{"id":76389,"date":"2023-05-12T09:54:47","date_gmt":"2023-05-12T06:54:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=76389"},"modified":"2023-05-12T09:54:49","modified_gmt":"2023-05-12T06:54:49","slug":"ubaydullaxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ubaydullaxon\/","title":{"rendered":"Ubaydullaxon"},"content":{"rendered":"\n<p>Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to&#8217;liq ismi: Abulg&#8217;oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog&#8217;Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi tirsak mavzesi \u2014 1540.17.3, Buxoro) \u2014 Buxoro xoni (1533-40), shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o&#8217;g&#8217;li. Otasining iltimosiga kura, unga Xoja Ubaydulloh Ahror o&#8217;z ismini bergan. Tasavvuf bo&#8217;yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Qozidan olgan. Ubaydullaxonga o&#8217;z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro&#8217;zbehon, Maxdumi A&#8217;zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda Amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo&#8217;lgan) harbiy san&#8217;atdan saboq bergan va o&#8217;ziga murid qilib olgan. Xorazm va Buxoro hokimi bo&#8217;lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O&#8217;rusbek Do&#8217;rmon (1512 yil Ko&#8217;li Malikda bo&#8217;lgan jangda o&#8217;ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Ubaydullaxon amakisi Shayboniyxonning Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad (1507)ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan. Dastlab Safaviylar qo&#8217;shinining Movarounnahr ichkarisiga bostirib kirishidan cho&#8217;chigan Ubaydullaxon va Muhammad Temur Sulton (Shayboniyxonning o&#8217;g&#8217;li) shoh Ismoil I bilan elchilar almashib, sulh tuzishga uringanlar. Shayboniylar sulolasining xoni Ko&#8217;chkunchixonikng asosiy noibi (1510 yildan) va Buxoro hokimi (1504 yildan) sifatida Ubaydullaxon dushmanga karshi kurashga otlangan. 1511 yilda bo&#8217;lgan jangda yengilgan Ubaydullaxon va Ko&#8217;chkunchixon, Samarkand hokimi Suyunchxo&#8217;jaxon, shunnngdek, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton o&#8217;z yaqinlari bilan Turkiston shahriga chekinadilar. 1512 yil 28 aprelda ko&#8217;li Malik jangida Ubaydullaxon g&#8217;alaba qozonib, Buxoro va Samarqandni egallaydi. 1512 yil bahorida Ubaydullaxonning shijoati natijasida Movarounnahr yana Shayboniylar qo\u2019liga o&#8217;tdi. Biroq Ismoil I yuborgan Najmi Soniy boshchiligidagi 60 ming kishilik Safaviylar qo&#8217;shiniga suyangan Bobur 1512 yil kuzida G&#8217;uzor va Qarshini egallaydi. Najmi Soniy qo&#8217;shini G&#8217;ijduvonni qamal qilishga kirishdi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga; Kuchkunchixon va Temur Sulton Miyonkolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishadi. 1512 yil 24 noyabrdagi G&#8217;ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo&#8217;shin g&#8217;alaba qozongan. 1513 yil yanvarda Ubaydullaxon boshchiligidagi qo&#8217;shin Xurosonga harbiy yurishlar qilib, safaviylarga kuchli zarbalar berdi. 1513 yil 11 martda Ubaydullaxon Marvni egallaydi. Bu orada Ubaydullaxon Xorazmni ham egallab, o&#8217;g&#8217;li Abdulazizxonni hokim qilib tayinlaydi. Uzoq davom etgan harbiy to&#8217;qnashuvlardan so&#8217;ng Mashhad, Hirot (1529) va boshqa shaharlar egallandi. Ubaydullaxon Hirotdagi murakkab vaziyatni tartibga solish (bu yerda shialarning ta&#8217;siri kuchayib ketgan edi) va uning Buxoro bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e&#8217;tibor qaratgan. Kuchkunchixon vafot etgach, uning o&#8217;g&#8217;li Abu Saidxon davrida ham Ubaydullaxon noiblik vazifasida qolgan. 1533 yilda Abu Saidxon vafotidan so&#8217;ng, turkiy an&#8217;anaga binoan Sultonlar ichida eng yoshi ulug&#8217;i Ubaydullaxon Buxoroda Shayboniylar sulolasining xoni qilib ko&#8217;tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga ko&#8217;chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavqei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab madrasasi, Mirak Sayd G&#8217;iyos bog&#8217;i, Ko&#8217;hak (Zarafshon) daryosi ustida Mehtar Qosim ko&#8217;prigi va boshqa inshootlar qurildi. Ubaydullaxon Yassaviya va Naqshbandiya tariqatlariga e&#8217;tiqod qilib, Shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon &#8220;Ubaydiy&#8221;, &#8220;Qul Ubaydiy&#8221;, &#8220;Ubaydulloh&#8221; taxalluslari bilan o\u2019zbek, fors va Arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o&#8217;z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al Husayniy tomonidan ko&#8217;chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g&#8217;azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yoryor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi &#8220;Omonatnoma&#8221;, &#8220;Shavqnoma&#8221;, &#8220;G&#8217;ayratnoma&#8221;, &#8220;Sabrnoma&#8221; manzumalari o\u2019rin olgan. Forsiy devonida esa 163 g&#8217;azal, 418 ruboiy, 7 qit&#8217;a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje&#8217;band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g&#8217;azal, qit&#8217;a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos slogan hikmatnavislik an&#8217;anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy tasavvufiy g&#8217;oyalar yetakchilik qiladi. Ubaydullaxon o&#8217;zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o&#8217;zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog&#8217;liq. Shoir she&#8217;rlarida o&#8217;zbek tilining boy imkoniyatlaridan, o\u2019ziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi Daxmai Shohon (shoxlar daxmasi)dagi Shayboniylar xilxonasida dafn etilgan. Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo\u2019lyozmalar fondida (inv. \u21168931), &#8220;Devoni Ubaydulloxon&#8221; qo&#8217;lyozmasi Turkiyaning nuri Usmoniya kutubxonasida (inv. \u21164904), &#8220;Masoil ussalot&#8221; nomli terma bayozi Ko&#8217;niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxo- nasida saklanadi. As: qul Ubaydiy, vafo qilsang, T., 1994. Ad: Fazlallah ibn Ruzbixan Isfa- xani, Mixmannameyi Buxara, M., 1976; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri aqbob, T., 1993; Mirza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996; Hofiz tanish Albuxoriy, Abdullanoma, 1 \u2014 2kitoblar, T., 1999-2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to&#8217;liq ismi: Abulg&#8217;oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog&#8217;Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi tirsak mavzesi \u2014 1540.17.3, Buxoro) \u2014 Buxoro xoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ubaydullaxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-76389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=76389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":76390,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/76389\/revisions\/76390"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=76389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=76389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=76389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}