{"id":76236,"date":"2023-05-10T14:36:12","date_gmt":"2023-05-10T11:36:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=76236"},"modified":"2023-05-10T14:36:13","modified_gmt":"2023-05-10T11:36:13","slug":"uells-wells-gerbert-jorj","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uells-wells-gerbert-jorj\/","title":{"rendered":"Uells (Wells) Gerbert Jorj"},"content":{"rendered":"\n<p>Uells (Wells) Gerbert Jorj (1866.21.9, Bromli 1946.13.8, London) \u2014 ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942 yildan biologiya doktori. 1893 yilda biologiya va fiziografiya bo&#8217;yicha darsliklar yozgan. Uells 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shug&#8217;ullangan. &#8220;Vaqt mashinasi&#8221; (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Uells uchun J. Svift, Volter, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba bo&#8217;lib xizmat qilgan. &#8220;Dunyolar muhorabasi&#8221; (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda o&#8217;z ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tug\u2019ilishi haqida hikoya qilgan. &#8220;Ozod etilgan dunyo&#8221; (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. &#8220;Zamonaviy utopiya&#8221; (1905) romanrisolasida esa jamiyatni davlat sosializmi asosida qayta qurish loyihasini ma&#8217;qullagan; ammo Uells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori bo&#8217;lgan. &#8220;Vilyam Klissold dunyosi&#8221; (1926), &#8220;oshkora fitna&#8221; (1928) romantraktatlarida Uells o&#8217;z nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qo&#8217;ygan. 1-jahon urushi yillari (1914-18) da &#8220;Ozod dunyo&#8221; (1914) kitobini yozgan. 1916 yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan bo&#8217;lsada (&#8220;Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi&#8221;), rasman o&#8217;z mavqeini o&#8217;zgartirmagan. Uells 3 marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada bo&#8217;lgan va o&#8217;z taassurotlarini &#8220;mudroq Rossiya&#8221; (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi g&#8217;oyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. &#8220;Ko&#8217;rinmas odam&#8221; romani o&#8217;zbek tilida nashr qilingan (1967).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uells (Wells) Gerbert Jorj (1866.21.9, Bromli 1946.13.8, London) \u2014 ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942 yildan biologiya doktori. 1893 yilda biologiya va fiziografiya bo&#8217;yicha darsliklar yozgan. Uells 19-asrning 90-yillaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uells-wells-gerbert-jorj\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-76236","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76236","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=76236"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76236\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":76237,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76236\/revisions\/76237"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=76236"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=76236"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=76236"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}