{"id":70919,"date":"2023-04-22T18:15:39","date_gmt":"2023-04-22T15:15:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70919"},"modified":"2023-04-22T18:15:40","modified_gmt":"2023-04-22T15:15:40","slug":"ateizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ateizm-2\/","title":{"rendered":"ATEIZM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>ATEIZM <\/strong>(yun. <em>a <\/em>\u2013 inkor qo&#8217;shimchasi, <em>theos <\/em>\u2013 xudo; xudoni, dinni inkor etish) \u2014 dinni, diniy ta\u2018limotni, xudoni, umuman ilohiy kuchlarga e\u2018tiqod qilishni inkor etish. Diniy va ateistik dunyoqarashlar bir-biriga zid bo\u2019lib, buning zaminida idealistik va materialistok falsafiy yo\u2019nalishlar o\u2019rtasidagi kurash yotadi. Ateizm qadimda ilk ateistik tasavvurlar paydo bo\u2019lgan davrdan hozirgi kungacha bir necha bosqichni bosib o\u2019tdi. Qadimgi Misr, Bobil, Hindiston va Xitoyda miloddan avvalgi III ming-yillikdan boshlab diniy aqidalarni tanqid qilgan asarlar paydo bo\u2018lgan. Antik dunyo, ya\u2018ni Yunoniston va Rim ateistlari tabiat hodisalarini materialistik asosda talqin qilishga, dinlarning vujudga kelish sabablarini ochishga urindilar. O\u2019rta asrlarda dinning mavqei kuchli bo\u2018lgan sharoitda Ateizm deyarli rivojlanmadi. Yevropada o\u2019rta asr mutaassibligi ustidan g\u2019alaba qozonilgach, Spinoza, fransuz materialistlari, Feyerbax kabi ateistlar o\u2019z faoliyatlarini Tavrotning tanqidi va dunyoviy ma\u2018rifatchilikni yoyishga qaratdilar. Umuman Marksgacha Ateizm asosan dinni tanqid qilish bilan cheklangan holda uning jamiyatda saqlanib qolishi va muayyan maqsadlarga xizmat qilishini e\u2018tirof etish bilan xarakterlanadi. Marksistik Ateizm bundan tubdan farq qiladi, zero u o\u2019z oldiga yerdagi hayotni inqilobiy yo\u2019l bilan o\u2019zgartirib, dindan holi bo\u2019lgan jamiyat barpo etishni maqsad qilib qo\u2019ygandi. Markschileninchilar \u00abkommunistik jamiyat qurilishi jarayonida diniy hamda o\u2019tmishning boshqa sarqitlaridan ozod bo\u2019lgan, ilmiy ateistik dunyoqarash bilan qurollangan yangi inson shakllanajagi\u00bb haqida da\u2018vo qildilar. Marksistik ateizm O\u2019zbekistonda ham o\u2019zining salbiy rolini o\u2019ynadi. 30-yillarda respublikada \u00abXudosizlar\u00bb nomi bilan o\u2019zbek tilida jurnal nashr etildi. Arab alifbosi bekor qilingach, minglab kitoblar yoqib yoki ko\u2019mib tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi yoki tashlandiq holga keltirildi, arab tili va islom tarixining bilimdonlari quvg\u2019in ostiga olindi. Toshkent shahrida butun ittifoq Ilmiy ateizm institutining respublikalararo filiali ochilgani (1981- yil) va, ayniqsa, O\u2019zbekiston KP MKning 16-plenumi (1984-yil) chaqirilganidan keyingi paytni O\u2019zbekistonda Ateizmning quturgan yillari deb atash mumkin. Zero shu yillari mamlakatda dinga uzil-kesil barham berishga qaratilgan tadbirlar o\u2019tkazildi. Jumladan, diniy bayramlar va marosimlar ta\u2018qiqlanadi; hatto sevimli xalq bayrami Navro\u2019zga ham \u00abdiniy\u00bb tamg\u2019a urilib, uni yo\u2019qqa chiqarishga harakat qilindi. SSSR qulagach, \u00abilmiy ateizm\u00bb umuman fan sifatida yo\u2019q bo\u2019ldi. Ilmiy-texnik jihatdan rivojlangan mamlakatlarda muayyan falsafaga (masalan, neopozitivizm, ekzistensializm va h.k.) asoslangan ateistik qarashlar hozir ham sezilarli o\u2019rin egallaydi. Ayniqsa XX asr 2- yarmida Bertran Rassel va Jan-Pol Sartrlarning asarlari bu borada katta rol o\u2019ynadi. AQSH va G\u2019arbiy Yevropa mamlakatlari aholisining 8-10% ateist hisoblanadi. Yer yuzida turli dinlar va mayda diniy firqalar misli ko\u2019rilmagan darajada ko\u2019payib ketgan bugungi real voqelikda Ateizmning o\u2019ziga ham e\u2018tiqod sifatida qarash urf bo\u2019layapti. Ko\u2019pgina xalqaro hujjatlarda, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida: \u00abHar bir inson fikr, vijdon, din va e\u2018tiqod erkinligi huquqiga egadir\u00bb, deb yozilgan. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda, shu jumladan, O\u2019zbekistonda fuqarolar uchun haqiqiy vijdon erkinligi huquqi, ya\u2018ni har qanday dinni erkin tanlab olish yoki hech qanday dinga e\u2018tiqod qilmaslik Konstitutsiya bilan kafolatlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATEIZM (yun. a \u2013 inkor qo&#8217;shimchasi, theos \u2013 xudo; xudoni, dinni inkor etish) \u2014 dinni, diniy ta\u2018limotni, xudoni, umuman ilohiy kuchlarga e\u2018tiqod qilishni inkor etish. Diniy va ateistik dunyoqarashlar bir-biriga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ateizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70919","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70919","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70919"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70919\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70920,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70919\/revisions\/70920"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70919"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70919"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70919"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}