{"id":7642,"date":"2021-11-04T11:16:16","date_gmt":"2021-11-04T08:16:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7642"},"modified":"2021-11-04T11:16:18","modified_gmt":"2021-11-04T08:16:18","slug":"amir-temur-boglari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-boglari\/","title":{"rendered":"AMIR TEMUR BOG&#8217;LARI"},"content":{"rendered":"\n<p>AMIR TEMUR BOG&#8217;LARI \u2013 Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bog&#8217;lar. Amir Temur bog\u2019lari xususidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar o&#8217;tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog\u2019lari O&#8217;rta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan. Amir Temur bog\u2019lari tuzilishiga ko&#8217;ra 2 turga bo&#8217;lingan: 1) chorbog&#8217;lar \u2014 geometrik (to&#8217;rtburchak, to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak) shaklda bo&#8217;lib, har tomoni taxminan 1 kilometr masofaga cho&#8217;zilgan. Sahnidan o&#8217;tgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland paxsa devorlarning har burchagida minora bo&#8217;lgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bog&#8217;larning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan; 2) tuzilishi geometrik shaklda bo&#8217;lmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bag&#8217;rida barpo etilgan bog&#8217;lar. Bunday bog&#8217;lar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun mo&#8217;ljallangan bo&#8217;lib, asosiy qismi tabiiy, qo&#8217;l tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy, ko&#8217;shk va chodirlar qurilgan, hovuzlar qazilib, favvoralar o&#8217;rnatilgan. Bu turdagi bog&#8217;larning o&#8217;simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo&#8217;lgan. Amir Temur bog\u2019laridan eng mashhurlari quyidagilar; Bog&#8217;i Baland. Amir Temur Samarqandning shimolidagi Cho&#8217;ponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi) ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bog&#8217;chilik san&#8217;ati ustalari hamda me&#8217;morlari qatnashgan. Bog&#8217; o&#8217;rtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr bo&#8217;lib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa go&#8217;zal bir tarovat baxsh etib turgan. Bog&#8217;i Behisht. Amir Temur Samarqandning g&#8217;arbida suyukli xotini Tumanog&#8217;a (Xayrunniso)gaatabqurdirgan (1378). Yozma manbalarda &#8220;Bog&#8217;i Jannat&#8221; nomi bilan ataladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, bog&#8217;o&#8217;rtasidagi atrofi xandak bilan muhofaza etilgan sun&#8217;iy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan kurilgan hashamatli saroy bo&#8217;lgan. Saroyga bir necha ko&#8217;tarma ko&#8217;priklar orqali kirilgan. Saroyning bir tarafida hayvonot bog&#8217;chasi ham bo&#8217;lgan. Bog&#8217;i Davlatobod. Amir Temurga Hindiston yurishidan qaytgan kuni (1399 yil 22 aprel) hadya qilingan. Arxeologik tadqiqotlar (I. A. Suxarev, 1936 va O&#8217;. Alimov, 1967) ga ko&#8217;ra, u Samarqanddan 13 kilometr Janubda, katta O&#8217;zbekiston traktining chap tomonida bo&#8217;lgan. Amir Temur bu bog&#8217;da zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar o&#8217;tkazgan, elchilarni qabul qilgan. Arxeologik qazishlar natijasida bog&#8217;ning 1350&#215;900 metr maydonni egallagani, atrofi baland paxsa devor bilan o&#8217;ralgani va unda ariqlar, 4 hovuz (biri 62&#215;28 metr, ikkitasi 25&#215;25 metr, yana biri 32&#215;32 metr) hamda saroy (poydevori 70&#215;70 metr) bo&#8217;lgani aniqlandi. Saroy sun&#8217;iy tepa (balandligi 12 metr) ustiga qurilgan, atrofi xandaq (eni 20 metr) bilan o&#8217;ralgan. Unga 2 ta ko&#8217;tarma ko&#8217;prik orqali kirilgan. Bog&#8217;i Dilkusho (ko&#8217;ngil ochuvchi bog&#8217;). Amir Temur xotinlaridan biri \u2014 To&#8217;qalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 kilometr Sharqda, Panjakent yo&#8217;lining o&#8217;ng tomonida (qadimgi Hinduvon qishlog&#8217;i o&#8217;rnida) joylashgan. Har tarafi 900 metr uzunlikdagi baland paxsa devor bilan o&#8217;ralgan, 4 darvozasi, markazida hashamatli saroy bo&#8217;lgan. Saroy uch qavatli bo&#8217;lib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qo&#8217;yilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoni ana shu bog&#8217;da qabul qilgan. Bu bog&#8217; o&#8217;rnida hozir Dilkusho qishlog&#8217;i joylashgan. Bog&#8217;i Jahonnamo (Jahon ko&#8217;zgusi). Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon tog&#8217;i etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qal&#8217;a bo&#8217;lgan. &#8220;Zafarnoma&#8221;da yozilishicha, bu bog&#8217;ning hududi benihoyat katta bo&#8217;lib, yo&#8217;qolib qolgan ot 6 oydan so&#8217;ng topilgan ekan. Bog&#8217;i Maydon. Amir Temur Samarqandning shimolida, Cho&#8217;ponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog&#8217;da hashamatli bir ayvon (ko&#8217;shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo&#8217;lgan. Mirzo Ulug&#8217;bek bu bogni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: &#8220;bu bog&#8217;ning o&#8217;rtasida (Ulug&#8217;bek) bir oliy imorat qilibdur. Chil(qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (kavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning to&#8217;rt burchida to&#8217;rt manordek Burjlar qo&#8217;poribturlarkim, yuqorig&#8217;a chiqar yo&#8217;llar bu to&#8217;rt burjdindur. O&#8217;zga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Ba&#8217;zini morpech xiyora (burama, ko&#8217;pqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning to&#8217;rt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. O&#8217;rtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdirlar&#8221;. Bu bog&#8217; o&#8217;rni hozir ham bog&#8217;i maydon deb ataladi. Bog&#8217;i nav (yangi bog&#8217;). Amir Temur Samarqandning Janubida qurdirgan (1404). Lolazor qishlog&#8217;i o&#8217;rnida joylashgan. Bu bog&#8217;to&#8217;rtburchak shaklda bo&#8217;lib, atrofi baland paxsa devor bilan o&#8217;ralgan, har burchagida minora qad ko&#8217;tarib turgan. Markazida boshqa bog&#8217;lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz bo&#8217;lgan. Bog&#8217;i Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning Janubiy-G&#8217;arb tarafida, hoziri &#8220;Qo&#8217;sh tamg\u2019alik&#8221; tepaligi o&#8217;rnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan. Bog&#8217;i Shamol. Amir Temur 1397 yil nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning g&#8217;arbida bo&#8217;lgan. Undagi saroy to&#8217;rtburchak shaklda bo&#8217;lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yog&#8217;och va fil suyagidan ishlangan. Bu bog joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham &#8220;Bog&#8217;i shamol&#8221; deb ataladi. Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bog&#8217;lar bo&#8217;lgan. Chunonchi, Bog&#8217;i Bo&#8217;ldu, Bog&#8217;i Zog&#8217;on, Bog&#8217;i Naqshi Jahon, Bog&#8217;i Amirzoda Shohrux, Bog&#8217;cha, Bog&#8217;i Dilafro&#8217;z, Bog&#8217;i Sheron, Gulbog&#8217;, Lolazor, Bedana qo&#8217;rug&#8217;i, Chumchuqlik, G&#8217;ozxona va boshqalar shular jumlasidandir. Amir Temurning bog&#8217; qurish an&#8217;anasini temuriylardan Shohrux, Ulug&#8217;bek, Bobur va boshqalar ham davom ettirishgan. O&#8217;tkir Alimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AMIR TEMUR BOG&#8217;LARI \u2013 Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bog&#8217;lar. Amir Temur bog\u2019lari xususidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar o&#8217;tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog\u2019lari O&#8217;rta asrlar rassomlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-boglari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7570,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-7642","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7642","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7642"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7642\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7643,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7642\/revisions\/7643"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7570"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7642"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7642"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7642"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}