{"id":74849,"date":"2023-05-05T20:39:17","date_gmt":"2023-05-05T17:39:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74849"},"modified":"2023-05-05T20:39:18","modified_gmt":"2023-05-05T17:39:18","slug":"sanoat-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sanoat-2\/","title":{"rendered":"SANOAT"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>SANOAT<\/strong>, industriya \u2014 xalq xo&#8217;jaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta\u2018sir ko\u2017rsatadigan yetakchi tarmog&#8217;i; Sanoatning o&#8217;zi uchun hamda xalq xo&#8217;jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilg&#8217;i qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yog&#8217;och tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xo&#8217;jaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial o&#8217;sish ta\u2018minlaydi. O&#8217;zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshirildi, ko&#8217;pgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlat aksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqalar tashkiliy-huquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo bo&#8217;lishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamg&#8217;arilgan texnika jihatidan ilg&#8217;or kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan ta\u2018minlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, ko&#8217;pgina G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SANOAT, industriya \u2014 xalq xo&#8217;jaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta\u2018sir ko\u2017rsatadigan yetakchi tarmog&#8217;i; Sanoatning o&#8217;zi uchun hamda xalq xo&#8217;jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sanoat-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[364],"tags":[],"class_list":["post-74849","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74849","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74849"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74849\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74854,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74849\/revisions\/74854"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74849"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74849"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74849"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}