{"id":73967,"date":"2023-05-02T17:05:18","date_gmt":"2023-05-02T14:05:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73967"},"modified":"2023-05-02T17:05:19","modified_gmt":"2023-05-02T14:05:19","slug":"ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyaviy-sudi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyaviy-sudi-2\/","title":{"rendered":"O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI <\/strong>\u2014 konstitutsiyaviy nazorat olib boruvchi oliy sud organi. O\u2019z faoliyatini qonun asosida mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy sudning vakolati, uning tuzilishi va faoliyati tartibi O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalari va \u2015O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to\u2019g\u2019risidagi qonun (1995-yil 30-agust) bilan belgilangan. Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko\u2019rish kiradi. O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, jumladan, quyidagi vakolatlarga ega: qonunlarning va O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O\u2019zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi Konstitutsiyasi O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi qonunlari O\u2019zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to\u2019g\u2019risida xulosa beradi; O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko\u2019rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o\u2019rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan, Qoraqalpog\u2019iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan organ, uning majlislari zaruratga qarab o\u2019tkaziladi va qoida tarzida ochiq bo\u2019ladi. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat ko\u2019rsatishini ta\u2018minlash uchun uning devoni tuziladi. Konstitutsiyaviy sudning raisi va a&#8217;zolari deputat bo\u2019la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a&#8217;zosi bo\u2019lishlari va boshqa haq to\u2019lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e\u2018lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat\u2018iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas. 1998-yildan boshlab O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi nashr etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI \u2014 konstitutsiyaviy nazorat olib boruvchi oliy sud organi. O\u2019z faoliyatini qonun asosida mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy sudning vakolati, uning tuzilishi va faoliyati tartibi O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyaviy-sudi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[353],"tags":[],"class_list":["post-73967","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73967","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73967"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73967\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73997,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73967\/revisions\/73997"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73967"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73967"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73967"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}