{"id":75120,"date":"2023-05-06T12:02:49","date_gmt":"2023-05-06T09:02:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=75120"},"modified":"2023-05-06T12:02:50","modified_gmt":"2023-05-06T09:02:50","slug":"xalqaro-valyuta-fondi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalqaro-valyuta-fondi\/","title":{"rendered":"XALQARO VALYUTA FONDI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>XALQARO VALYUTA FONDI<\/strong>, XVF <em>(IMF; International Monetary Fund<\/em>) \u2014 BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, a\u2018zo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yil 22-iyulda Bretton Vuds (AQSH)da o&#8217;tkazilgan xalqaro valyuta moliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda ta\u2018sis etilgan. 1947-yil mart oyidan o&#8217;z faoliyatini boshlagan. 188 mamlakat a\u2018zo (2014). Shtab kvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari bo&#8217;yicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam ko&#8217;rsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o&#8217;sishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurslarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; ko&#8217;p tomonlama to&#8217;lovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga to&#8217;siq qo&#8217;yadigan valyuta almashtirish bilan bog&#8217;liq cheklashlarni bartaraf etishda yordam ko&#8217;rsatish; a\u2018zo mamlakatlarga o&#8217;z to&#8217;lov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro to&#8217;lov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablag&#8217;lar berish. XVF jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar o&#8217;rtasida tashkiliy to&#8217;lov tizimi faoliyatiga yordam beradi, to&#8217;lov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, o&#8217;z valyutasining to&#8217;liq konvertatsiyasiga erishmoqchi bo&#8217;lgan mamlakatlarga qarz beradi. XVF kapitali a\u2018zo mamlakatlar to&#8217;laydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar hisobidan tashkil topadi. XVFning rahbar organlari &#8211; Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qo&#8217;mita. Boshqaruvchilar kengashi &#8211; oliy organ bo&#8217;lib, har bir a\u2018zo mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning o&#8217;rinbosarlari (odatda, a\u2018zo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yig&#8217;iladi. Muvaqqat qo&#8217;mita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat bo&#8217;lib, bir yilda ikki marta yig&#8217;iladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida hisob beradi. XVFning ijroiya organlari \u2014 Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega bo&#8217;lgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada uch marta o&#8217;tkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorni saylaydi. 1992-yil 27-aprelda O&#8217;zbekiston XVF a\u2018zoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XALQARO VALYUTA FONDI, XVF (IMF; International Monetary Fund) \u2014 BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, a\u2018zo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yil 22-iyulda Bretton Vuds (AQSH)da o&#8217;tkazilgan xalqaro valyuta moliya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalqaro-valyuta-fondi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[368],"tags":[],"class_list":["post-75120","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75120","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=75120"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75120\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":75128,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75120\/revisions\/75128"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=75120"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=75120"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=75120"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}