{"id":73785,"date":"2023-05-02T13:41:14","date_gmt":"2023-05-02T10:41:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73785"},"modified":"2023-05-02T13:41:15","modified_gmt":"2023-05-02T10:41:15","slug":"iqtisodiy-hamkorlik-tashkiloti-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iqtisodiy-hamkorlik-tashkiloti-2\/","title":{"rendered":"IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI <\/strong>(IHT) \u2014 a\u2018zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo\u2019yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan \u00abMintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish\u00bb nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun o\u2019z faoliyatini to\u2019xtatgan. 1985-yilda \u00abIqtisodiy hamkorlik tashkiloti\u00bb nomi bilan qaytadan o\u2019z faoliyatini boshladi. 1992-yil 28 noyabrda Islomobod shahrida a\u2018zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig\u2019lishida Afg\u2019oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O\u2019zbekistan, Qirg\u2019iziston va Qozog\u2019iston davlatlari IHTga a\u2018zo bo\u2019ldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga a\u2018zo bo\u2019lgan davlatlar o\u2019rtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish; har bir a\u2018zo davlatda iqtisodiy o\u2019sish va aholining turmush darajasini ko\u2019tarish uchun shartsharoitlar yaratish; a\u2018zo davlatlarning ma\u2018naviy va madaniy alokalarini kuchaytirish va boshqalar. Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, doimiy vakillar va mintaqaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyat. IHT kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo; transport va kommunikatsiyalar; energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish; sanoat va qishloq xo\u2019jaligi; iqtisodiy tadqiqotlar va statistika; loyihaviy tadqiqotlar) dan iborat. IHTning mintaqaviy muassasalari: kemachilik kompaniyasi; \u00abEKOEYR\u00bb aviakompaniyasi; savdo va rivojlanish banki; qayta sug\u2019urtalash kompaniyasi; madaniyat instituti; fan fondi; ta\u2018lim instituti. A\u2018zo davlatlar boshliqlari, hukumat raislari, delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va boshqa masalalar bo\u2019yicha yig\u2019ilish va uchrashuvlari muntazam o\u2019tkazib turiladi. Tashkilot idorasi Tehronda joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI (IHT) \u2014 a\u2018zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo\u2019yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan \u00abMintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish\u00bb nomi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iqtisodiy-hamkorlik-tashkiloti-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[349],"tags":[],"class_list":["post-73785","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73785","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73785"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73785\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73786,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73785\/revisions\/73786"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73785"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73785"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73785"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}