{"id":7812,"date":"2021-11-04T15:18:10","date_gmt":"2021-11-04T12:18:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7812"},"modified":"2025-10-30T11:50:03","modified_gmt":"2025-10-30T08:50:03","slug":"yolqin-toraqulov-1916-2005-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yolqin-toraqulov-1916-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Yolqin To\u2018raqulov (1916-2005) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>To\u2018raqulov Yolqin Xolmatovich (1916.10.11, Qozog\u2018iston Respublikasi Marki shahri \u2014 2005.1.3, Toshkent) \u2014 biokimyogar olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1965). Biologiya fanlari doktori (1959), professor (1962).<\/p>\n\n\n\n<p>ToshTIni tugatgach (1936), shu institut biokimyo kafedrasida assistent (1936-38), aspirant (1938-41), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika instituti direktori (1939\u201441). Urush qatnashchisi (1941-44), yana shu institut direktori (1944). SSSR Tibbiyot Fanlari akademiyasi Biologiya va tibbiyot kimyosi institutida (Moskva) ilmiy xodim (1944\u201447). ToshTI rektori (1947\u201450), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Qishloq xo\u2018jalik institutida katta ilmiy xodim (1950\u201454), Andijon tibbiyot instituti prorektori va kafedra mudiri (1954\u2014 56), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida bo\u2018lim mudiri (1957), direktor o\u2018rinbosari (1960\u201462). O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saklash vazirligi O\u2018lka tibbiyot (hozirgi Endokrinologiya) ilmiy tadqiqot instituti direktori (1957-60, 1962-63, 1976-96), ayni vaqtda laboratoriya mudiri (1957-97; 1998 yildan ilmiy maslahatchi), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi a\u2019zosi (1970\u201472), vitseprezidenti (1963\u201466), biologiya fanlari bo\u2018limi raisi (1966\u201479). ToshDUda kafedra mudiri (1967 yildan), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo instituti direktori (1967\u201469), laboratoriya mudiri 1967\u201470). SamDU rektori (1970\u201472), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Tibbiyot fanlari bo\u2018limi raisi (1994\u201497) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yolqin To\u2018raqulovning ilmiy ishlari qalqonsimon bez patologiyasining ba\u2019zi turlarida tireoid gormonlar biokimyosiga oid. Uning tadqiqotlari zamonaviy biologiya, tibbiyot, biokimyo, biofizika, radiobiologiya va endokrinologiya fanlarining original yo\u2018nalishlariga bag\u2018ishlangan. Qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida o\u2018tkazilgan klinik-biokimyoviy ishlari uchun nufuzli Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018lgan (1964). Biokimyodan darslik va o\u2018quv qo\u2018llanmalari, lug\u2018atlar tuzgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Beruniy nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985), \u00abElyurt hurmati\u00bb (1998) va \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb (2003) ordenlari bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To\u2018raqulov Yolqin Xolmatovich (1916.10.11, Qozog\u2018iston Respublikasi Marki shahri \u2014 2005.1.3, Toshkent) \u2014 biokimyogar olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1965). Biologiya fanlari doktori (1959), professor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yolqin-toraqulov-1916-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7814,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7812","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7812","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7812"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7812\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163435,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7812\/revisions\/163435"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7814"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7812"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7812"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7812"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}