{"id":73708,"date":"2023-05-02T12:24:41","date_gmt":"2023-05-02T09:24:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73708"},"modified":"2023-05-02T12:24:42","modified_gmt":"2023-05-02T09:24:42","slug":"jamiyatning-siyosiy-tizimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamiyatning-siyosiy-tizimi\/","title":{"rendered":"JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI <\/strong>\u2014 davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, shun., siyosiy maqsadlarni ko\u2019zlovchi barcha tashkilot va harakatlarni o\u2019z ichiga oladi. Jamiyatning siyosiy tizimining bosh bug\u2019ini davlatdir. Davlat jamiyatning ijtimoiy muassasalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta\u2018minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Siyosiy tizim \u2013 davlat ichki tuzilishi jihatlarining o\u2019zaro aloqalari va ta\u2018sirining eng muhim, doimiy xususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi ham bo\u2019lib, siyosiy hokimiyatni, umuman davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy tizim har bir mamlakatning mavjud shartsharoitlari bag\u2019rida shakllanadi, odatda, mamlakat konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qo\u2019yiladi. Jamiyat demokratlasha borgan sari siyosiy tizimning xilma-xil ko\u2019rinishlari o\u2019z faoliyatini namoyon eta boradi. Xalqning keng qatlami va turli yosh, kasb hamda soha vakillarining bu tizimda ishtirok etish imkoniyati kuchayadi. O\u2019zbekistonning siyosiy tizimi O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shu asosda qabul qilingan qonunlar hamda boshqa rasmiy hujjatlarda o\u2019z ifodasini topgan, hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga taqsimlash tamoyili asosida tuzilgan. O\u2019zbekistonda qonunda belgilangan tartibda ro\u2019yxatdan o\u2019tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar (O\u2019zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O\u2019zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, O\u2019zbekiston Liberal demokratik partiyasi, O\u2019zbekiston \u00abAdolat\u00bb sotsial demokratik partiyasi), \u00abXalq birligi\u00bb harakati, yoshlarning \u00abKamolot\u00bb ijtimoiy harakati, diniy tashkilot va birlashmalar, ijtimoiy jamg\u2019armalar faoliyat ko\u2019rsatadi. Inson huquqlari bo\u2019yicha vakil (ombudsman), inson huquqlari bo\u2019yicha respublika milliy markazining faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umummillat darajasida rivojlantirishga qaratilgan. O\u2019zbekistonning siyosiy tizimi hozirgi davrdagi ilg\u2019or demokratik davlatlar tajribasini o\u2019zida aks ettiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI \u2014 davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, shun., siyosiy maqsadlarni ko\u2019zlovchi barcha tashkilot va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamiyatning-siyosiy-tizimi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[355],"tags":[],"class_list":["post-73708","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73708","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73708"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73708\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73709,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73708\/revisions\/73709"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73708"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73708"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73708"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}