{"id":73556,"date":"2023-05-01T19:41:29","date_gmt":"2023-05-01T16:41:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73556"},"modified":"2023-05-01T19:41:30","modified_gmt":"2023-05-01T16:41:30","slug":"huquqiy-davlat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquqiy-davlat\/","title":{"rendered":"HUQUQIY DAVLAT"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>HUQUQIY DAVLAT <\/strong>\u2014 o&#8217;z faoliyatida huquq tomonidan cheklangan davlat. Davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo&#8217;lib, butun faoliyati huquqqa bo&#8217;ysunadigan davlatning ideal tipini ifoda etadi. U shaxs erkinligi, xavfsizligi va sha\u2018nini himoya qiladi, xalq irodasiga itoat etadi. Inson va davlat munosabatlari konstitutsiya bilan belgilanadi va ular bir-birlariga nisbatan mas\u2018uldirlar. U rivojlangan fuqarolik jamiyati mavjudligini, qonun ustivorligi, shaxs erkinligi, huquqlarning kafolatlanishi; hokimiyatlar bo&#8217;linishi; qonunlar bajarilishini nazorat mexanizmlari va konstitutsiyaviy nazoratning mavjudligiga asoslanadi. Hozirgi kunda etishish lozim bo&#8217;lgan maqsad tarzida qaraladi. Davlatning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi va uning quyidagi belgilari mavjud: a) fuqarolarning huquq va erkinliklarini huquqiy va har tomonlama kafolatlanishi; b) huquq va qonunning ustuvorligi; v) qonunlarning to&#8217;g&#8217;ri amal qilishi; g) fuqarolarning davlat oldidagi mas\u2018uliyati va aksincha davlatning fuqarolar oldidagi mas\u2018uliyati; hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipini amaliyotga tatbiq qilinishi; d) jamiyat tomonidan qo&#8217;llab-quvvatlanadigan, demokratiya, qonuniylik va konstitutsiyaviylik rejimlarining mavjudligi. Huquqiy davlatning shakllanishi va faoliyat yuritishning muhim shart-sharoitlaridan bo&#8217;lib quyidagilar hisoblanadi: mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning barcha yoki ko&#8217;pchilik a\u2018zolarining siyosiy va huquqiy ongining yuqori darajada ekanligi; ularning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi uchun umuminsoniy madaniyatga ega bo&#8217;lishi; mamlakatda bir-biriga zid bo&#8217;lmagan yagona qonunchilik tizimining mavjudligi. Huquqiy davlat nazariyasi bilan uni amalga oshirish o&#8217;rtasida katta farq bor. Hozirgi paytda huquqiy davlat nazariyasi dunyodagi ko&#8217;pgina davlatlarning konstitutsiyalarida o&#8217;z aksini topgan. Masalan, 1978-yilda qabul qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1- moddasi 1-bandida quyidagilar mustahkamlab qo&#8217;yilgan: \u00abIspaniya \u2013 bu sotsial, huquqiy va demokratik davlat bo&#8217;lib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik, adolat, tenglik va siyosiy hurfikrlilik hisoblanadi\u00bb. 1949-yilgi GFR asosiy qonunga ko&#8217;ra \u00abGermaniya Federativ Respublikasi demokratik va sotsial federativ davlat bo&#8217;lib hisoblanadi\u00bb (20-modda) hamda ularning konstitutsiyaviy tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi kerak (28- modda). Huquqiy davlat to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oyalar Avstriya, Gretsiya, Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveytsariya va boshqalar bir qator yuqori darajada rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida belgilab qo&#8217;yilgan. 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida huquqiy davlat to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oya to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri o&#8217;z aksini topgan. Uning birinchi moddasida \u00abRossiya Federatsiyasi \u2013 Rossiya respublika boshqaruv shaklidagi demokratik, federativ, huquqiy davlatdir\u00bb,\u2013deb yozib qo&#8217;yilgan. 1992-yilda qabul qilingan O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini muqaddimasida ham huquqiy demokratik davlat to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oya o&#8217;z ifodasini topgan. Huquqiy davlat to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oya va nazariyalarni dunyodagi ko&#8217;pchilik mamlakatlar tan olsalarda, ammo uni amaliyotda hamma davlatlar to&#8217;laligicha qo&#8217;llamaydilar. Hozirgi paytda huquqiy davlat to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oyani to&#8217;liq hayotga tatbiq qilgan biron-bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu ma\u2018noda huquqiy davlat to&#8217;g&#8217;risidagi nazariyalar har qanday demokratik davlat intilishi kerak bo&#8217;lgan ideal, etalon vazifasini o&#8217;taydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>HUQUQIY DAVLAT \u2014 o&#8217;z faoliyatida huquq tomonidan cheklangan davlat. Davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo&#8217;lib, butun faoliyati huquqqa bo&#8217;ysunadigan davlatning ideal tipini ifoda etadi. U shaxs erkinligi, xavfsizligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquqiy-davlat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[348],"tags":[],"class_list":["post-73556","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73556","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73556"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73556\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73557,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73556\/revisions\/73557"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73556"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73556"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73556"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}