{"id":74772,"date":"2023-05-05T16:09:14","date_gmt":"2023-05-05T13:09:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74772"},"modified":"2023-05-05T16:09:14","modified_gmt":"2023-05-05T13:09:14","slug":"referendum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/referendum\/","title":{"rendered":"REFERENDUM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>REFERENDUM <\/strong>(lot. <em>referendum <\/em>\u2013 xabar berilishi lozim bo\u2019lgan narsa) \u2014 umumxalq ovoz berish yo\u2019li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, Referendum o\u2019tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro\u2019yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala &#8211; qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo\u2019yiladi. Referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq ko\u2019pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning o\u2019ziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (masalan, Fransiya)da plebissit Referendumga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Ba\u2018zi mamlakatlar (masalan, AQSH)da esa plebissit bilan Referendumni farqlamaydilar. Referendum \u2013 <em>umummilliy <\/em>butun davlat hududida va <em>mahalliy <\/em>federatsiyaning alohida sub\u2018yektlari yoki ma\u2018muriy hududiy birliklarida o\u2019tkaziladigan; <em>konstitutsiyaviy <\/em>va <em>qonun chiqaruvchi <\/em>referendumga ajratiladi (konstitutsiyaviy Referendum mavzusi yoki yangi konstututsiya loyihasi yoki konstitutsiyaviy islohot va konstitutsiyaga tuzatishlar, qonun chiqaruvchi Referendum mavzusi esa yangi qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun bo\u2019lishi mumkin). Huquqiy ahamiyatiga ko\u2018ra <em>maslahat <\/em>Referendumlari mavjud, ular biror masala bo\u2019yicha saylovchilar korpusi irodasini bilish maqsadidagina o\u2019tkaziladi, bu masalani hal qilish davlatning boshqa organlari zimmasida bo\u2019ladi (Shveysariya, Ispaniya) va \u2015<em>hal qiluvchi<\/em>\u2016 Referendumlarga bo\u2019linadi. \u2015Hal qiluvchi\u2016 Referendum agar saylovchilarga ko\u2019pchilik ovoz bilan hali kuchga kirmagan hujjatni tasdiqlash tavsiya etilsa <em>tasdiqlovchi <\/em>(Shveysariya, Fransiya) yoki agar saylovchilarga ovoz bilan kuchga kirgan hujjatni rad etish tavsiya etilsa, <em>rad etuvchi <\/em>Referendumga ajratiladi (Italiya). Referendum shuningdek, <em>majburiy <\/em>va <em>fakultativ <\/em>Referendumga ham ajratiladi. Birinchi guruhga o\u2019tkazish zarurligi shart qilib, konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy-huquqiy hujjatda ko\u2017rsatilganlar (masalan, konstitutsiya o\u2019zgartirilganda) kiritiladi. Ikkinchi holatda u yoki bu masala bo\u2019yicha referendumni o\u2019tkazish tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bog\u2018liq bo\u2019lib, ularning talabi asos bo\u2019lishi mumkin. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida \u2015Jamiyat va davlatning eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovoz (Referendum) ga qo\u2018yiladi. Referendum o\u2018tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi deyilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>REFERENDUM (lot. referendum \u2013 xabar berilishi lozim bo\u2019lgan narsa) \u2014 umumxalq ovoz berish yo\u2019li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/referendum\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[363],"tags":[],"class_list":["post-74772","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74772","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74772"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74772\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74773,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74772\/revisions\/74773"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74772"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74772"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74772"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}