{"id":74641,"date":"2023-05-05T10:35:08","date_gmt":"2023-05-05T07:35:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74641"},"modified":"2023-05-05T10:35:09","modified_gmt":"2023-05-05T07:35:09","slug":"qonun-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qonun-2\/","title":{"rendered":"QONUN"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>QONUN <\/strong>\u2014 inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega bo\u2019lgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega bo\u2019ladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi, bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi<em>, <\/em>qonun loyihasining muhokama qilinishi, Qonunning qabul qilinishi va uning e\u2018lon qilinishidan iborat. Qonunlar o\u2019zida mujassamlashgan normalarning mohiyati bo\u2019yicha konstitutsiyaviy, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri konstitutsiya talablari asosida qabul qilinadigan (organik) va oddiy Qonunlarga bo\u2019linadi. Oddiy Qonunlar, o\u2019z navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy Qonunlarga bo\u2019linadi. Federativ davlatlarda Qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya sub\u2018yektlari Qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini favqulodda Qonunlar tashkil etadi. Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ bo\u2019lishi mumkin, lekin ular Qonunchalik qat\u2018iy kuchga ega bo\u2019lmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi bo\u2019lishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, me\u2018yor, mezon darajasiga ko\u2019tarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma o\u2019xshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qat\u2018iyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bog\u2019liqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (bo\u2019ysundiruvchi) mazmuni Qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. O\u2019zbekiston Respublikasi Qonunlari quyidagi guruhlarga bo\u2019linadi: 1) asosiy qonun \u2014 Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpog\u2019iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari. Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy o\u2019rinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning o\u2019zagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yo\u2019lida chiqariladi. Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman e\u2018lon qilingandan 10 kun o\u2019tgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish to\u2019g\u2019risida maxsus hujjatda ko\u2019rsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun o\u2019zida ko\u2019rsatilgan muddat tugagan bo\u2019lsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) o\u2019z kuchini yo\u2019qotadi. Qonun zamonda amal qiladi. Buning ma\u2018nosi shuki, ayrim Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Ya\u2018ni, Qonun e\u2018lon qilinmasdan oldin bo\u2019lgan ishlarga shu Qonun tatbiq etiladi. Jumladan, O\u2019zbekistonda jinoyat va ma\u2018muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal qiladi. Buning ma\u2018nosi Qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bildiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo bo\u2019shlig\u2019i va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Qonunlar ushbu hududdagi barcha sub\u2018yektlar, ya\u2018ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir. Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon bo\u2019ladi: Qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim o\u2019zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini o\u2019rnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar Qonunga qat\u2018iy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; biron-bir qonunosti normativ-huquqiy akt, ya\u2018ni, qonunga asoslangan hujjat Qonunga zid bo\u2019lsa, u Qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Qonunni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qo\u2019shimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan to\u2019xtatib qo\u2019yishi mumkin emas. O\u2019zbekiston Respublikasining Qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning, huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yo\u2017nalishlari va dasturiy vazifalari o\u2019z aksini topadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>QONUN \u2014 inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega bo\u2019lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qonun-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[362],"tags":[],"class_list":["post-74641","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74641","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74641"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74641\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74642,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74641\/revisions\/74642"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74641"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74641"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74641"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}