{"id":7362,"date":"2021-11-03T14:49:30","date_gmt":"2021-11-03T11:49:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7362"},"modified":"2025-10-30T10:30:42","modified_gmt":"2025-10-30T07:30:42","slug":"abdulvohid-burhonov-munzim-1875-1934-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulvohid-burhonov-munzim-1875-1934-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Abdulvohid Burhonov \u2013 Munzim (1875-1934) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ma\u2019rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo Abdulvohid Burhonov 1875 yili Buxoroda tavallud topadi. Dastlabki ta\u2019limni eski maktabda oladi. XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma\u2019rifiy she\u2019rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma\u2019rifatparvarlik bilan shug\u2018ullanadi. XX asrning birinchi o\u2018n yilligida Munzim yangi usuldagi maktab ochish uchun harakat qila boshlaydi. Buxorodagi dastlabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog\u2018liq.&nbsp; U 1908 yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o\u2018qitish uslubini Mahmudxo\u2018ja Behbudiy va Abduqodir Shukuriydan o\u2018rganadi va shu yili o\u2018z hovlisida jadid maktabi, 1909 yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroda 1909 yildan shakllangan jadidlar tashkiloti avval ma\u2019rifatparvarlik ishlarini olib bordi. Munzim bu tashkilot ishiga faol qatnashib, shu yili Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy bilan birgalikda bilan \u00abTarbiyayi atfol\u00bb (\u00abBolalar tarbiyasi\u00bb) maxfiy jamiyatini tuzishda ishtirok etdi. Bu jamiyat buxorolik ma\u2019rifatparvarlar va hur fikrli ziyolilar o\u2018rtasida ilg\u2018or demokratik g\u2018oyalarni targ\u2018ib etib, xalqning siyosiy ongini uyg\u2018otishda katta ahamiyat kasb etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil fevral inqilobidan so\u2018ng Buxoro jadidlari A.Burhonov boshliq eski jadidlarga, F.Xo\u2018jayev va A.Fitrat boshliq yangi jadidlarga bo\u2018linadi. Birinchi guruhning asosiy faoliyati ma\u2019rifarparvarlik bo\u2018lsa, ikkinchi guruh keng islohotlar tarafdori edi. Keyinchalik bu ikki guruhning birlashuvi natijasida \u00abYosh buxoroliklar\u00bb partiyasi tuzilib, Munzim unga rais etib saylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1918 yildan 1920 yilning sentyabrigacha Munzim Toshkentda yashaydi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, u avval Markaziy ijroiya qo\u2018mitasi raisining o\u2018rinbosari, keyinchalik Xalq maorifi noziri, Sog\u2018liqni saqlash noziri lavozimlarida ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq maorifi noziri lavozimida ishlagan Munzim 1922 yil iyunida milliy kadrlar, xususan, muhandislar tayyorlash maqsadida bir guruh buxorolik yoshlarni Germaniyaga yuborish to\u2018g\u2018risidagi BXSR hukumati qarorining qabul qilinishiga katta hissa qo\u2018shadi. Shu qarorga asosan, u mazkur ishni tashkil etish bo\u2018yicha komissiya raisi etib tayinlangan edi. 1922 yilning yozida Munzimning shaxsan o\u2018zi buxorolik 44 kishini Germaniyaga olib borib, Berlindagi o\u2018quv yurtlariga joylashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1920 yillarning o\u2018rtalaridan boshlab Munzim o\u2018zini tamoman ijodiy va publitsistik faoliyatga baxshida etadi. 30-y. boshida \u00abTojikistoni surx\u00bb gazetasida ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulvohid Munzim 1934 yilda uzoq davom etmagan kasallikdan so\u2018ng Dushanbeda vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u2019rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo Abdulvohid Burhonov 1875 yili Buxoroda tavallud topadi. Dastlabki ta\u2019limni eski maktabda oladi. XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma\u2019rifiy she\u2019rlar yoza &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulvohid-burhonov-munzim-1875-1934-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7363,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7362","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7362"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163305,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7362\/revisions\/163305"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7363"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}