{"id":73572,"date":"2023-05-02T08:05:35","date_gmt":"2023-05-02T05:05:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73572"},"modified":"2023-05-02T08:05:37","modified_gmt":"2023-05-02T05:05:37","slug":"ijtimoiy-siyosiy-harakatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijtimoiy-siyosiy-harakatlar\/","title":{"rendered":"IJTIMOIY\u2013SIYOSIY HARAKATLAR"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>IJTIMOIY\u2013SIYOSIY HARAKATLAR <\/strong>\u2014 muayyan ijtimoiy maqsadlarga intiluvchi, lekin tugal tashkiliy tuzilmalarga va qayd etiluvchi a\u2018zolikka ega bo&#8217;lmagan fuqarolarning birgalikdagi faoliyatidir. Partiyalar, jamg&#8217;armalar va hokazo ijtimoiy tashkilotlardan farqlicha harakat rahbarlikning aniq tamoyillariga va faoliyatining kompleks dasturiga ega emas. Harakatlar o&#8217;z tarkibida bir qancha ijtimoiy uyushmalarni ham, fuqarolarni ham birlashtirishi bilan ajralib turadi. Harakatning asosiy maqsadi \u2013 umumiy tushunchalar (masalan, erkinlik, tenglik, adolat, tiklanish, xavfsizlik singari) orqali ifodalanadi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar \u2013 ijtimoiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Ular siyosiy jarayonlarga kuchli ta\u2018sir ko&#8217;rsatib, ijtimoiy hayotni o&#8217;zgartiradi va rivojlantiradi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar, xaddan tashqari xilma-xil siyosiy kuchlardan tashkil topadi. Ularga koalitsion tamoyil asosida turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari va boshqa guruhlar kira oladi. Harakat qiluvchi tashkilotlar va guruhlardan har biri o&#8217;zining mustaqilligini saqlab qoladi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlarga, shuningdek, birorta siyosiy yoki jamoatchilik tashkilotiga a\u2018zo bo&#8217;lmagan oddiy odamlar ham kirishi mumkin. Harakatlar shuning uchun ommaviyligi, keng ijtimoiy negizga egaligi, tashkiliy va g&#8217;oyaviy jihatdan amorfligi, yo&#8217;nalishi va tarkibi nobarqarorligi, faoliyatining stixiyali va noaniqligi bilan tavsiflanadi. Polshalik sotsiolog E.Vyatr fikriga ko&#8217;ra Ijtimoiy-siyosiy harakatlar o&#8217;z rivojlanishida bir qator bosqichlarni o&#8217;tishlari zarur: shakllanish bosqichida harakat omillari, shart-sharoitlari vujudga keladi; Artikulyatsiya bosqichida dasturlar bayon etiladi, harakat maqsad va vazifalari rasmiylashadi; tashviqot bosqichi; keng faollik bosqichi va so&#8217;nish bosqichi. Harakat ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan talablar o&#8217;zining miqyoslari, hamda ustuvorligi jihatdan bir xil emas. Ulardan ayrimlari hozirgi zamonning eng o&#8217;tkir umumbashariy muammolari \u2013 tinchlikni himoya qilish, atrofmuhitni muhofaza etishga borib taqalsa, ba\u2018zilari esa umumilliy vazifalarni: ishsizlikni bartaraf etish, milliy ozodlik teng huquqlilik, uy-joyga ega bo&#8217;lish huquqi, unga to&#8217;lanadigan haqni kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik sofligi uchun va boshqa talablarni ilgari suradilar. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar ishtirokchilarining maqsadi va vazifalariga quyidagilar kiradi: jamoatchilik fikriga ta\u2018sir ko&#8217;rsatish; u yoki bu masala buyicha hukumat siyosatiga ta\u2018sir ko&#8217;rsatish; o&#8217;zlari yashab turgan jamiyatni kuch ishlatmasdan o&#8217;zgartirish; Demokratik harakatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi jarayonida, uning alohida bo&#8217;limlari foydalanadigan kurash shakllari va usullari yuksalib va takomillashib boradi. Hozirgi sharoitda ham ommaviy manifestatsiya va mitinglar, imzolarni yig&#8217;ish \u2013 ilgarigidek bu chiqishlarning tarkibiy qismi bo&#8217;lib qolmoqda. Ammo vaqt o&#8217;tishi bilan yanada ko&#8217;proq uyushgan xarakterga ega bo&#8217;lgan: tinchlik yurishlari (GFR, Daniya, Finlyandiya), tinchlik va qurolsizlanish uchun harakatlar kuni (Fransiya, Italiya, AQSH), tinchlikning bahorgi, kuzgi yurishlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Tinchlik lagerlari (Buyuk Britaniya, Italiya) tinchlik, poezdlari, GFR korxonalarida amal qilayotgan tinchlik uchun kurash qo&#8217;mitalari demokratik harakatlarning noan\u2018anaviy usullaridir. Harakatlar ham siyosiy spektrning barcha qirralarini aks etadi: radikaldan konservativgacha. Ular yuqori darajada tashkil etilgan bo&#8217;lishlari va umuman tashkiliy tuzilmlarga ega bo&#8217;lmasliklari ham mumkin. Harakatlar muayan siyosiy vazifani hal qilish uchun paydo bo&#8217;ladi va maqsadga erishgach tarqalib ketadi. Ba\u2018zan Ijtimoiy-siyosiy harakatlar negizida siyosiy partiyalar shakllanishi mumkin: masalan, ayollar partiyalari, ekologik partiyalar va hokazo. Siyosiy harakatlar turli asoslar bo&#8217;yicha tasniflanishi mumkin. Masalan, ularning asosida yotgan muammolarning ahamiyatiga, jamiyatda yuz berayotgan o&#8217;zgarishlarning ko&#8217;lami va chuqurligiga qarab: a) tarixiy (epoxal) siyosiy harakatlar (qullar, ludditlar, levellerlar harakatlari, dehqonlar urushlari, proletariat inqiloblari va boshqa shu kabilar); b) xalqaro siyosiy harakatlar (urushlarga qarshi, ekologik harakatlar); v) milliy siyosiy harakatlar (davlat suvereniteti uchun harakatlar); g) mahalliy siyosiy harakatlar. Tasniflash siyosiy harakatlarning kelib chiqishiga, siyosiy tizimga nisbatan munosabatiga, siyosiy hokimiyatga nisbatan munosabatiga qarab va boshqa asoslar bo&#8217;yicha amalga oshirilishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IJTIMOIY\u2013SIYOSIY HARAKATLAR \u2014 muayyan ijtimoiy maqsadlarga intiluvchi, lekin tugal tashkiliy tuzilmalarga va qayd etiluvchi a\u2018zolikka ega bo&#8217;lmagan fuqarolarning birgalikdagi faoliyatidir. Partiyalar, jamg&#8217;armalar va hokazo ijtimoiy tashkilotlardan farqlicha harakat rahbarlikning aniq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijtimoiy-siyosiy-harakatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[349],"tags":[],"class_list":["post-73572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73572\/revisions\/73573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}