{"id":73712,"date":"2023-05-02T12:28:53","date_gmt":"2023-05-02T09:28:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73712"},"modified":"2023-05-02T12:28:54","modified_gmt":"2023-05-02T09:28:54","slug":"jadidchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jadidchilik\/","title":{"rendered":"JADIDCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>JADIDCHILIK <\/strong>(arab, <em>jadid <\/em>\u2013 yangi) \u2014 XIX asr oxiri \u2013 XX asr boshida Turkiston, Buxoro, Xiva, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma\u2018rifiy harakat. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari o\u2019rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari ko\u2019pincha o\u2019zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O\u2019sha davrning ilg\u2019or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat e\u2018tibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag\u2019lubiyatga uchrash davrlari bo\u2019lib, ularni shartli ravishda to\u2019rtga bo\u2019lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-16; 1917-20; 1921-29-yillarni o\u2019z ichiga oladi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil ko\u2019rishni orzu qildilar va shu yo\u2019lda fidoyilarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo\u2017nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog\u2019ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o\u2019qishga yuborish; turli ma\u2018rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadidchilikning asosiy g\u2019oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni o\u2019rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma\u2018rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o\u2019rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo\u2019shin tuzish.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JADIDCHILIK (arab, jadid \u2013 yangi) \u2014 XIX asr oxiri \u2013 XX asr boshida Turkiston, Buxoro, Xiva, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma\u2018rifiy harakat. Jadidchilik dastlab XIX &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jadidchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[355],"tags":[],"class_list":["post-73712","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73712","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73712"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73712\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73713,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73712\/revisions\/73713"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73712"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73712"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73712"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}