{"id":72161,"date":"2023-04-27T11:55:25","date_gmt":"2023-04-27T08:55:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=72161"},"modified":"2023-04-27T11:55:26","modified_gmt":"2023-04-27T08:55:26","slug":"global-muammolar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/global-muammolar-2\/","title":{"rendered":"GLOBAL MUAMMOLAR"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>GLOBAL MUAMMOLAR <\/strong>\u2014 umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog\u2019liq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta\u2018minlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o\u2019rtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez sur&#8217;atlar bilan ko\u2019payayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar \u2013 oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan ta\u2018minlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammolar \u2013 jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut g\u2019oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bo\u2019lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo\u2019lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo\u2019ldi. Buni terrorchilik, ekstremizm ko\u2019rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bo\u2018lgan Global muammolar \u2013 jahon xo\u2019jalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnasional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag\u2019al mamlakatlar o\u2019rtasidagi farq o\u2019sib bormoqda. XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan bo\u2019lsa, kambag\u2019al davlatlar atigi bir foizni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo\u2019lsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qo\u2019yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari bo\u2019lib o\u2019tdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviy-iqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammolar \u2013 jahon aholisi muttasil ko\u2019payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug\u2019diruvchi kasalliklar (masalan, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat o\u2019rtasidagi munosabatarning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammolar \u2013 ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulg\u2019anishi, o\u2019rmon-maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yo\u2019qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko\u2019p ishlatilishi natijasida qishloq xo\u2019jaligida ekin ekiladigan erlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xo\u2019jaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, g\u2019oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov o\u2019z asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda so\u2019zlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda Global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo\u2019llarini ko\u2019rsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2018minlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi e&#8217;tiborini qaratdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GLOBAL MUAMMOLAR \u2014 umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog\u2019liq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta\u2018minlash; rivojlangan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/global-muammolar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[347],"tags":[],"class_list":["post-72161","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/72161","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=72161"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/72161\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":72162,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/72161\/revisions\/72162"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=72161"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=72161"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=72161"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}