{"id":73068,"date":"2023-04-28T18:54:52","date_gmt":"2023-04-28T15:54:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73068"},"modified":"2023-04-28T18:54:53","modified_gmt":"2023-04-28T15:54:53","slug":"harbiy-holat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/harbiy-holat\/","title":{"rendered":"HARBIY HOLAT"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>HARBIY HOLAT <\/strong>\u2014 favqulodda vaziyatlarda (urush, tabiiy ofat, va h.k.) o\u2019rnatiladigan va davlat mudofaasi yoki jamoat tartibi, davlat xavfsizligini ta\u2018minlash uchun favqulodda chora-tadbirlarni qo\u2019llash bilan ajralib turadigan alohida huquqiy rejim. Harbiy holatning belgilari: joylarda harbiy hokimiyat vakolatlarining kengayishi; davlat organlarining mudofaa, jamoatchilik tartibi va davlat xavfsizligi borasidagi funksiyalarning oliy harbiy qo\u2019mondonlik qo\u2019liga o\u2019tishi; fuqarolar zimmasiga mamlakat mudafaasi borasida qo\u2019shimcha majburiyatlarning yuklanishi; aholi uchun ba\u2018zi cheklashlarning kiritilishi (masalan, komendantlik soati); muayyan hududlarga borish (va u yerdan chiqish) ning taqiqlanishi. Harbiy holat uni joriy etishga vakolatli davlat organining qarori bilan alohida holatlarda (harbiy harakatlar boshlanganda, ommaviy tartibsizliklar ro\u2019y berganda va h.k.) o\u2019rnatiladi. Harbiy holat ayrim joylarda ham, butun mamlakat hududida ham e\u2018lon qilinishi mumkin. Harbiy holat paytida harbiy idoralarga mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va jamoat muassasalari va tashkilotlariga farmoyishlar berish huquqi beriladi. Harbiy ma\u2018murlarning buyruq va farmoyishlariga bo\u2019ysunmaganlik uchun harbiy davr qonunlari bo\u2019yicha kuchaytirilgan javobgarlik belgilanadi. Fuqarolarning bir qancha huquqlari cheklanib turiladi. O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93- moddasi 18-bandiga ko\u2019ra, O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti O\u2019zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug\u2019ilganda urush holati e\u2018lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig\u2019iga kiritadi. O\u2019zbekiston Respublikasining \u00abMudofaa to\u2019g\u2019risida\u00bbgi qonuni (1992-yil 3-iyul) bo\u2019yicha Oliy Bosh qo\u2019mondonning vazifalari Harbiy holat e\u2018lon qilinishi bilanoq O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning huzurida Mudofaa Kengashi tuziladi. Kengash harbiy davrda Qurolli Kuchlarga va xalq xo\u2019jaligiga rahbarlik qiladi. Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>HARBIY HOLAT \u2014 favqulodda vaziyatlarda (urush, tabiiy ofat, va h.k.) o\u2019rnatiladigan va davlat mudofaasi yoki jamoat tartibi, davlat xavfsizligini ta\u2018minlash uchun favqulodda chora-tadbirlarni qo\u2019llash bilan ajralib turadigan alohida huquqiy rejim. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/harbiy-holat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[348],"tags":[],"class_list":["post-73068","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73068","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73068"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73069,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73068\/revisions\/73069"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}