{"id":74190,"date":"2023-05-03T16:07:14","date_gmt":"2023-05-03T13:07:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74190"},"modified":"2023-05-03T16:07:15","modified_gmt":"2023-05-03T13:07:15","slug":"xavfsizlik-kengashi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xavfsizlik-kengashi\/","title":{"rendered":"XAVFSIZLIK KENGASHI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>XAVFSIZLIK KENGASHI <\/strong>\u2014 BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi; BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik Kengashining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V-VII boblar)da aniq, ko\u2019rsatilgan va davlatlar o\u2019rtasidagi nizolarni tinch yo\u2019l bilan hal etish sohasida keng vakolatlar berilgan. U xalqaro to\u2019qnashuvlarni yoxud nizolarni keltirib chiqarishi ehtimoli tutilgan har qanday nizo yoki holatni tekshirish vakolatiga, tinchlikka har qanday taxdid va uni har qanday buzish yoki agressiya hollarini aniqlash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab qolish yoxud tiklash yuzasidan tegishli tadbirlarni belgilash hamda tavsiyalar berish huquqiga egadir. BMTga a\u2018zo 15 davlat: 5 doimiy va 10 muvaqqat a\u2018zodan iborat. BMT Ustavi 23-moddasiga ko\u2019ra, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizligi Kengashi doimiy a\u2018zolaridir. Muvaqqat a\u2018zolar esa Bosh Assambleya tomonidan ikki yillik muddatga saylanadi, uning har bir sessiyasida 5 muvaqqat a\u2018zo qayta saylanishi shart. Muvaqqat a\u2018zolar o\u2019rni kuyidagicha taqsimlanadi: Osiyo va Afrika davlatlaridan-5 a\u2018zo, Sharqiy Yevropa davlatlaridan &#8211; 1 a\u2018zo, Lotin Amerikasi davlatlaridan &#8211; 2 a\u2018zo, G\u2019arbiy Yevropa va boshqa davlatlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya)dan &#8211; 2 a\u2018zo. BMT Xavfsizlik Kengashiga a\u2018zo har bir davlat unda bir vakilga ega bo\u2019ladi. BMT Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlaydi, uning majlislari orasidagi tanaffuslar 2 haftadan oshmasligi shart. Mazkur majlislarda davlatlar vakili ingliz tilidagi rasmiy nomi bo\u2019yicha alifbo tartibida bir oy mobaynida navbatma-navbat raislik qiladi. BMT Xavfsizlik Kengashi majlislari ochiq bo\u2019ladi; uzrli sabablarga binoan majlis yopiq deb e\u2018lon qilingan hollar bundan mustasno.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XAVFSIZLIK KENGASHI \u2014 BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi; BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik Kengashining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xavfsizlik-kengashi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[368],"tags":[],"class_list":["post-74190","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74190","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74190"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74190\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74195,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74190\/revisions\/74195"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74190"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74190"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74190"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}