{"id":7117,"date":"2021-11-01T16:55:21","date_gmt":"2021-11-01T13:55:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7117"},"modified":"2021-11-01T16:55:22","modified_gmt":"2021-11-01T13:55:22","slug":"alp-toglari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alp-toglari\/","title":{"rendered":"ALP TOG&#8217;LARI"},"content":{"rendered":"\n<p>ALP TOG&#8217;LARI \u2014 G&#8217;arbiy Yevropada, Italiya, Shveytsariya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya, Sloveniya va Lixtenshteyn hududida joylashgan tog&#8217;lar tizimi. Yer po&#8217;stining uchlamchi davr mobaynida ro&#8217;y bergan qudratli Alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Alp tog\u2019lari birbirlaridan past dovonlar orqali ajralib turgan tog&#8217;larning murakkab tizimidan iborat. Uzunligi qariyb 1200 kilometr, kengligi 50-260 kilometr. Eng yirik dovonlari \u2014 Simplon (2005 metr), Sen-Gotard (2108 metr), Brenner (1371 metr) va boshqalar. Tog&#8217;lar yo&#8217;nalishiga ko&#8217;ndalang joylashgan chuqur soylik (Boden ko&#8217;lidan Komo ko&#8217;ligacha) Alp tog\u2019larini g&#8217;arbiy va Sharqiy qismlariga ajratib turadi. Alp tog\u2019larining eng baland qismlarida muzliklar hamda muzlik hosil qilgan relyef shakllari ko&#8217;p. Sharqiy Alp tog\u2019lari (4049 metr, Bernin tog&#8217;i) G&#8217;arbiy Alp tog\u2019lari (4807 metr, Monblan tog&#8217;i) dan pastroq. Ular ham ayrim tazmalarga bo&#8217;linib kettan. Alp tog\u2019lari etaklarida ohaktosh, dolomitlar keng tarqalgan, karst rivojlangan. Tog&#8217; etaklarida iqlim mo\u2019tadil, tog&#8217; tepalarida doimiy qor va muzliklar bor, iqlimi ham sovuq. Muzliklarning umumiy maydoni 4140 kilometr kvadrat. Muzliklar va abadiy qorlarning quyi chegarasi 2500\u2014 3200 metr balandlikda. Eng ko&#8217;p yog&#8217;in shimoliy va Janubiy yon bag&#8217;irlariga tushadi (2000\u2014 3000 millimetr). Alp tog\u2019laridan oqib tushadigan daryolar (Reyn, Rona, Drava, Adije va boshqalar) sersuv, serostona, gidroenergiya zaxiralariga boy. Manzarali ko&#8217;l ko&#8217;p: Jeneva, Syurix, Boden, Lagomajore va boshqalar. Tabiiy o&#8217;simlik turlari balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Tog&#8217; etagidan 800 metr balandlikkacha madaniy landshaftlar, 1200 metr balandliklarda keng bargli o&#8217;rmonlar, 1300 1700 metr balandliklarda igna bargli o&#8217;rmonlar o&#8217;sadi. 2600 metrdan 3200 metrgacha oraliqlar subalp butazorlari, o&#8217;tloqlar bilan band. Tog&#8217; tizmalarida tunnellar qazilib, temir yo\u2019l va avtomobil yo&#8217;llari o&#8217;tkazilgan. Alpinizm va turizm rivojlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALP TOG&#8217;LARI \u2014 G&#8217;arbiy Yevropada, Italiya, Shveytsariya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya, Sloveniya va Lixtenshteyn hududida joylashgan tog&#8217;lar tizimi. Yer po&#8217;stining uchlamchi davr mobaynida ro&#8217;y bergan qudratli Alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alp-toglari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-7117","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7117","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7117"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7117\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7118,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7117\/revisions\/7118"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7117"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7117"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7117"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}