{"id":75987,"date":"2023-05-09T07:09:52","date_gmt":"2023-05-09T04:09:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=75987"},"modified":"2023-05-09T07:09:54","modified_gmt":"2023-05-09T04:09:54","slug":"kochmanchi-ozbeklar-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kochmanchi-ozbeklar-davlati\/","title":{"rendered":"Ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlati"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlati-Janubi-G\u2019arbiy Sibirda Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat. Poytaxti-Tura shahri. Bu davlatning paydo bo\u2019lishida Dashti Qipchoqning sharqiy qismida ko\u2019chib yurgan qabilalar va ularning boshliqlari katta rol o\u2019ynaganlar. Abulxayrxon juda qisqa vaqt (1428-1430) ichida mayda-mayda qismlarga bo\u2019linib ketgan Shaybon ulusining katta qismida o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatgan. 1428-1446 yillarda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlatiga Orol dengizining shimoliy qirg\u2019oqlaridan to Irtish daryosining o\u2019rta oqimigacha, sharqdan Sarisuv va Chu suv daryolari, g\u2019arbda Yoyiq (Ural) daryosining so\u2019l sohillarigacha bo\u2019lgan yerlar qaragan. Abulxayrxon vafoti (1468) dan so\u2019ng ko\u2019p o\u2019tmay ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlati inqirozga uchraydi. Abulxayrxon vafotidan so\u2019ng uning o\u2019g\u2019li Haydarxon xon qilib ko\u2019tariladi. Bu davrda Abulxayrxonning dushmanlari \u2013 Iboqxon, Birka sulton, Jonibek, Gireyxon, mang\u2019it amirlaridan Yomg\u2019urchi va Muso Mirzolar Oltin O\u2019rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib, Haydarxonga qarshi kurash olib bordilar va g\u2019alabaga erishdilar. Haydarxon o\u2019ldiriladi, Iboqxon va uning ittifoqchilari Abulxayrxonning qarindosh-urug\u2019larini va tarafdorlarini qirg\u2019in qiladilar. Bu qirg\u2019indan Muhammad Shayboniyxon, uning ukasi Muhammad Sulton, Abulxayrxonning o\u2019g\u2019illari Suyunchxojahon va Ko\u2019chkinchixon, Baxtiyor Sultonning o\u2019g\u2019li Mahdi Sulton, Hamza Sulton va boshqa beklargina qochib qutilgan xolos.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlati-Janubi-G\u2019arbiy Sibirda Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat. Poytaxti-Tura shahri. Bu davlatning paydo bo\u2019lishida Dashti Qipchoqning sharqiy qismida ko\u2019chib yurgan qabilalar va ularning boshliqlari katta rol o\u2019ynaganlar. Abulxayrxon juda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kochmanchi-ozbeklar-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[381],"tags":[],"class_list":["post-75987","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75987","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=75987"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75987\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":75998,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75987\/revisions\/75998"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=75987"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=75987"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=75987"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}