{"id":7425,"date":"2021-11-03T15:36:10","date_gmt":"2021-11-03T12:36:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7425"},"modified":"2025-10-30T10:43:34","modified_gmt":"2025-10-30T07:43:34","slug":"alibek-rustamov-1931-2013-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alibek-rustamov-1931-2013-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Alibek Rustamov (1931-2013) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli tilshunos va adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik Alibek Rustamov 1931 yili Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida tug\u2018ilgan. 1955 yilda O\u2018rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O\u2018zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bo\u2018lg\u2018usi olim o\u2018z mehnat faoliyatini 1955 yili O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida boshladi, dastlab nomzodlik, keyinchalik esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. O\u2018zbek tili va adabiyotini har tomonlama o\u2018rganish va tadqiq etish borasidagi ilmiy faoliyati uchun 1995 yilda O\u2018zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a\u2019zosi etib saylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>A.Rustamov o\u2018zining qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining ilmiy kotibi, O\u2018zbekiston Milliy universiteti dotsenti, O\u2018zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining kafedra mudiri va professori kabi vazifalarda samarali mehnat qilib, ilm-fanimizni rivojlantirish, yuksak malakali filolog kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Taniqli olimning o\u2018zbek filologiyasi, sharqshunoslik, matnshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga oid monografiya va risolalari, ko\u2018plab ilmiy-publitsistik maqolalari keng jamoatchilikka yaxshi ma\u2019lum. Ayniqsa, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning bebaho merosini chuqur o\u2018rganish, uning ijodidagi yuksak gumanistik g\u2018oyalarni el-yurtimiz o\u2018rtasida keng targ\u2018ib etish borasida A.Rustamovning xizmatlari alohida e\u2019tiborga loyiq. Ustoz olim qalamiga mansub \u201cNavoiy tilining grammatik xususiyatlari\u201d, \u201cNavoiyning badiiy mahorati\u201d, \u201cSo\u2018z haqida so\u2018z\u201d singari kitoblar, ommaviy axborot vositalaridagi ko\u2018plab ma\u2019rifiy chiqishlari o\u2018zining ilmiy teranligi va ta\u2019sirchanligi bilan ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yorqin iste\u2019dod va tafakkur egasi bo\u2018lgan zahmatkash olim o\u2018z faoliyati mobaynida ko\u2018plab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida o\u2018nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akademik A.Rustamovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U \u201cEl-yurt hurmati\u201d ordeni bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli tilshunos va adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik Alibek Rustamov 1931 yili Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida tug\u2018ilgan. 1955 yilda O\u2018rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O\u2018zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alibek-rustamov-1931-2013-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7426,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7425","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7425","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7425"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7425\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163335,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7425\/revisions\/163335"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7426"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7425"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7425"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7425"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}