{"id":7779,"date":"2021-11-04T14:45:28","date_gmt":"2021-11-04T11:45:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7779"},"modified":"2025-10-30T11:41:00","modified_gmt":"2025-10-30T08:41:00","slug":"gozi-yunus-1889-1942-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozi-yunus-1889-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"G\u2018ozi Yunus (1889-1942) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr milliy uyg\u2018onish davri o\u2018zbek adabiyotining ko\u2018zga ko\u2018ringan vakillaridan biri Yunus \u2014 Muhammad o\u2018g\u2018li G\u2018ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she\u2019rlar muallifi, ko\u2018zga ko\u2018ringan dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat arbobi sifatida madaniyatimiz tarixida munosib o\u2018rin egallaydi. G\u2018ozi Yunus 1889 yilda Toshkentning Oxunguzar mahallasida ziyoli-hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Oiladagi to\u2018rt o\u2018g\u2018il ota-ona tarbiyasida ham savodli, ham ustachilik kasbiga ega bo\u2018lishgan. G\u2018ozi Yunus otasi qatorida imorat ustasi sifatida yangi shahar qurilishida qatnashganligi tufayli rus tilini erta va mukammal egallagan. Hatto mahallada uni \u00abo\u2018ris\u00bb deb chaqirishgan. Madrasada arab va fors tillarini yaxshi o\u2018rgangan. Unga \u00abMulla\u00bb unvoni ham berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2018ozi Yunus 1915 yillarda madrasani imtiyozli bitirgach, xalq qo\u2018shiqlari, musiqasiga havasi ortib, dutor, tanbur chalishni o\u2018rganadi, xonanda sifatida ham taniladi. 1916 yilgi mardikor olish bahonasida Boltiqbo\u2018yi frontida qatnashadi va ko\u2018p o\u2018tmay u yerdan nogiron bo\u2018lib qaytadi. Inqilob arafasida Eshonguzar mahallasida tashkil topgan \u00abOg\u2018alarga yordam qo\u2018mitasi\u00bbda sarkotib bo\u2018lib ishlaydi va tuhmat orqasidan biroz muddat qamalib ham chiqadi. Shu tarzda uning \u00abTurma xotirasi yoki Haqsizlik kasofati\u00bb degan kattagina nazmiy asari \u2014 dostoni yuzaga keladi. Shundan so\u2018ng u sekin-asta o\u2018z she\u2019rlari bilan matbuot sahifalarida ko\u2018rina boshlaydi, teatr sahnalarida rollar ijro etadi. Xususan, Abdulla Qodiriyning \u00abBaxtsiz kuyov\u00bb dramasida aktyor sifatida ishtirok etadi. Keyinchalik o\u2018zi yaratgan \u00abZahhoki maron\u00bb dramasida Zahhokning otasi adolatpesha Temirtosh rolida qatnashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, u milliy o\u2018zbek matbaasi, nashriyotimiz tashkilotchisi sifatida elga tanilgan. Buxoro, Boku shaharlaridan bosmaxona uchun texnika vositalari, harflar keltirgan. Toshkentdagi Eskijuva bosmaxonasini tashkil etishda jonbozlik ko\u2018rsatgan. \u00abTurkiston\u00bb, \u00abQizil bayroq\u00bb, \u00abZarafshon\u00bb gazetalari va \u00abMushtum\u00bb jurnalining tashkilotchisi va rahbari sifatida faoliyat ko\u2018rsatgan. Ko\u2018p vaqt \u00abQizil bayroq\u00bb, \u00abMushtum\u00bb kabi gazeta-jurnallarga muharrirlik qilgan. Uning o\u2018zi yozadi: \u00abMen davlat nashriyotida ishladim. Gazetalardan \u00abIshtirokiyun\u00bb, \u00abQizil bayroq\u00bb, \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb, \u00abZarafshon\u00bb, \u00abYangi yo\u2018l\u00bb, \u00abROSTA\u00bblarda qatnashdim va ko\u2018plarida muharrirlik qildim\u00bb. Shunday keng jabhadagi faol xizmatlari uchun Toshkent shahar ijroqo\u2018mi 1921 yilda unga \u00abMehnat va matbuot qahramoni\u00bb unvonini beradi. Biroq, 1929 yillardan boshlab unga bo\u2018lgan qarash o\u2018zgaradi, ta\u2019qib ostida qoladi. U ham boshqalar qatori \u00abxalq dushmani\u00bb, \u00abpanturkist\u00bb, \u00abpanislomist\u00bb tamg\u2018asi ostida 1937 yilning 6 avgustida hibsga olinadi. Uzoq Shimolga badarg\u2018a qilinadi. 