{"id":76341,"date":"2023-05-11T14:02:29","date_gmt":"2023-05-11T11:02:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=76341"},"modified":"2023-05-11T14:02:30","modified_gmt":"2023-05-11T11:02:30","slug":"muhammad-yusuf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-yusuf\/","title":{"rendered":"Muhammad Yusuf"},"content":{"rendered":"\n<p>Muhammad Yusuf (taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) (1954.26.4, Marhamat tumani \u2014 2001.31.7, Ellikqal&#8217;a tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-80), &#8220;Toshkent oqshomi&#8221; gazetasi (1980-86), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi Adabiyot va san&#8217;at nashriyoti (1986-95) da turli lavozimlarda ishlagan. 1995\u2014 97 yillar &#8220;Tafakkur&#8221; jurnalida bo&#8217;lim mudiri, 1997-2001 yillarda O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o&#8217;rinbosari. 2-chaqiriq O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusufning dastlabki she&#8217;rlari &#8220;O&#8217;zbekiston adabiyoti va san&#8217;ati&#8221; haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she&#8217;r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk she&#8217;rlar kitobi \u2014 &#8220;tanish teraklar&#8221; (1985). &#8220;Bulbulga bir gapim bor&#8221; (1987), &#8220;Iltijo&#8221; (1988), &#8220;Uyqudagi qiz&#8221;, &#8220;Halima enam allalari&#8221; (1989), &#8220;Ishq kemasi&#8221; (1990), &#8220;Ko&#8217;nglimda bir yor&#8221; (1991), &#8220;Bevafo ko&#8217;p ekan&#8221;, &#8220;yolg&#8217;onchi yor&#8221; (1993), &#8220;Erka kiyik&#8221; (1995) va &#8220;osmonimga olib ketaman&#8221; (1998) she&#8217;riy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan she&#8217;rlarda Muhammad Yusuf mansub bo&#8217;lgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, O&#8217;zbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror \u00a0tuyg&#8217;u hamda kechinmalari o&#8217;zining yorqin ifodasini topgan. So&#8217;zning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuyg&#8217;ular tinikligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini lo&#8217;nda va yakkrl ifodalay bilish Muhammad Yusuf she&#8217;riy uslubining etakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat she&#8217;rlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqal&#8217;a tumanida she&#8217;riyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va marhamat tumanidagi ko&#8217;chalardan biri, shuningdek, Andijon shaxridagi bolalar kutubxonasi va marhamat tumanidagi san&#8217;at maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi. As: Saylanma, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad Yusuf (taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) (1954.26.4, Marhamat tumani \u2014 2001.31.7, Ellikqal&#8217;a tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-yusuf\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-76341","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=76341"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":76342,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76341\/revisions\/76342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=76341"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=76341"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=76341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}