{"id":73975,"date":"2023-05-02T16:35:36","date_gmt":"2023-05-02T13:35:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73975"},"modified":"2023-05-02T16:35:37","modified_gmt":"2023-05-02T13:35:37","slug":"mustaqil-davlatlar-hamdostligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustaqil-davlatlar-hamdostligi\/","title":{"rendered":"MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO\u2019STLIGI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO\u2019STLIGI (MDH) <\/strong>\u2014 davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yo\u2019q bo\u2019lganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21- dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog\u2019iston, Qirg\u2019iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O\u2019zbekiston hammuassis sifatida qo\u2019shildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to\u2019g\u2019risidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil MDHga Gruziya qo\u2019shildi (Gruziya 2009-yildan MDHga a\u2018zoligini to\u2019xtatgan). 1993-yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta&#8217;minlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sog\u2019lig\u2019i va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi qurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo\u2019riqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a\u2018zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi a\u2018zolar bo\u2019lishi mumkin. Mug\u2019iliston va Afg\u2019oniston kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi. MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qo\u2019mita, markazi Sankt-Peterburgda bo\u2019lgan Parlamentlararo assambleya va boshqalar. MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo\u2019mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi bir yilda kamida ikki marta o\u2019tkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi. Shtab kvartirasi Belorussiyaning Minsk shahri va Rossiya Federatsiyasining Moskva shaharlari hisoblanadi. A\u2018zo davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. O\u2019zbekiston o\u2018z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot emas, balki mustaqil davlatlarning harakatini muvofiqlashtiruchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqliligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar o\u2019rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO\u2019STLIGI (MDH) \u2014 davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yo\u2019q &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustaqil-davlatlar-hamdostligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[358],"tags":[],"class_list":["post-73975","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73975","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73975"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73975\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73976,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73975\/revisions\/73976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73975"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73975"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73975"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}