1942 yilning 5 may kuni ochlik va betobligi tufayli Vologda shahri qamoqxonasida olamdan o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2018ozi Yunusning ijodkor sifatidagi faoliyati asrimiz boshlaridan boshlangan. U Oktyabr inqilobi to\u2018ntarilishigacha ko\u2018pgina publitsistik maqolalar yozgan. Binobarin, G\u2018ozi Yunus adabiyotga dastavval publitsist-maqolanavis sifatida kirib kelgan edi. U butun ijodi davomida yuz ellikdan ortiq turli mavzu va muammolarga bag\u2018ishlangan publitsistik maqolalar yozgan bo\u2018lib, ularda ko\u2018proq ijtimoiy-siyosiy, milliy madaniyat, milliy ma\u2019naviyat, milliy teatrga oid qarashlarini ifodalaydi. U agar \u00abKasalimiz va aning dorusi\u00bb, \u00abAl ulamou vorisat ul anbiyo\u00bb (\u00abUlamolar nabiylarning vorisidirlar\u00bb) kabi dastlabki maqolalarida islomiy aqidalar asosida kishilarni o\u2018zaro nifoqlardan qaytarib, birlik, ittifoqlikka da\u2019vat qilsa, keyingi \u00abHurriyatmi yoki istibdod?\u00bb, \u00abErlilashtirish tevaragidagi lo\u2018ttibozliklar\u00bb, \u00abDin nomidan ig\u2018vo tarqatuvchilar\u00bb, \u00abO\u2018zbekiston\u00bb kabi o\u2018nlab maqolalarida hayotdagi nohaqliklar, nopokliklarni ayovsiz tarzda fosh etish yo\u2018lidan boradi. Oqibatda 1924 yilga kelib (1918 yilda kirgan edi) firqa a\u2019zoligidan o\u2018chiriladi. Shunga qaramay u \u00abFrantsiya inqilobi natijalari\u00bb, \u00abIngliz hokimiyatining ikkinchi davri\u00bb, \u00abSiyosat maydonlarida\u00bb kabi bir qator maqolalar yozib, xalqaro masalalarni ham ko\u2018tarib chiqadi. Keng qamrovli mohir jurnalist sifatida taniladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qolaversa, G\u2018ozi Yunus mohir hikoyanavis, hajviyachi, yetuk shoir sifatida ham e\u2019tiborga sazovor. Uning \u00abSaidzodalar\u00bb, \u00abBachajish\u00bb kabi hajviy hikoyalari har jihatdan mukammal bo\u2018lib, o\u2018zbek milliy hikoyachiligining tug\u2018ilishi va shakllanishida so\u2018zsiz o\u2018z o\u2018rniga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, G\u2018ozi Yunus ham ma\u2019rifatparvarlik va jadidchilik harakati davri adabiyotining ko\u2018zga ko\u2018ringan namoyandasi sifatida davr olg\u2018a surgan masala va muammolarni yechish yo\u2018lidan borgan. Xususan, uning ijodida ma\u2019rifatparvarlik ijodiy-tasviriy uslubidan farqli o\u2018laroq, jadid adabiyoti yo\u2018nalishiga moyillik ustuvor bo\u2018lgan. Shu jihatdan qaraganda u qaysi janrda qalam tebratmasin va nima mavzuda asar yozmasin, adib ijodida jadid adabiyotiga xos fosh etuvchi uslub yetakchilik qiladi. Hatto, u yaratgan she\u2019riy dastalar ham hajv tig\u2018idan begona emas. Binobarin, uning dastlabki \u00abKo\u2018z oching, turon eli\u00bb deb boshlanuvchi \u00abEski maktablar haqida\u00bb nomli she\u2019ridan tortib, \u00abPoraxo\u2018r tilidan\u00bb, \u00abSavdogar gilidan\u00bb, \u00abBir munofiq tilidan\u00bb, \u00abRamazon aytguvchi tilidan\u00bb kabi turkum she\u2019rlarigacha ana shu fosh etuvchi usul-uslub, hajv yetakchilik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2018ozi Yunus mohir tarjimon va yetuk dramaturg sifatida ham tanilgan. Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, u o\u2018ttizdan ortiq sahna asarlari yaratgan bo\u2018lib, ularning yigirma sakkiztasi 1926 yillarda alohida-alohida kitob holida Toshkentda O\u2018zbekiston Davlat nashriyotida chop etilgan. Ular mavzu va muammolari jihatdan turli-tuman bo\u2018lgani holda kuzatilgan maqsad yagona ekanligi bilan xarakterlanadi. Ya\u2019ni, G\u2018ozi Yunus dramaturg sifatida xoh tabdil, xoh original asar yaratadimi, hamma-hammasida o\u2018z xalqining ma\u2019naviy-madaniy jihatdan yuksalishini, erkin, ozod va farovon yashashini orzu qiladi. Shu maqsad yo\u2018lida goh bolsheviklar tuzumi bilan murosai madora qiladi, goh niqobga kiradi, goh ochiq kurashda bo\u2018ladi. Binobarin, adib bizning milliy uyg\u2018onishimizga ma\u2019no jihatdan yaqin asarlarni saylab, tarjima tarzida yoinki moslashtirish \u2014 tabdil tarzida ham samarali yo\u2018l tutadi. Jumladan, uning \u00abLuqmoni hakim\u00bb, \u00abYo\u2018lbosar Alim\u00bb, \u00abJaholat qurboni\u00bb, \u00abIslomiyat uyi\u00bb, \u00abFarzand duosi\u00bb (A. Qodiriy so\u2018zboshisi bilan nashr bo\u2018lgan), \u00abSavodsizlik balosi\u00bb kabi bir qator pesalari xuddi uyg\u2018onish davri g\u2018oyalari, maqsadlari bilan hamohang bo\u2018lganligi uchun muhim badiiy-estetik ahamiyatga molik. Shuni alohida qayd etish kerakki, G\u2018ozi Yunus ijodida \u00abZahhoki maron\u00bb (\u00abZahhokning ilonlari\u00bb) asari alohida ahamiyatga ega. Asar Firdavsiyning mashhur \u00abShohnoma\u00bb dostoni asosida yaratilgan bo\u2018lib, undagi \u00abZahhok va temirchi kova\u00bb voqeasi drama markazida turadi. Asarda yo taxt yoki ota muammosi bosh qahramon Zahhok taqdirini belgilaydi. Otadan ko\u2018ra taxt Zahhok uchun afzal ko\u2018rinadi, otani o\u2018ldirib, taxtga chiqadi. Ammo qaytar dunyo deganlaridek, ko\u2018p o\u2018tmay oqpadar Zahhok Shayton vasvasasiga uchrab, zulm zo\u2018raygach, xalq isyoniga uchraydi. O\u2018n yetti farzandini Zahhok uchun ilonlarga yem qilgan ota Faridun lashkarlariga qarata temirchi Kova xalq vakili sifatida kurashga kiradi. Kova va uning o\u2018g\u2018illarini ham Shayton yo\u2018ldan ozdirmoqchi bo\u2018ladi, eplolmaydi. Pirovardida Zahhok yengilib, o\u2018limga mahkum etiladi, xalq g\u2018olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dramaturg esa bu bilan shayton hamisha ojiz insonlar qalbida yashashini eslatib, undan doimo ogoh bo\u2018lishga chorlaydi. Mazkur asar dastavval 1919 yilning 28 sentyabrida Mannon Uyg\u2018ur rejissyorligida \u00abKolizey\u00bb teatrida sahnalashtirilgan edi. Cho\u2018lpon ham bu asar haqida iliq fikr bildirib, \u00abxalq sog\u2018inadigan\u00bb asar deb baholagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, G\u2018ozi Yunus ijodini o\u2018rganish va baholash uning tarixdagi o\u2018rnini aniqlash uchungina zarur bo\u2018lmay, balki qatag\u2018onlik davri ijtimoiy-siyosiy muhiti va uning maqsad-mohiyatini yanada chuqurroq tushunish, milliy tafakkur jarayonlarini to\u2018g\u2018ri anglash, Uyg\u2018onish davrining muhim bosqichi deb qarashdan ham iboratdir. Eng muhimi, Istiqlolimizning qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglash hamdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr milliy uyg\u2018onish davri o\u2018zbek adabiyotining ko\u2018zga ko\u2018ringan vakillaridan biri Yunus \u2014 Muhammad o\u2018g\u2018li G\u2018ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she\u2019rlar muallifi, ko\u2018zga ko\u2018ringan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozi-yunus-1889-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7366,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7779","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7779","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7779"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7779\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163378,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7779\/revisions\/163378"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7779"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7779"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7779"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}