{"id":71247,"date":"2023-04-23T17:14:59","date_gmt":"2023-04-23T14:14:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71247"},"modified":"2023-04-23T17:15:00","modified_gmt":"2023-04-23T14:15:00","slug":"diplomatiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diplomatiya-2\/","title":{"rendered":"DIPLOMATIYA"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>DIPLOMATIYA <\/strong>(fr. davlatlarning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. \u00abDiplomatiya\u00bb termini yunon tilidagi \u00abikki bukilgan qog\u2019oz\u00bb so\u2019zidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorlig\u2019i yoki hujjat sifatida taqdim etilgan. Bu termin hozirgi ma\u2018noda G\u2019arbiy Yevropada XVIII asr oxirida rasm bo\u2019lgan. Diplomatiya davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari Diplomatiya shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va h.k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar bo\u2019yicha hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning mas\u2018ul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga o\u2019zlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi. Diplomatiyaning shakllanishi davlatnksh yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan. O\u2019zbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan muntazam aloqalar yo\u2019lga qo\u2019yilganligi yaxshi ma\u2018lum. Amir Temur davlati Fransiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni yo\u2019lga qo\u2019ygan. O\u2019zbekiston mustaqil davlat bo\u2019lgach, xalqaro munosabatlarning to\u2019la huquqli subyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa o\u2019rnatdi (2002- yil). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa obro\u2019li xalqaro tashkilotlar va kengashlarga a\u2018zo bo\u2019ldi. Uning tashqi siyosati, diplomatik faoliyati O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo\u2017l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum e\u2018tirof etgan boshqa qoida va me\u2018yorlariga asoslanadi. Teng huquqlilik, o\u2019zaro manfaatdorlik va o\u2019zaro hurmat O\u2019zbekiston Diplomatiyasining asosiy tamoyillaridir. O\u2019zbekiston Respublikasi jahonda yangicha iqtisodiy tartib o\u2019rnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni ta\u2018minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yo\u2019lda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. O\u2019zbekistonda Diplomatiya kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIPLOMATIYA (fr. davlatlarning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. \u00abDiplomatiya\u00bb termini yunon tilidagi \u00abikki bukilgan qog\u2019oz\u00bb so\u2019zidan olingan. Qadimda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diplomatiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[344],"tags":[],"class_list":["post-71247","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71247"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71254,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71247\/revisions\/71254"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71247"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71247"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}