{"id":70921,"date":"2023-04-22T18:21:50","date_gmt":"2023-04-22T15:21:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70921"},"modified":"2023-04-22T18:21:51","modified_gmt":"2023-04-22T15:21:51","slug":"atom-energiyasi-boyicha-xalqaro-agentlik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atom-energiyasi-boyicha-xalqaro-agentlik-2\/","title":{"rendered":"ATOM ENERGIYASI BO\u2019YICHA XALQARO AGENTLIK"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>ATOM ENERGIYASI BO\u2019YICHA XALQARO AGENTLIK <\/strong>(<em>AEXA<\/em>) \u2013 (MAGATE) \u2014 atom energiyasidan foydalanish bo\u2017yicha hukumatlararo tashkilot, BMTning Nyu-York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-yilning sentabrida qabul qilinib, 1957-yilning 29-iyulida kuchga kirgan. Bosh qarorgohi \u2014 Vena shahri (Avstriya)da. AEXAga 114 ta mamlakat (2007-yil) a\u2018zo. AEXA maxsus tashkilotlar qatoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT bilan uning aloqalari 1957-yil 14-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi bilan imzolangan bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu bitim va AEXA Nizomiga asosan agentlik har yilda kamida bir marta faoliyati to\u2019g\u2019risida BMT Bosh Assambleyasi yoki zarurat paydo bo\u2019lganda uning Xavfsizlik Kengashi oldida hisobot beradi. Agentlikning asosiy maqsadi atom energiyasidan tinchlik yo\u2019lida foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turli mamlakatlarda o\u2019z ilmiy tekshirish laboratoriyalari bor. AEXA rivojlanayotgan davlatlarga yadro xavfsizligi va radiatsion himoya uchun zarur bo\u2019lgan asbob-uskunalar bilan yordamlashadi. AEXAning asosiy faoliyatiga kiradigan sohalar: qurol-yarog\u2019 ishlab chiqaradgan yadro texnologiyasini qattiq nazoratgaolish; yadro energetikasi sohasida yordam ko\u2019rsatish; radioaktiv chiqindilarni to\u2019g\u2019ri va xavfsiz ko\u2019mish; shu sohaga oid Norma va Qoidalarni ekspert-yuristlar yordamida tayyorlash; ilmiy-texnik dasturlarini qo\u2019llab-quvvatlash; avariyalarga oid dasturlar ishlab chiqish; qishloq xo\u2019jaligida yadroviy usullar va radioaktiv moddalar yordamida hosildorlik va tuproq unumdorligini oshirish; qishloq xo\u2019jaligi va chorvachilikda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va boshqalar. O\u2019zbekiston Respublikasi 1994-yil 21- yanvarda AEXAga a\u2018zo bo\u2019lib, xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq xo\u2019jaligida foydalanish, radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro standartlar, qonun-qoidalarga rioya qilishni o\u2019z zimmasiga olgan. Agentlik oliy organi \u2013 Bosh konferensiya a\u2018zo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan va har navbatdagi sessiyaga yig\u2019iladi. Nizom bo\u2019yicha navbatdan tashqari sessiyalar o\u2019tkazish ham ko\u2019zda tutilgan. AEXA Boshqaruvchilar kengashi agentlik ishlab chiqqan dastur, atom energiyasi sohasida umumiy siyosat va bosshqaruv ishlarini amalga oshiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATOM ENERGIYASI BO\u2019YICHA XALQARO AGENTLIK (AEXA) \u2013 (MAGATE) \u2014 atom energiyasidan foydalanish bo\u2017yicha hukumatlararo tashkilot, BMTning Nyu-York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-yilning sentabrida qabul qilinib, 1957-yilning 29-iyulida kuchga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atom-energiyasi-boyicha-xalqaro-agentlik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70921","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70921","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70921"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70921\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70921\/revisions\/70922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70921"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70921"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70921"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}