{"id":7352,"date":"2021-11-03T14:43:50","date_gmt":"2021-11-03T11:43:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7352"},"modified":"2025-10-30T10:23:44","modified_gmt":"2025-10-30T07:23:44","slug":"abduqodir-hayitmetov-1926-2005-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abduqodir-hayitmetov-1926-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Abduqodir Hayitmetov (1926-2005) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Hayitmetov Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dang\u2018ara tumani Qiyoliqum qishlog\u2018i \u2014 2005.7.5, Toshkent) \u2014 adabiyotshunos olim. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1965), professor (1970).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1949). O\u2018zbekistan Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (1953-57), katta ilmiy xodim (1957\u201467), direktorning ilmiy ishlar bo\u2018yicha o\u2018rinbosari va bo\u2018lim mudiri (1967\u201470; 1971\u201498), ilmiy maslahatchi (1998\u20142003), yetakchi ilmiy xodim (2003 yildan) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Abduqodir Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-yillarda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqat ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug\u2018ullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk o\u2018zbek shoiri Alisher Navoiy ijodini o\u2018rganishga bag\u2018ishlangan. Abduqodir Hayitmetov \u00abAlisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari\u00bb (1959), \u00abNavoiy lirikasi\u00bb (1961), \u00abNavoiyning ijodiy metodi\u00bb (1963), \u00abSharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan\u00bb, \u00abNavoiy dahosi\u00bb (1970), \u00abHayotbaxsh chashma\u00bb (1974), \u00abNavoiyxonlik suhbatlari\u00bb (1993) kabi asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bosqichga ko\u2018targan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 500 ga yaqin ilmiy maqolalar, monografiya va risolalar e\u2019lon qildi, \u00abO\u2018zbek mumtoz adabiyoti tarixi\u00bbning akademik&nbsp;&nbsp; nashrini tayyorlashda rahbar va hammuallif sifatida jonbozlik ko\u2018rsatdi, ulug\u2018 ajdodlarimiz haqidagi \u00abAlisher Navoiy\u00bb, \u00abAbu Rayhon Beruniy\u00bb kabi hujjatli filmlarni yaratishda faol ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abduqodir Hayitmetov yosh olimlarning mehribon ustozi, yaqin&nbsp;&nbsp; maslahatgo\u2018yi edi. Uning rahbarligida 30 ga yaqin doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abduqodir Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini o\u2018zbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bog\u2018liq ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy rahbarligi va bevosita ishtirokida o\u2018zbek tilida 5 jildli (1977\u201480), rus tilida 2 jildli (1991-92) \u00abO\u2018zbek adabiyoti tarixi\u00bb yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4 jildli \u00abO\u2018zbek adabiyoti\u00bb majmuasi, 3 jildli \u00abO\u2018zbek poeziyasi antologiyasi\u00bb, Alisher Navoiyning 15 va 20 jildli asarlar to\u2018plamlarini tuzishda faol ishtirok etgan. Navoiyning \u00abHayrat ul-abror\u00bb hamda \u00abFarhod va Shirin\u00bb dostonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Beruniy nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967, 1992). \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni bilan taqdirlangan (2003).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayitmetov Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dang\u2018ara tumani Qiyoliqum qishlog\u2018i \u2014 2005.7.5, Toshkent) \u2014 adabiyotshunos olim. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1965), professor (1970). O\u2018rta Osiyo universitetining sharqshunoslik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abduqodir-hayitmetov-1926-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7354,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7352","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7352","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7352"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7352\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163267,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7352\/revisions\/163267"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7354"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7352"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7352"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7352"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}