{"id":74450,"date":"2023-05-04T14:27:21","date_gmt":"2023-05-04T11:27:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74450"},"modified":"2023-05-04T14:27:23","modified_gmt":"2023-05-04T11:27:23","slug":"veto-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/veto-2\/","title":{"rendered":"VETO"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>VETO <\/strong>(lot. <em>veto <\/em>&#8211; taqiqlayman) \u2014 yuqori palata yoki davlat boshlig\u2019ining tegishlicha quyi palata yoki parlament tomonidan qabul qilingan qonunni (qonun loyihasini) ma\u2018qullashni rad etishi yoki kuchga kirishga yo\u2019l qo\u2019ymaydigan harakat. Bu parlament yuqori palatasining quyi palataga yoki davlat boshlig\u2019i (monarx, prezident)ning parlamentga qonun chiqarish jarayonida qo\u2019llaniladigan ta\u2018sir ko\u2019rsatish vositasi hisoblanadi. Davlat boshlig\u2019iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo\u2019yish (qarorlarni taqiqlash) huquqining berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Vetoning mutlaq (yoki rezolotiv), bunda davlat boshlig\u2019i parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil qaytarish huquqiga ega bo\u2019ladi va nisbatan (kechiktiradigan yoki suspensiv) turlari farqlanadi. Bunda davlat boshlig\u2019ining qonunni tasdiqlashni rad etishi uning kuchga kirishini to\u2019xtatadi, xolos. Chunki, parlamentga bu qonunni ikkinchi marta ovoz berish bilan qabul qilish huquqini beradi. Bunda qonun loyihasini ikkinchi (yakuniy) ovoz berish bilan qabul qilishda qator parlamentlarda ovozlarning alohida ko\u2019pchiligi (masalan, AQSH va RFda har bir palataning 2\/3 ovozi) talab qilinadi. Davlat boshlig\u2019ining fikricha qonunning konstitutsiyaga zidligi, uning huquqiy hujjat sifatida takomiliga yetkazilmagani, boshqa qonunlarga uyg\u2019unlashtirilmagani, tegishli munosabatlarni qonun bilan tartibga solishning asossizligi, qonunning bajarilishi moddiy va tashkiliy jihatdan ta\u2018minlanmaganligi, qonunni ko\u2019rib chiqish va qabul qilishning belgilangan tartibtaomiliga parlament tomonidan rioya etilmaganligi Veto sabablari bo\u2019ladi. Ko\u2019pgina parlamentariylar va tadqiqotchilarning fikricha, qonunning davlat boshlig\u2019i tomonidan rad etilishiga faqat uning konstitutsiyaga zidligi yoki qonunni qabul qilish tartibi buzilganligi asos bo\u2019lishi mumkin. Parlament qabul qilgan qonunni imzolash va e\u2018lon qilishning davlat boshlig\u2019i tomonidan rad qilinishi qonunning parlamentda, uning palatalarida qayta muhokama qilinishi yakunlari bo\u2019yicha o\u2019tkaziladigan ovoz berish orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda ba\u2018zi mamlakatlarda parlament (uning palatalari) a\u2018zolari umumiy sonining oddiy (masalan, Italiya, Vengriya), boshqalarida asosiy (masalan, AQSH, RF) ko\u2019pchiligining ovozlari talab qilinishi mumkin. AQSHda tadqiqotchilar Prezidentning \u2015cho\u2019ntakdagi vetosi deb atagan imkoniyat bor: agar Kongress sessiyasining tanaffusigacha qonun loyihasini imzolash uchun Prezidentga ajratiladigan 10 kundan kam vaqt qolgan, Prezident uni imzolamay qoldirgan bo\u2019lsa, Kongress bu qonun loyihasini keyingi sessiyada qabul qiladi. Ba\u2018zi mamlakatlarda (masalan, Fransiya, Qozog\u2019iston) Prezidenti tanlama Veto deb ataluvchi huquq bor. Bunda u qonun loyihasining ayrim moddalari va qoidalariga Veto qo\u2019yadi. Yuqori palataning quyi palatada qabul qilingan qonun loyihasini ma\u2018qullashni rad etishi ham nisbiy Vetoning bir turi hisoblanadi: qonun (qonun loyihasi) quyi palatada qayta ko\u2019rib chiqilishi va ovozlarning asosiy ko\u2019pchiligi bilan qabul qilinishi mumkin &#8211; shu asnoda yuqori palataning qarori bartaraf etiladi. Shuningdek, umumiy va qisman (tanlov) Vetolari ham bor. Umumiy V faqat hujjatning hammasini butunlayicha rad etilishini, ikkinchisi esa biror hujjatning alohida qismi yoki moddasi rad etilganligini anglatadi. O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Veto atamasi bevosita qo\u2019llanilmagan bo\u2019lsa-da, qonunning yuridik kuchga ega bo\u2019lishi bilan bog\u2019liq jarayon uning 84-moddasida batafsil bayon qilingan. Chunonchi, Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma\u2018qullanib, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e\u2018lon qilingach, yuridik kuchga ega bo\u2019ladi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e\u2018tiboran o\u2019n kundan kechiktirmay O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma\u2018qullagan qonun imzolanishi va e\u2018lon qilinishi uchun O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentiga o\u2019n kun ichida yuboriladi. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o\u2019ttiz kun ichida imzolanadi va e\u2018lon qilinadi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O\u2019zbekiston Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko\u2019rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko\u2019pchilik ovozi bilan qonunni yana ma\u2018qullasa, qonun O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e\u2018lon qilinishi uchun O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a\u2018zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko\u2019rib chiqilishi kerak. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o\u2019z e\u2018tirozlari bilan O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a\u2018zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko\u2019pchilik ovozi bilan ma\u2018qullansa, qonun O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o\u2019n to\u2019rt kun ichida imzolanishi va e\u2018lon qilinishi kerak. Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e\u2018lon qilinishi ular qo\u2019llanilishining majburiy shartidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>VETO (lot. veto &#8211; taqiqlayman) \u2014 yuqori palata yoki davlat boshlig\u2019ining tegishlicha quyi palata yoki parlament tomonidan qabul qilingan qonunni (qonun loyihasini) ma\u2018qullashni rad etishi yoki kuchga kirishga yo\u2019l qo\u2019ymaydigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/veto-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[367],"tags":[],"class_list":["post-74450","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74450","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74450"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74450\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74451,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74450\/revisions\/74451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74450"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74450"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74450"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}