{"id":7462,"date":"2021-11-03T15:50:41","date_gmt":"2021-11-03T12:50:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7462"},"modified":"2025-10-30T10:38:51","modified_gmt":"2025-10-30T07:38:51","slug":"asil-rashidov-1930-2020-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asil-rashidov-1930-2020-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Asil Rashidov (1930-2020) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbekiston san\u2019at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 1930 yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. 1954 yili O\u2018rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston Milliy universiteti)ni jurnalist mutaxassisligi bo\u2018yicha tamomlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1954\u20141958 yillarda \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb (hozirgi \u00abO\u2018zbekiston ovozi\u00bb) gazetasida adabiy xodim, bo\u2018lim mudiri bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1958 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasiga o\u2018qishga kirib, 1961 yilda uni muvaffaqiyatli tugallagan va 56 yil davomida ushbu dargohda o\u2018zbek adabiyoti kafedrasi o\u2018qituvchisi, dotsenti, professori lavozimlarida samarali faoliyat ko\u2018rsatgan. 1981 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Olim o\u2018z faoliyati davomida \u00abInson va mehnat madhi\u00bb, \u00abSo\u2018nmas yulduzlar\u00bb, \u00abAsrga tengdosh maktab\u00bb, \u00abLesya Ukrainka\u00bb, \u00abChiniqish maktabi\u00bb singari ko\u2018plab ilmiy-ommabop asarlar yaratgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida dunyo yuzini ko\u2018rgan, atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov xotirasiga bag\u2018ishlangan \u00abAkam haqida\u00bb risolasi, \u00abEzgulikka baxshida umr\u00bb, \u00abChingiz Aytmatovning badiiy olami\u00bb singari asarlari minglab kitobxonlarning samimiy e\u2019tirof va ehtiromiga sazovor bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asil Rashidov badiiy tarjima sohasida o\u2018ziga xos ijodiy maktab yaratgan. U mashhur qirg\u2018iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning \u00abYuzma-yuz\u00bb, \u00abJamila\u00bb, \u00abBo\u2018tako\u2018z\u00bb, \u00abSarvqomat dilbarim\u00bb, \u00abAlvido, Gulsari!\u00bb, \u00abSomon yo\u2018li\u00bb, \u00abOq kema\u00bb, \u00abErta kelgan turnalar\u00bb, \u00abSohil bo\u2018ylab chopayotgan olapar\u00bb, \u00abAsrni qaritgan kun\u00bb singari betakror asarlarini o\u2018zbek tiliga mahorat bilan o\u2018girib, o\u2018zbek xalqining badiiy tafakkurini yuksaltirishga ulkan hissa qo\u2018shgan. Shuningdek, taniqli rus adibi Aleksandr Bekning \u00abVolokolamsk yo\u2018lida\u00bb romani, qirg\u2018iz adibi Mirzabek Duysenovning \u00abImtihon\u00bb qissasi ham Asil Rashidov tarjimasida o\u2018zbek kitobxonlariga taqdim etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asil Rashidovning oliy ta\u2019lim tizimi va o\u2018zbek adabiyotini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U \u00abO\u2018zbekiston Respublikasi san\u2019at arbobi\u00bb, \u00abO\u2018zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2018rsatgan o\u2018qituvchi\u00bb faxriy unvonlari, O\u2018zbekiston Davlat mukofoti hamda \u00abShuhrat\u00bb medali bilan taqdirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 2020 yil 15 sentyabr kuni 90 yoshida vafot etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston san\u2019at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 1930 yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. 1954 yili O\u2018rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston Milliy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asil-rashidov-1930-2020-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7463,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7462","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7462","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7462"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7462\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163317,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7462\/revisions\/163317"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7463"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7462"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7462"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7462"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}