{"id":71501,"date":"2023-04-24T13:47:59","date_gmt":"2023-04-24T10:47:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71501"},"modified":"2023-04-24T13:48:00","modified_gmt":"2023-04-24T10:48:00","slug":"fashizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fashizm-2\/","title":{"rendered":"FASHIZM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>FASHIZM <\/strong>(ital. <em>fassismo <\/em>\u2013 bog\u2019lam, dasta, aloqa, to\u2019da, birlashish) \u2014 totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Ushbu vayronkor mafkura oqim sifatida I jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlaridagi tajovuzkor ta\u2018limotlar asosida paydo bo\u2019ldi. Fashizm paydo bo\u2019lishining asosiy sababi \u2013 jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan uzoq muddatli global inqiroz bilan bog\u2019liq edi. Fashizm milliy safarbarlik va birdamlikka asoslangan mafkura bo\u2019lib, I jahon urushida mag\u2019lubiyatga uchragan davlatlarni birlashtirishni nazarda tutgan edi. Bu \u2013 jamiyat tuzilishini va tizimini yangicha tashkil etishga qaratilgan millatchilik va irqchilik shakllarining yig\u2019indisidir. U jamiyatni majburiy tarzda \u2015biznikilar va \u2015begonalarga ajratilib, irqchilik, militarism g\u2019oyalari asosida \u2015begonalarni yo\u2019q qilishni targ\u2019ib etadi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyaning qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning bo\u2019linishiga yo\u2019l qo\u2019ymaydi. Fashizm ommaviy siyosiy harakat bo\u2019lib, ulkan targ\u2019ibot-tashviqot apparati asosida ommaning xulq-atvori va dunyoqarashini boshqaradigan g\u2019oyaviy mafkuraviy texnologik majmuadir. Fashizm siyosiy harakat va tuzum sifatida turli ko\u2019rinishlarda uchragan. Jumladan, Italiyada (B.Mussolini) totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada (A.Gitler) natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiy-siyosiy Fashizm, Ispaniyada (F.Franko) harbiy otryadlar Fashizmi, Chilida (A.Pinochet) harbiy fashistik tuzumlari shaklida namoyon bo\u2019ladi. Fashizmning har qanday ko\u2019rinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon e&#8217;tiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlat monopol tashkilotiga aylanadi. Fashizm ana shunday tashkilotga va \u00abdohiy\u00bbning e&#8217;tiroz bildirib bo\u2019lmaydigan obro\u2019-e&#8217;tiboriga tayanadi. Fashizmning eng muhim qoidalari: qon birligiga asoslangan oliy va mangu jamoa sifatida millatni e\u2018tirof etish; millatlarni oliy va quyi millatlarga taqsimlash; oriy, shimol irqiga mansub bo\u2019lgan nemislarni oliy, madaniyat yaratuvchi millat sifatida e\u2018tirof etish, chunki ularning tomirlarida oqayotgan qon jasorat ruhi, ijodiy daholik, mas\u2018uliyat va g\u2019urur hissiyotlari bilan to\u2019lib-toshgan; nemis irqining mutlaqligi unga tarixda messionerlik rolini amalga oshirishga o\u2019z-o\u2019zidan huquq beradi; eng muhim irq sifatidagi nemislar boshqa millatlar ustidan ularni qarshiligini shafqatsizlik bilan bostirgan holda hukmronlik qilishi lozim; ayrim xalqlarni (yahudiy, lo\u2019lilar) jismoniy jihatdan yo\u2019q qilinishga mansub bo\u2019lgan \u2015nomukammal\u2016 xalqlarni e\u2018lon qilish; siyosiy sohada \u2013 antidemokratik tartibot, partiya tomonidan harbiy tashkilot tamoyillari bo\u2019yicha barpo etilgan keskin markazlashgan rahbarlik qiluvchi dohiyning (fyurer, duche, kaudil\u2018o) cheksiz hokimiyati; iqtisodiyot va siyosiy sohaning harbiylashtirilishi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FASHIZM (ital. fassismo \u2013 bog\u2019lam, dasta, aloqa, to\u2019da, birlashish) \u2014 totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Ushbu vayronkor mafkura oqim sifatida I jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlaridagi tajovuzkor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fashizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[346],"tags":[],"class_list":["post-71501","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71501","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71501"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71501\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71501\/revisions\/71502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71501"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71501"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71501"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}