{"id":71067,"date":"2023-04-23T10:51:56","date_gmt":"2023-04-23T07:51:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71067"},"modified":"2023-04-23T10:51:57","modified_gmt":"2023-04-23T07:51:57","slug":"birlashgan-millatlar-tashkiloti-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/birlashgan-millatlar-tashkiloti-2\/","title":{"rendered":"BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) <\/strong>\u2014 yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta\u2018minlash, davlatlarning o\u2019zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2012-yilda esa ular soni 193 taga etdi. BMTning doimiy ish o\u2019rni (shtab kvartirasi) \u2013 Nyu-York shahrida (AQSh). BMT Ustavida ko\u2019rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo\u2019lishi va o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o\u2019rtasida do\u2019stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o\u2019rtasida hamkorlik bo\u2019lishini ta\u2018minlashni ko\u2019zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg\u2019unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. 2000-yil 6-8\u2013sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida \u00abMing yillik sammiti\u00bb bo\u2019lib o\u2019tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo\u2019lgan ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuz-yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo\u2019ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. BMT o\u2019z a\u2018zolarining suveren tengligiga asoslanadi. BMT davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi. Uning Ustavida qayd etilgan barcha majburiyatlarni zimmasiga oladigan davlatlar BMTga a\u2018zo bo\u2019la oladi. Yangi a\u2018zolar BMT Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq, BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan qabul qilinadi. BMT a\u2018zolari xalqaro nizolarni tinch yo\u2019l bilan hal etishlari lozim. Ustav qoidalarini doimo buzib turadigan davlat, Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq, Bosh Assambleya qarori bilan BMT a\u2018zoligidan chiqariladi. BMTning asosiy organlari: Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS), Vasiylik kengashi, BMT huzuridagi Xalqaro sud va BMT Kotibiyati \u2013 Bosh kotib va boshqa xodimlardan iborat. BMT Bosh kotiblari: Tryugve Li (Norvegiya, 1946-53), Dag Xammarsheld (Shvesiya, 1953-61), U Tan (Birma, 1961-71), Kurt Valdxaym (Avstriya, 1972-81), Xaver Peres de Kuelyar (Peru, 1982-91), Butros Butros G\u2019oli (Misr, 1992-97), Kofi Anan (Gana, 1998-2007), Pan Gi Mun (Koreya Respublikasi 2008- yildan). Bosh kotibni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya 5 yil muddatga tayinlaydi. Bosh kotib har yili BMT ishi hakida Bosh Assambleyaga hisobot berib turadi, kotibiyat xodimlarini tayinlaydi. BMT va uning organlari barqaror ishlashini ta\u2018minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. O\u2019zbekiston o\u2019z mustaqilligini e\u2018lon qilganidan keyin ko\u2019p o\u2019tmay 1992- yil 2-martda BMTga a\u2018zo bo\u2019ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2019i ko\u2019tarildi. 1993-yil 24-oktabrda Toshkentda BMTning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi ochildi. BMTda O\u2019zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O\u2019zbekiston Respublikasi BMTning ta&#8217;lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug\u2019ullanuvchi tashkiloti &#8211; YUNESKOga ham a\u2018zo bo\u2019ldi. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag\u2019ishlangan sessiyada (1995-yil oktabr), BMT Bosh Assambleyasining \u00abMing yillik sammiti\u00bb (2000- yil sentabr va 2010-yil sentabr) da so\u2019zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg\u2019otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning XX asr so\u2019nggidagi eng yirik anjumanida O\u2019zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog\u2019liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta\u2018minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi O\u2019zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a\u2018zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat\u2018iy amal qilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) \u2014 yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta\u2018minlash, davlatlarning o\u2019zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/birlashgan-millatlar-tashkiloti-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[343],"tags":[],"class_list":["post-71067","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71067","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71067"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71067\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71068,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71067\/revisions\/71068"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71067"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71067"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71067"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}