{"id":71707,"date":"2023-04-24T18:04:45","date_gmt":"2023-04-24T15:04:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71707"},"modified":"2023-04-24T18:04:46","modified_gmt":"2023-04-24T15:04:46","slug":"yevropa-xavfsizlik-va-hamkorlik-tashkiloti-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-xavfsizlik-va-hamkorlik-tashkiloti-2\/","title":{"rendered":"YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) <\/strong>\u2014 davlatlar o\u2019rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta&#8217;minlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko\u2019maklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSH va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat ko\u2019rsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo\u2019yicha kengash nomi bilan atalgan (1973- 1991). 1973-yil 3\u20137-iyulda Xelsinki shahrida kengashning birinchi bosqich (Yevropadagi 33 davlat tashqi ishlar vazirlari ishtirokida), 1973-yil 18-sentabrdan 1975-yil 21- iyuligacha Jeneva shahrida ikkinchi bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975-yil 30-iyuldan \u2013 1-avgustgacha Xelsinki shahrida uchinchi bosqich (35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari bo\u2019lgan. Pirovardida yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni ta\u2018minlashning muhim omiliga aylangan. Kengashning Madrid konferensiyasi (1991-yil aprel)da YEXHT Parlament assambleyasini tashkil etishga qaror qilindi (1991-yil iyulda ta\u2018sis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, \u2015sovuq urushning tugashi natijasida vujudga kelgan o\u2019zgarishlar kengashning tashkilot sifatida to\u2019liq shakllanishiga olib keldi. YEXHTga 54 davlat a\u2018zo (2002-yil yanvar). Tashkilotga a\u2018zo davlatlar rahbarlari ikki yilda bir marta oliy darajada uchrashuv o\u2019tkazadilar. YEXHTning Istanbul shahrida bo\u2019lgan sammitida (1999-yil 18-19 noyabr) Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning XXI asr dagi yangi tamoyillari belgilandi. Tashkilotga a\u2018zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har-yili uchrashib turadilar (Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi &#8211; Boshqaruvchi kengash har yili 3 marta Praga shahrida yig\u2019iladi, bir marta iqtisodiy forum o\u2019tkazadi. Muntazam ishlovchi doimiy kengashning majlislari haftada bir marta bo\u2019ladi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik bo\u2017yicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har haftada o\u2019tadi. YEXHT qarorgohi Vena shahrida. O\u2019zbekiston 1992-yil 30-yanvarda YEXHTga qabul qilindi. Bu bilan O\u2019zbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yo\u2019l ochildi. YEXHTning ko\u2019plab tadbirlari orqali O\u2019zbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb masalalariga munosabatini jahon hamjamiyati e\u2018tiboriga havola qiladi. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenta I.Karimov YEXHTning Lissabon sammitida (1996-yil dekabr) mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog\u2019 yetkazib berishni to\u2019xtatish, Istanbul sammitida (1999-yil noyabr) terrorizmga qarshi kurash bo\u2019yicha xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. O\u2019zbekiston YEXHT rahnamoligidagi ko\u2019plab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda YEXHTning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo\u2019yicha byurosi ish olib boradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) \u2014 davlatlar o\u2019rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta&#8217;minlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko\u2019maklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-xavfsizlik-va-hamkorlik-tashkiloti-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[369],"tags":[],"class_list":["post-71707","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-y-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71707"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71708,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71707\/revisions\/71708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71707"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71707"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}