{"id":7400,"date":"2021-11-03T15:25:55","date_gmt":"2021-11-03T12:25:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7400"},"modified":"2025-10-30T10:26:53","modified_gmt":"2025-10-30T07:26:53","slug":"avaz-otar-1884-1919-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avaz-otar-1884-1919-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Avaz O\u2018tar (1884-1919) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Avaz O\u2018tar \u2014 Avaz Polvonniyoz (O\u2018tar) o\u2018g\u2018li (1884.15.8 \u2013 Xiva \u2013 1919) \u2014 o\u2018zbek ma\u2019rifatparvar shoiri. Dastlab maktabda, so\u2018ng Xivadagi Inoqiy madrasasida o\u2018qidi. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq o\u2018rtasida tanildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Rahim Soniy (Feruz) Avaz O\u2018tar iste\u2019dodiga katta e\u2019tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, Avaz O\u2018tar saroy hayoti bilan chiqisholmay, uni tark etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>20-asr boshlarida ko\u2018zga tashlanayotgan milliy uyg\u2018onish, istiqlol g\u2018oyalari Avaz O\u2018tar ijodiga kuchli ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. A.O\u2018. ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo bo\u2018la boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik she\u2019rlar, qitalar, ruboiylar yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avaz O\u2018tar ijodida alohida o\u2018rin tutgan hajviy she\u2019rlar turkumi \u2014 \u00abFaloniy\u00bb ham shu davr mahsuli. Avaz O\u2018tar \u00abMillat\u00bb, \u00abHurriyat\u00bb, \u00abTopar erkan, qachon\u00bb, \u00abXalq\u00bb, \u00abZamon\u00bb va boshqa she\u2019rlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim she\u2019rlari o\u2018sha davr vaqtli matbuoti (\u00abOyina\u00bb, \u00abVaqt\u00bb, \u00abMulla Nasriddin\u00bb va boshqa)da bosilgan. 2 devoni (\u00abSaodat ul-iqbol\u00bb, \u00abDevoni Avaz\u00bb) va qator bayozlarga kiritilgan g\u2018azallari yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Devonlarining qo\u2018lyozma nusxalari O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. \u2116 942, 7102, 3451) saqlanadi. Respublikada maktablar, ko\u2018cha va xiyobonlarga Avaz O\u2018tar nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi tashkil etilgan, haykali o\u2018rnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Samandar \u00abErk sadosi\u00bb dostoni, A. Bobojon \u00abFazal fojiasi\u00bb dramasi, S. Siyoyev \u00abBir chora zamon istab\u00bb qissasi va b.).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Avaz O\u2018tar \u2014 Avaz Polvonniyoz (O\u2018tar) o\u2018g\u2018li (1884.15.8 \u2013 Xiva \u2013 1919) \u2014 o\u2018zbek ma\u2019rifatparvar shoiri. Dastlab maktabda, so\u2018ng Xivadagi Inoqiy madrasasida o\u2018qidi. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq o\u2018rtasida tanildi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avaz-otar-1884-1919-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7401,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7400","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7400","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7400"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7400\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163285,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7400\/revisions\/163285"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7401"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7400"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7400"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7400"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}