{"id":71998,"date":"2023-04-26T14:43:19","date_gmt":"2023-04-26T11:43:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71998"},"modified":"2023-04-26T14:43:20","modified_gmt":"2023-04-26T11:43:20","slug":"ekstremizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekstremizm-2\/","title":{"rendered":"EKSTREMIZM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>EKSTREMIZM <\/strong>(lot. <em>extremus <\/em>\u2013 o\u2019ta, keskin) \u2014 muayyan jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarni inkor etish va ularga zid bo\u2019lgan g\u2019oyalarni zo\u2019rlab targ\u2019ib qilish. Siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish, keskin qarashlar va vositalarga moyillik. Ekstremizmning siyosiy va diniy ko\u2019rinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy Ekstremizm namoyandalari o\u2019zlarining g\u2019arazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yo\u2019qotishga harakat qiladi. Bu yo\u2019lda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar \u00abdemokratiya\u00bb niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qo\u2019llab-quvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gij-gijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar. Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. O\u2019ziga tobelarni o\u2019z buyruq va ko\u2019rsatmalarini ko\u2019r-ko\u2019rona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy Ekstremizmning millatchilik ko\u2019rinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon bo\u2019ladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bog\u2019liq bo\u2019lib, ko\u2019p millatli davlatlarni yo\u2019qotish, tub millat hukmronligini o\u2019rnatishga qaratiladi. Bunday Ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar o\u2019rtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz bo\u2019ladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. Ekstremizmning turli ko\u2019rinishlari so\u2019nggi vaqtlarda dunyoning ko\u2019p mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham o\u2019zini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar (\u2015Hizbut-tahrir, \u2015Tavba) yangidan mustaqillikni qo\u2019lga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni ro\u2019kach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik g\u2019oyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yo\u2019ldan urishga, o\u2019z ota-onasiga, aka-ukasiga, o\u2019zi tug\u2019ilib o\u2019sgan maskaniga, davlatiga qarshi qo\u2019yishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ekstremizmga qarshi kurash o\u2019ta dolzarb vazifa hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKSTREMIZM (lot. extremus \u2013 o\u2019ta, keskin) \u2014 muayyan jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarni inkor etish va ularga zid bo\u2019lgan g\u2019oyalarni zo\u2019rlab targ\u2019ib qilish. Siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekstremizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[345],"tags":[],"class_list":["post-71998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category--harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71998"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":72069,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71998\/revisions\/72069"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}