{"id":73710,"date":"2023-05-02T12:27:07","date_gmt":"2023-05-02T09:27:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73710"},"modified":"2023-05-02T12:27:08","modified_gmt":"2023-05-02T09:27:08","slug":"jahon-sogliqni-saqlash-tashkiloti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jahon-sogliqni-saqlash-tashkiloti\/","title":{"rendered":"JAHON SOG\u2019LIQNI SAQLASH TASHKILOTI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>JAHON SOG\u2019LIQNI SAQLASH TASHKILOTI <\/strong>\u2014 xalqaro tibbiy tashkilot; BMTning ixtisoslashgan maxsus muassasasi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkilotini tuzish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sog\u2019liqni saqlash bo\u2019yicha Nyu-Yorkda o\u2019tkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga a\u2018zo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkiloti tuzildi (1948.7.4). Shu kun butun dunyoda sihatsalomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot o\u2019z oldiga \u00abhamma xalqlarning iloji boricha sog\u2019-salomat bo\u2019lishiga erishish\u00bbni maqsad qilib qo\u2019ygan. Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini ko\u2019radi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qo\u2019shimcha ta\u2018siri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat o\u2019rnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari bo\u2019yicha hamda sog\u2019liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni o\u2019tkazishga ko\u2019maklashadi. Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqalar bilan kasallanish hollari to\u2019g\u2019risida mamlakatlarga o\u2019z vaqtida xabar beradi. Tashkilot tarkibiga 6 mintaqviy tashkilot kiradi. Ular har birining o\u2019z ijroiya organlari va mintaqviy byurolari bor. Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkilotining oliy organi \u2013 Jahon sog\u2019liqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi-yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkilotining markaziy ma\u2018muriy organi \u2013 Sekretariatga (shtab kvartirasi Jenevada) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablag\u2019ining asosiy manbai unga a\u2018zo bo\u2019lgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkilotining O\u2019zbekistondagi vakolatxonasi 1995-yildan O\u2019zbekiston sog\u2019liqni saqlash vazirligi binosida faoliyat ko\u2019rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JAHON SOG\u2019LIQNI SAQLASH TASHKILOTI \u2014 xalqaro tibbiy tashkilot; BMTning ixtisoslashgan maxsus muassasasi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sog\u2019liqni saqlash tashkilotini tuzish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sog\u2019liqni saqlash bo\u2019yicha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jahon-sogliqni-saqlash-tashkiloti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[355],"tags":[],"class_list":["post-73710","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73710","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73710"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73710\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73711,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73710\/revisions\/73711"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73710"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73710"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73710"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}