{"id":74857,"date":"2023-05-05T20:46:06","date_gmt":"2023-05-05T17:46:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74857"},"modified":"2023-05-05T20:46:07","modified_gmt":"2023-05-05T17:46:07","slug":"sotsializm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sotsializm\/","title":{"rendered":"SOTSIALIZM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>SOTSIALIZM <\/strong>(lot. <em>socialis <\/em>&#8211; ijtimoiy) \u2014 xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta\u2018limot, siyosiy mafkura turlaridan biri. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo&#8217;l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. \u2015Sotsializm atamasi birinchi marta 1827-yilda Buyuk Britaniyada ilk bor qo&#8217;llanilgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bog&#8217;liq tasavvurlar \u2015oltin asr to&#8217;g&#8217;risidagi qadimgi g&#8217;oyalarga borib taqaladi. Sotsializm tenglik, ijtimoiy adolat, umumiy manfaatlarning shaxsiy manfaatlardan ustunligiga asoslangan jamiyat haqidagi g&#8217;oya sifatida dastavval qadimgi dunyoda paydo bo&#8217;lgan, ilk xristian jamoalarining hayoti uning negizida qurilgan. Bu g&#8217;oyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U \u2015Siyosat, \u2015Davlat, \u2015Qonunlar kabi asarlarida mohiyatan Sotsializmga o\u2017xshash jamiyat to&#8217;g&#8217;risidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini o&#8217;rgangan Aristotel o&#8217;sha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yo&#8217;qotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yo&#8217;lining oxiri halokatli ekanligini ta\u2018kidlagan. Biroq, qadimgi dunyoda sotsializm g&#8217;oyaviy oqim sifatida shakllanmagan edi. Umumiy tenglik, \u2015oltin asr borasidagi g&#8217;oyalar keyinchalik utopik (xayoliy) S.ning turlicha ko&#8217;rinishlarida o&#8217;z ifodasini topdi. U yangi zamonda T.Mor, T.Kampanella, R.Ouen, Sh.Fure, A.Sen-Simon asarlarida nazariy jihatdan ishlab chiqildi. K.Marks va F.Engels ishlab chiqqan ilmiy Sotsializm deb atalmish nazariyaga kora, Sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yo&#8217;l bilan erishish mumkin deb qarovchilar bo&#8217;lgan. Masalan, T.Mor (1478-1535), T.Kampanella, G.B.Mabli (1709-85), Morelli (XVIII asr), N. Cherno&#8217;shevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yo&#8217;l bilan amalga oshirish tarafdori bo&#8217;lgan. G.Babyof (1760-97), M.Bakunin, K.Marks, Parij kommunarlari, V.I.Lenin va b. qurolli qo&#8217;zg&#8217;olon yo&#8217;lini ilgari surishdi. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson o&#8217;z individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U \u2015ommaga aylanib, o&#8217;z \u2015menini yo&#8217;qotadi. Jamiyatda zo&#8217;ravonlik, tobelik kuchayadi. XX asr 20-yillarining oxiri \u2013 30 yillarining boshida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli Sotsializm to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, o&#8217;zgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real Sotsializm yetuk, rivojlangan Sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma\u2018naviy bo&#8217;hronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. O&#8217;zbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zo&#8217;rlik asosiga qurilgan quloq qilish, jamoalashtirish siyosati, boshqa ko&#8217;rinishdagi qatag&#8217;onlarni Sotsializm qurish yo&#8217;lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, O&#8217;zbekistonga nisbatan \u2015kapitalizmni chetlab Sotsializmga o&#8217;tish mumkinligi to&#8217;g&#8217;risidagi soxta ta\u2018limot ham o&#8217;ylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri \u2013 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan o&#8217;\u2017&#8217;zgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga o&#8217;tishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat a\u2018zolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yo&#8217;lidagi barcha urinishlarga barham berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SOTSIALIZM (lot. socialis &#8211; ijtimoiy) \u2014 xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta\u2018limot, siyosiy mafkura turlaridan biri. Sotsializm tarafdorlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sotsializm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[364],"tags":[],"class_list":["post-74857","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74857","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74857"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74857\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74863,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74857\/revisions\/74863"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74857"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74857"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74857"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}