{"id":7485,"date":"2021-11-03T16:00:21","date_gmt":"2021-11-03T13:00:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7485"},"modified":"2025-10-30T11:38:45","modified_gmt":"2025-10-30T08:38:45","slug":"ashurali-zohiriy-1885-1937-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ashurali-zohiriy-1885-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Ashurali Zohiriy (1885-1937) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Taniqli ma\u2019rifatparvar, yirik tilshunos, lug\u2018atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko\u2018zga ko\u2018ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo\u2018qon yaqinidagi Oyim qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. U dastlab Qo\u2018qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko\u2018radi (1914), arab va fors tillarini puxta egallaydi, o\u2018zbek va fors-tojik mumtoz adabiyotini o\u2018rganadi. Har tomonlama bilim sohibi bo\u2018lgan A.Zohiriy 1907 yildan boshlab rus-tuzem maktabida, shuningdek, jadid maktabida o\u2018zbek tili va adabiyotidan dars beradi. 1912\u20141919 yillarda esa pedagogik faoliyat bilan birga jurnalist sifatida ham qizg\u2018in ish olib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2018qonda \u00abG\u2018ayrat\u00bb nomli xususiy nashriyot tashkil etgan. \u00abSadoyi Farg\u2018ona\u00bb (1916\u201421), \u00abFarg\u2018ona\u00bb (1922\u201428) gazetalarida adabiy xodim bo\u2018lib ishlagan. Vaqtli matbuot sahifalarida ma\u2019rifatparvarlik maqolalari bilan faol ishtirok etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917\u20141918 yillarda Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishi A.Zohiriy faoliyatiga yangicha yo\u2018nalish bag\u2018ishlaydi. U \u00abEl bayrog\u2018i\u00bb gazetasiga muharrirlik qilib, Muxtoriyat g\u2018oyalarining keng xalq ommasi o\u2018rtasida tarqalishiga munosib hissa qo\u2018shadi.<\/p>\n\n\n\n<p>A.Zohiriy faoliyatining 1917 yildan keyingi asosiy yo\u2018nalishi ma\u2019rifatparvarlik bilan bog\u2018liq. U Qo\u2018qondagi birinchi dorilmualliminning tashkilotchisi va dastlabki zamonaviy maktablarning muallimi sifatida Farg\u2018ona vodiysi uchun ko\u2018plab o\u2018qituvchilarni yetishtirib berdi. U asos solgan dorilmuallimin keyinchalik pedagogik texnikumga aylantirildi. 1930 yili esa shu texnikum bazasida Farg\u2018ona davlat pedagogika instituti tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>U maktab o\u2018quvchilari uchun \u00abTurkiy xrestomatiya yoxud terma kitob\u00bb darsligini tuzgan (1912). O\u2018zbek tilida birinchi bo\u2018lib boshlang\u2018ich sinflar uchun \u00abImlo\u00bb darsligini yaratgan (Qozonda nashr etilgan, 1916). Navoiyning \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bb va \u00abVaqfiya\u00bb asarlari ustida matnshunoslik tadqiqotlari olib borgan. \u00abMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u00bbni husnixatda ko\u2018chirib (1916), Qo\u2018qonda Vayner kutubxonasida chop ettirgan (1917). \u00abVaqfiya\u00bbni ham nashrga tayyorlagan, lekin noma\u2019lum sabablarga ko\u2018ra nashr etilmagan. \u00abRuscha-o\u2018zbekcha lug\u2018at\u00bb tuzgan (1925). Cho\u2018lpon bilan hamkorlikda \u00abAdabiyot parchalari\u00bb to\u2018plamini nashr ettirgan (1926).<\/p>\n\n\n\n<p>A.Zohiriy erkparvar g\u2018oyalari uchun 1929 yil noyabrida hibsga olinib, o\u2018n yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoq muddatini tugatgach, alloma yana sevimli kasbi \u2014 ma\u2019rifatparvarlik bilan shug\u2018ullanadi. Ammo 1937 yilda qatag\u2018on bo\u2018roni avj olgach, u yana qamoqqa olinib, o\u2018sha yilning 4 dekabrida otib tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>A.Zohiriy qabrining qayerdaligi noma\u2019lum.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Taniqli ma\u2019rifatparvar, yirik tilshunos, lug\u2018atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko\u2018zga ko\u2018ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo\u2018qon yaqinidagi Oyim qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. U dastlab Qo\u2018qondagi Madalixon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ashurali-zohiriy-1885-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7486,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7485","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7485","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7485"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7485\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163363,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7485\/revisions\/163363"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7486"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7485"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7485"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7485"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}