{"id":71473,"date":"2023-04-24T13:22:05","date_gmt":"2023-04-24T10:22:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71473"},"modified":"2023-04-24T13:22:06","modified_gmt":"2023-04-24T10:22:06","slug":"davlat-sotsializmi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-sotsializmi-2\/","title":{"rendered":"DAVLAT SOTSIALIZMI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>DAVLAT SOTSIALIZMI <\/strong>\u2014 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari orqali erishish mumkinligini targ\u2019ib etuvchi reformistik nazariya. 2) Sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bo\u2019lgan sotsializm. Davlat sotsializmi nazariyasi 19 asrning 2-yarmida Germaniyada tarqaldi. Uning asoschisi nemis iqtisodchisi K.I.Rodbertus Yagetsov bo\u2019lib, uning qarashlariga ko\u2019ra, insoniyat jamiyati kommunizm sari rivojlanib, o\u2019z yo\u2019lida davlatning rivojlanish bosqichlari va mulkchilik shakllari bilan belgilanadigan 3 davr (\u00abantik davr\u00bb, \u00abfeodalizm va kapitalizm\u00bb, \u00abkommunizm\u00bb)ni bosib o\u2019tadi. \u00abAntik davr\u00bb negizini odamga mulkchilik, \u00abfeodalizm va kapitalizm\u00bb davrini yerga va kapitalga mulkchilik, \u00abkommunizm\u00bbni mehnatga va ish haqiga mulkchilik belgilaydi. U davlatni jamiyatning \u00abkommunizm\u00bbga evolyutsion o\u2019tishini harakatlantiruvchi kuchi bo\u2017lgan ideal tashkilot tarzida talqin qiladi. G.Shmoller, L.Brentano, A.Vagner, V.Zombart va boshqalar ham Davlat sotsializmi g\u2019oyalarini targ\u2019ib etganlar. Davlat sotsializmi asoschilari sotsializm deganda ishlab chiqarish vositalari va iqtisodiyotning islohotlar yo\u2019li bilan davlatlashtirilishini tushunar edilar. Shu sababdan ular 1873-yildagi iqtisodiy tanglik davrida Prussiya temir yo\u2019l kompaniyalarini halokatdan qutqarib qolish uchun uning davlat ixtiyoriga olinishi, boj tarifi o\u2019rnatilishi, tamaki monopoliyasi, spirtli ichimliklarga soliq, ba\u2018zi liberal islohotlarni sotsializmning amalga oshirilishi deb talqin qilgan. Davlat sotsializmi nazariyasiga inqilobiy sotsializm nazariyasi asoschilari K.Marks va F.Engels qarshi chiqib, sotsializm faqat sotsialistik inqilob, ishchilar sinfi hokimiyatining o\u2019rnatilishi va ishlab chiqarish vositalarining deyarli hammasini sotsialistik mulkka aylantirish natijasidagina amalga oshirilishi mumkin degan g\u2019oyani ilgari surganlar. Biroq Rossiyadagi Oktabr to\u2019ntarishi bilan boshlangan va 1917-1991 yillarda o\u2019tkazilgan sotsialistik eksperiment Marks g\u2019oyalari asosida yarim-yorti shakllangan sotsialistik tuzum, o\u2019z mohiyati va tabiatiga ko\u2019ra haqiqatdan adolatli demokratik jamiyat bo\u2019lmasdan, amalda Davlat sotsializmidan iborat ekanini ko\u2019rsatdi. Sobiq Ittifoqdagi sovet sotsializmi ham, undan nusxa olgan boshqa mamlakatlardagi sotsializm ham haddan tashqari markazlashtirilgan boshqarishga asoslangan sotsializm edi. Masalan, Ittifoqda ishlab chiqarish vositalarining 90% dan ortig\u2019i davlat mulki edi. Shuning uchun u ham haqiqiy demokratik erkin jamiyat bo\u2019la olmadi va pirovardida inqirozga uchradi. Hozirgi paytda mavjud sotsialistik mamlakatlar (Xitoy, Vetnam)da keng ko\u2019lamli demokratik islohotlar o\u2019tkazilmoqda. G\u2019arb mamlakatlaridagi sotsialistik va kommunistik partiyalar, ishchilar partiyalari (masalan, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, Buyuk Britaniyadagi leyboristlar partiyasi va boshqalar) sotsialistik mafkuraning ko\u2019pgina tamoyillaridan voz kechdilar, ishlab chiqarish vositalarining mutlaq ko\u2019pchiligini markazlashtirish va davlatlashtirish kabi g\u2019oyalar bugungi kunda uz jozibasini butunlay yo\u2019qotdi. Chunki bunday Davlat sotsializmi hayot sinovidan o\u2019ta olmadi, lekin demokratik sotsializm g\u2019oyalari hali ham uchrab turadi. Kapitalizm ham o\u2019zini to\u2019laqonli demokratik va odil jamiyat sifatida namoyish eta olmaganligi sababli, turli mamlakatlar (Germaniya, Daniya, Shveytsariya va boshqalar) da yangi sivilizatsiyaga, ijtimoiy-insoniy tuzumga o\u2019tish \u2013 umumdemokratik adolatli jamiyat qurish, uning boshqariladigan, ijtimoiy yo\u2017naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish g\u2019oyasi vujudga keldi va uni hayotga joriy etish bo\u2019yicha samarali ishlar qilinmoqda, demokratik va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson manfaatlari ustun bo\u2019lgan, barcha kishilar uchun munosib insoniy hayot ta\u2018minlanadigan erkin jamiyat qurish yo\u2019lidan borilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT SOTSIALIZMI \u2014 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari orqali erishish mumkinligini targ\u2019ib etuvchi reformistik nazariya. 2) Sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bo\u2019lgan sotsializm. Davlat sotsializmi nazariyasi 19 asrning 2-yarmida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-sotsializmi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[344],"tags":[],"class_list":["post-71473","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71473"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71474,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71473\/revisions\/71474"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}