u2017zlari haqiqatning oxirgi nuqtasi sifatida qabul qilgan ilohiy tushunchalarga qat\u2018iy ravishda ishonch ruhini dindorlar ongi va qalbiga singdirish uchun juda ko\u2019p vositalar, uslublardan samarali foydalanadilar. Ana shu jarayonda qavmlarda muayyan andoza (model) ga tushgan yaxlit dunyoqarash, dunyoni his etish shakllanadi. Inson fe\u2018l-atvori, faoliyati muayyan izga tushiriladi. Shundan kelib chiqib, tabiiy va ijtimoiy hodisalarga munosabat belgilanadi. E\u2018tiqodlariga xilof bo\u2019lgan o\u2019zgacha qarashlar va munosabatlar qaror topishiga iloji boricha qarshilik ko\u2019rsatib keladilar. Aqidaparastlikni fundamentalizm, diniy ekstremizm tushunchalari bilan ham aynanlashtirish bu tushunchalarga noilmiy yondoshuvlarga sabab bo\u2019ladi. Bu tushunchalarda umumiy o\u2019xshash jihatlardan tashqari jiddiy tafovutlar ham borligini nazarda tutgan ma\u2018qul. Diniy bilimlarni tarixiy davrdan va real ijtimoiy voqelikdan ajratib o\u2019zlashtirib olgan, binobarin, dinlarning asl insonparvarlik mohiyatini tushunmagan va tushunishni istamagan shaxslarni Aqidaparastliklar deyish to\u2019g\u2019ri. Ammo bu tushuncha sof diniy mazmundan ko\u2019ra kengroq mohiyatga ega ekanligini e\u2018tiborda tutish zarur. Zero, Aqidaparastlik nafaqat dinda, balki ilm-fanda, jumladan, falsafada ham o\u2019zini namoyon etib, ijtimoiy taraqqiyot, milliy istiqlol va inson kamoloti yo\u2019liga g\u2019oyaviy to\u2019siq bo\u2019lishi mumkin. Har qanday sohada chuqurroq bilimga ega bo\u2019lmagan yoki dastlabki bilimlari bilan cheklanib, o\u2019z ustida ishlamay qo\u2019ygan kishilar odatda Aqidaparastlikni rag\u2019batlantiruvchi ijtimoiy kuch sifatida-maydonga chiqadilar. Aqidaparastlik muayyan dunyoqarash bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan va ma\u2018lum bir g\u2019oyaga e\u2018tiqod qilishga imkon yaratadigan tushunchalarni yodlab olib, ularni zamon va makondan uzgan holda haqiqatning oxirgi nuqtasi sifatida targ\u2019ib etadi. Aqidaparastlik sayoz bilimga ega bo\u2019lgani sababli bahs-munozaraga tish-tirnog\u2019i bilan qarshi chiqadi. Aqidaparastlik ijtimoiy va milliy ongni jilovlab qo\u2019yib, ijtimoiy taraqqiyotni turg\u2019unlikka, hatto orqaga ketishga sabab bo\u2019lishi bilan o\u2019ta xatarlidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AQIDAPARASTLIK \u2014 kishilar ongi va qalbiga ma\u2018lum mafkuraviy tazyiqlar asosida singdirilib, e\u2018tiqod darajasiga ko\u2019tarilgan dunyoqarash shakllaridan biri. Aqidaparastlik o\u2019z xususiyatini ikkita shaklda namoyon qiladi: Aqidaning dunyoviy shakli (ateizm, kommunizm); aqidaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aqidaparastlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70913","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70913","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70913"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70913\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70914,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70913\/revisions\/70914"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70913"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70913"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70913"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}